Get Mystery Box with random crypto!

“Factfulness” Hans, Ola va Anna Rosling Dunyo biz oʻylaganda | Asaxiy Books

“Factfulness”
Hans, Ola va Anna Rosling

Dunyo biz oʻylagandan koʻra yaxshiroq. Bu kitob esa aynan shu hukmni haqiqiy faktlar orqali isbotlab bergan. Dunyo kun sayin yaxshilanayotgani, dunyo aholisining 80%i elektr energiyasi bilan taʼminlangani, oʻrtacha umr koʻrish yoshi yetmishdan oshganligi va gender tenglik muammolarining yechimi bunga yaqqol misoldir.

Kitobning kirish qismida kitobxon uchun oʻn uchta ijtimoiy-sotsiologik testlar berilgan. Deyarli bu testni yechgan insonlar ichida faqatgina 10-15%i toʻgʻri javoblarni topa olishgan, shunda ham bu umumiy oʻrta arifmetik natijada. Yaʼni oʻn uchta testdan koʻpi bilan uch yoki toʻrtta toʻgʻri javob topa olishgan. Bu esa ommaviy axborot vositalarining propagandasining mahsulidir. Shaxsan oʻzim ushbu testdan faqat ikkitaginasiga toʻgʻri javob topdim.

Xususiy maktabda ishlaganimda oltinchi sinflarga critical thinking(tanqidiy fikrlash)dan bir oy dars oʻtgandim. Oʻshanda bir soat darsni aynan “factfulness”ga, yaʼni faktdorlikka, faktlar bilan dunyoni haqiqiy va hech qanday boʻyoqlarsiz qiyofada koʻrishga oʻrgatishga harakat qildim. Dastlab ulardan kitobning kirish qismidagi oʻn uchta testni oldim, natija esa hayratlanarli, sinfning eng yaxshi oʻquvchisi ikkichiga, eng yomon oʻquvchisi esa aʼlochiga aylandi. Yaʼni oʻqituvchi uchun doim yaxshi hisoblangan oʻquvchi propaganda qurboni boʻlganligi sabab savollarga kam javob bergan, ikkichi oʻquvchi esa dunyo hali hamon ezgulik kuchlari mavjud ekanligi haqidagi ertakka ishongani uchun ham yuqori ball toʻplay olgan edi. Sinfda boʻlgan janjalni aytishga esa til ojiz. Aʼlochi oʻquvchining sochi tikka boʻlgani va ikkichi oʻquvchining ogʻzi qulogʻiga yetganini koʻrsangiz edi.

“The whole-brain child” asarida maktab bola fikrlashiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, hatto 70%gacha yomonlashishiga sabab boʻlishi haqida yozilgan edi. Oltinchi sinflardan olingan test esa buni yaqqol isbot etdi. Balki oramizda ushbu oltinchi sinf oʻquvchilariga oʻxshash milliardlab inson bordir. Oʻsha milliardlar orasiga qoʻshilmasligingiz uchun ham, agar bu asarni oʻqimagan boʻlsangiz tezroq oʻqing. Zavqli mutolaa tilab, hurmat va ehtirom ila S.N.K

#kitobxon_fikri #book_review

santuagara_of_library