Get Mystery Box with random crypto!

Shovqin va bilim Yuzminglab obunachisi bor yangiliklar kanali | Aziz Rahimov

Shovqin va bilim

Yuzminglab obunachisi bor yangiliklar kanaliga kirib qoldim. Shu hafta chiqqan yangiliklar qiziq. Qolgani zerikarli. Eski yangiliklar hech kimga kerak emas. Yozgan odamga ham.

Yozilgan narsaning umri bir hafta.

1000 ta obunachisi bor kichkina blogga kirib qoldim. O’qiganlarini bo’lishib borarkan. Hamma eski postlarini o’qib chiqdim. Bir tonna foyda oldim.

Qo’shni davlatda nima bo’lganini bilganim bilim emas. Bilimning muddati 1 haftada o’tib qolmaydi.

Harakatimni yaxshi tomonga o'zgartira oladigan narsa bilim.

Hech qayerda ishlata olmasam - men bilim olmadim. Shovqinga aldandim. Baland gapirgani uchun, hamma yerdan gapirgani uchun qaradim.

Yangilik o’qimang. U bilish illuziyasini beradi.

Eskirmaydigan postlarni o’qing. Olingan bilimlar o’zgartiradi.

@azizrakhimov_blog