Get Mystery Box with random crypto!

Asaxiy Books

Telegram kanalining logotibi asaxiybooks — Asaxiy Books A
Telegram kanalining logotibi asaxiybooks — Asaxiy Books
Kanal manzili: @asaxiybooks
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.24K
Kanalning ta’rifi

🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi
📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot
📍Do‘kon manzili:
https://asaxiyuz.taplink.ws/
📥 Takliflar bo‘yicha: mirazizmirtolibov@mail.ru

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-05-11 18:00:00
Kitob oʻgʻirlab ham mashhur boʻlish mumkinmi? Albatta ha!

Eng mashhur kitob banditi amerikalik Stiven hisoblanib, uning nechta kitob oʻgʻirlagani, kitoblar bahosi va oʻgʻrining taqdiri haqida videoda batafsil maʼlumot berib oʻtdik. Tomosha qiling va bilib oling.

Ha aytgancha, mashhur bo‘laman deb kitob o‘g‘irlab yurmang

@asaxiybooks
5.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-05-11 11:59:59 “Factfulness”
Hans, Ola va Anna Rosling

Dunyo biz oʻylagandan koʻra yaxshiroq. Bu kitob esa aynan shu hukmni haqiqiy faktlar orqali isbotlab bergan. Dunyo kun sayin yaxshilanayotgani, dunyo aholisining 80%i elektr energiyasi bilan taʼminlangani, oʻrtacha umr koʻrish yoshi yetmishdan oshganligi va gender tenglik muammolarining yechimi bunga yaqqol misoldir.

Kitobning kirish qismida kitobxon uchun oʻn uchta ijtimoiy-sotsiologik testlar berilgan. Deyarli bu testni yechgan insonlar ichida faqatgina 10-15%i toʻgʻri javoblarni topa olishgan, shunda ham bu umumiy oʻrta arifmetik natijada. Yaʼni oʻn uchta testdan koʻpi bilan uch yoki toʻrtta toʻgʻri javob topa olishgan. Bu esa ommaviy axborot vositalarining propagandasining mahsulidir. Shaxsan oʻzim ushbu testdan faqat ikkitaginasiga toʻgʻri javob topdim.

Xususiy maktabda ishlaganimda oltinchi sinflarga critical thinking(tanqidiy fikrlash)dan bir oy dars oʻtgandim. Oʻshanda bir soat darsni aynan “factfulness”ga, yaʼni faktdorlikka, faktlar bilan dunyoni haqiqiy va hech qanday boʻyoqlarsiz qiyofada koʻrishga oʻrgatishga harakat qildim. Dastlab ulardan kitobning kirish qismidagi oʻn uchta testni oldim, natija esa hayratlanarli, sinfning eng yaxshi oʻquvchisi ikkichiga, eng yomon oʻquvchisi esa aʼlochiga aylandi. Yaʼni oʻqituvchi uchun doim yaxshi hisoblangan oʻquvchi propaganda qurboni boʻlganligi sabab savollarga kam javob bergan, ikkichi oʻquvchi esa dunyo hali hamon ezgulik kuchlari mavjud ekanligi haqidagi ertakka ishongani uchun ham yuqori ball toʻplay olgan edi. Sinfda boʻlgan janjalni aytishga esa til ojiz. Aʼlochi oʻquvchining sochi tikka boʻlgani va ikkichi oʻquvchining ogʻzi qulogʻiga yetganini koʻrsangiz edi.

“The whole-brain child” asarida maktab bola fikrlashiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, hatto 70%gacha yomonlashishiga sabab boʻlishi haqida yozilgan edi. Oltinchi sinflardan olingan test esa buni yaqqol isbot etdi. Balki oramizda ushbu oltinchi sinf oʻquvchilariga oʻxshash milliardlab inson bordir. Oʻsha milliardlar orasiga qoʻshilmasligingiz uchun ham, agar bu asarni oʻqimagan boʻlsangiz tezroq oʻqing. Zavqli mutolaa tilab, hurmat va ehtirom ila S.N.K

#kitobxon_fikri #book_review

santuagara_of_library
5.1K views08:59
Ochish/sharhlash
2023-05-11 10:00:00
#янгилик

Маржона Нурмуҳаммедова: Қизалоғим Сафия

7 ёшли Сафия отасининг душманлари томонидан ўғирланиб, Афғонистондаги олис қишлоқлардан бирига яшириб қўйилади. Сафия йиллар давомида бутун оламдан, одамлардан узилган ҳолда ҳаёт кечиради. Қийинчиликлар Сафияни нафосат оламидан юлиб, надоматлар тўла ҳаётга ташлайди. Сафия 14 ёшидаёқ ўзи англамаган холда машҳур снайперга айланади ва кўнглида қасос алангаси пайдо бўла бошлайди. Сафиянинг Отаси Қодирхон эса йиллар давомида қизини излашдан тўхтамайди.

Асар отанинг фарзандга бўлган муҳаббати ва Сафиянинг кечинмалари ҳақида ҳикоя қилади.

Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Фан ва Таълим
Нарх: 35 000 сўм
Саҳифа: 144 бет

Буюртма учун: asaxiy.uz/u/645c8288e4686
5.0K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-05-11 08:00:00
Ҳенри Форд: Менинг ҳаётим

@asaxiybooks
694 views05:00
Ochish/sharhlash
2023-05-10 18:35:37
Aniq raqamlar kerakmidi? Marhamat!

Kuniga ozgina vaqtni mutolaaga ajratish sizni siz o‘ylagandan ko’proq o‘zgartiradi. Bir kunda necha bet kitob o‘qisangiz bir yilda nechta kitob o’qiy olishingizni hisoblab ko‘rdik. Tanishib chiqing va mutolaani kun tartibining ajralmas qismiga aylantiring.

@asaxiybooks
3.8K views15:35
Ochish/sharhlash
2023-05-10 12:46:28
Asaxiy Booksдан ўша сирли янгилик! Бизда яна бир ажойиб китоб:

Ато Ҳамдам, Леонид Чигрин: Япон зобити. Ютаро Тоданинг асирликда бошдан кечирганлари

Асар ёш япон офицери Ютаро Тоданинг асирликда кечган ҳаёти, азоб-уқубатлари ҳақида ҳикоя қилади. Ютаро Антанта қўшинлари таркибида Россия шимолидаги Поморега кириб келганида ҳаёти тубдан ўзгариб кетишини тасаввур қилмаганди. Тинч ва осуда ҳудудда душманга қарата бирор марта ўқ узмаган зобит партизанларга асир тушди, лекин тез орада уларнинг ҳурматини қозониб, отряд командирига айланди. Бироқ НКВД ходимининг асоссиз гумонлари билан қамоққа олиниши унинг ҳаётидаги энг мураккаб воқеаларнинг дебочаси бўлди. Ютаро ўзи истамаган ҳолда янги тузилган Ҳукуматнинг қамоқхонасидаги инсонийликдан йироқ ички сирларга гувоҳ бўлиб қолди. Бунинг бадалини эса умрининг узоқ йилларини маҳбусликда ўтказиш билан тўлашига тўғри келди...

Собиқ Иттифоқдаги НКВД хизматининг шафқатсиз тартиб-қоидалари, унинг баъзи ходимлари учун инсонлар ҳаётини қурбон қилиш арзимас иш эканини Ютаро ўз бошидан ўтказган воқеалар мисолида кўрди. Бироқ олис шимолдаги лагер азоблари ҳам унинг иродасини синдира олмади... Ёш зобит тақдирини, унинг ҳикояси қандай якун топишини мутолаа давомида билиб оласиз.

Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Asaxiy Books
Нарх: 49 000 сўм
Саҳифа: 432 бет
Таржимон: Муқаддис Дўстматов

Буюртма бериш: asaxiy.uz/u/6457a757d1126

Китобда сизни Ютаро билан қизиқарли саёҳат кутмоқда. Сиз унда инсон кечинмалари, ўйлари, қийинчиликда ичидан ўтадиганлари билан танишасиз.
4.1K views09:46
Ochish/sharhlash
2023-05-10 08:59:59
#yangilik

Cherstin Lundberg Xan:
Baxt pechenyesi va Bodomli yurak

Narxi: 35 000 soʻmdan
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/645b307149bb6
4.3K views05:59
Ochish/sharhlash
2023-05-09 18:00:00
Bilimdon — oila va doʻstlar davrasida oʻynang!

Ushbu intellektual oʻyin birga qiziqarli va foydali vaqt oʻtkazish uchun ajoyib sabab boʻla oladi. Video orqali oʻyin koʻrinishi va tartibi bilan tanishishingiz mumkin.

O‘yin qoidalari va narxi asaxiy.uz/u/645893bda0e94
5.0K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-05-09 08:15:00
Insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan va avlodlarga saboq bo‘lishi lozim bo‘lgan voqealar haqida hikoya qiluvchi kitoblar:

asaxiy.uz/u/645101e9669fc
7.3K views05:15
Ochish/sharhlash
2023-05-08 17:00:00
Turk tilida oʻquvchi kitobxonlarimizga yangiliklar bor, endi Asaxiy.uz saytimizdan turk tilidagi kitoblarni ham topishingiz mumkin.

Kitoblar farzand tarbiyasi, rivojlanish va badiiy yoʻnalishda. Oʻzingizga mosini topa olishingizga ishonamiz

Katalog: asaxiy.uz/u/64588aaca1f90

@asaxiybooks
5.5K views14:00
Ochish/sharhlash