Get Mystery Box with random crypto!

Asaxiy Books

Telegram kanalining logotibi asaxiybooks — Asaxiy Books A
Telegram kanalining logotibi asaxiybooks — Asaxiy Books
Kanal manzili: @asaxiybooks
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.24K
Kanalning ta’rifi

🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi
📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot
📍Do‘kon manzili:
https://asaxiyuz.taplink.ws/
📥 Takliflar bo‘yicha: mirazizmirtolibov@mail.ru

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-06-08 09:00:00
Kitob tanlash baʼzilar uchun oson, boshqalarda oʻylantiruvchi jarayon hisoblanadi. Bu holatda sizga hozirgi vaziyatingizdan kelib chiqib kitob tanlashni maslahat beramiz.

Baʼzi hayotiy paytlar va oʻsha payt qanday kitoblarni mutolaa qilish tavsiya etilishi haqida qisqacha tavsiyalar keltirdik. Tanishib chiqing va mutolaa qiling .

@asaxiybooks
4.8K views06:00
Ochish/sharhlash
2023-06-07 17:41:15 Yirik chegirma bugun 23:59da nihoyasiga yetadi

Foydanishga ulguring va #asaxiydanoldim xeshtegi bilan bizni belgilang Kitoblar
5.1K views14:41
Ochish/sharhlash
2023-06-07 17:02:03
Биргина расм ва сиз китоб ҳақида умумий тушунчага эгасиз.

@asaxiybooks
5.0K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-06-07 12:01:50
Агата Кристи: Парда. Пуаронинг охирги иши

Асар капитан Артур Гастингс нуқтаи назаридан ҳикоя қилинади. Пуаронинг ўлимидан сўнг, у хат олади, Эркюл Пуаро ўз хатида охирги иш ва идеал қотил ҳақида ҳамма нарсани айтиб беради, шунингдек, ўз ўлими сабабларини тушунтириб, Гастингс хотиржам яшашини ва ҳеч нарсада ўзини айбламаслигини хоҳлайди.

Романда ўша машҳур Пуаро умрининг охирида артритдан азоб чеккан, ногирон бўлиб қолган бўлса ҳам барибир ўша ўткир ақл билан ниҳоят мукаммал қотилни топади. Бу қотил эса ниҳоятда уддабурон, ақли Пуароникидан кам эмас, унга қарши айбловчи далилларни топишнинг иложи йўқ, чунки у бошқа одамларнинг қўллари билан қотилликларни амалга оширади ва уларни жуда моҳирона бошқаради.

Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Info Capital Group
Саҳифа: 272 бет
Нарх: 29 000 сўм
20% чегирма билан: 23 200 сўм

Буюртма учун asaxiy.uz/u/6480299f3caf5
5.3K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-06-07 09:30:06
Chegirma boʻlsa mazzada
Boʻlganda ham 20% boʻlsa mazzada
Iloji boʻlsa bugun kechgacha amal qilsa mazzada
Mazzada a mazzada

Foydalanish uchun: Asaxiy.uz
5.2K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-06-07 08:25:09
#kunchegirmasi #kunmahsuloti

«Asaxiy Books bestsellerlari», May: (20 ta kitob)

Narxi: 949 000 so‘m
Chegirma bilan: 809 000 so‘m

Eng sara 20 ta kitobga ega bo‘lish asaxiy.uz/u/6480149922885
5.3K views05:25
Ochish/sharhlash
2023-06-06 17:02:16
O‘sha gap

@asaxiybooks
5.6K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-06-06 14:01:46
Bilasizmi, buyuk ishlarda shaxs roli doim katta boʻladi. Alohida shaxs katta ishlar qilishi va atrofdagilar oʻzgarishiga sababchi boʻlishi mumkin. Bugun sizga biz uchun haqiqiy qahramon boʻlgan Shahnoza Navroʻzova haqida aytib bermoqchimiz.

Shahnoza Buxoroning chekka bir qishlogʻida tugʻilib oʻsgan. Yoshligidan kitob oʻqishni yaxshi koʻrsa-da, doim ham istagan kitoblarini topa olmagan, muammolarga duch kelgan. Chekka hududda yashagani sabab kutubxona muammosi uni qiynar, otasiga bergan roʻyxatdagi kitoblari markazdan ham topilmasdi. Aynan shu uchun ham, u 6-7 yoshlardan kutubxona ochishni orzu qilgan.

Ishni kitoblar yigʻishdan boshlagan Shahnoza tadbirkorlar, nashriyotlar va boshqa kitobxonlar koʻmagi bilan bugun kutubxona ochishga erishdi. Undagi qatʼiyat va davomli harakat qishlogʻidagi maktab binosidan xona ajratilishiga hamda oʻzbek va jahon adabiyoti, darsliklar bilan toʻla kutubxona yaratilishiga sabab boʻldi.

Bizni xursand qilgani, Shahnozaning ishiga atrofimizdagilar befarq boʻlishmadi. Biz haftalab uning kutubxonasiga joʻnatish uchun qilingan buyurtmalarni koʻrdik. Bu uchun ularga va albatta Shahnozaga rahmat aytamiz.

Har safar oʻzi oʻqigan maktabiga, oʻquv markaziga yoki mehribonlik uyiga kitob xarid qilib joʻnatayotgan odamlarni koʻrsak, mana bizning qahramonlar deymiz. Ich-ichimizdan minnatdor boʻlamiz.

Muhimi, Shahnozaning oʻzi biz uchun haqiqiy qahramondir. Bunaqa kuchli shaxslar koʻpaysin, bundan hammamiz yutamiz.
6.1K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-05-15 15:31:13
Kitobxonlarimiz uchun yana bir yangilik!

Kitobsevarlarni bir nuqtaga birlashtiradigan “Zukko kitobxon” tanloviga start berildi.

Tanlovda yosh chegarasi mavjud emas. Bir oy davomida ma’lum kitoblarni mutolaa qilish va tanlovda qatnashib g’olib bo’lish imkoni barchada mavjud.

Tanlovga ko’ra may oyi davomida ushbu 3 kitobni mutolaa qilish lozim:
1.
Mahmudxo‘ja Behbudiy - “Jadidlar” to‘plamidan
2. “Dunyoning ishlari” - O‘tkir Hoshimov
3. “Atom odatlar” - Jeyms Klir

Tanlovda ishtirok uchun @kitobxontestbot orqali roʻyxatdan o’tishingiz mumkin.

@asaxiybooks
2.8K views12:31
Ochish/sharhlash
2023-05-15 13:40:06
Tez kunda “Ilm Ziyo Zakovat” nashriyotidan yangilik!

@asaxiybooks
3.7K views10:40
Ochish/sharhlash