Get Mystery Box with random crypto!

Asaxiy Books

Telegram kanalining logotibi asaxiybooks — Asaxiy Books A
Telegram kanalining logotibi asaxiybooks — Asaxiy Books
Kanal manzili: @asaxiybooks
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.24K
Kanalning ta’rifi

🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi
📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot
📍Do‘kon manzili:
https://asaxiyuz.taplink.ws/
📥 Takliflar bo‘yicha: mirazizmirtolibov@mail.ru

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-15 16:29:59
Kitob ulashyapmiz

“Kitob ulash”
loyihasi boshlanganidan xabaringiz bor. Loyiha maqsadi kitob olishga iqtisodiy imkoni yoʻq vatandoshlarimiz bilan saxovatli insonlarni orasida koʻprik boʻlishdir.

Bugungacha 400dan ortiq kitobsevarlar ariza bilan murojaat qilishdi va saxovatli insonlar tomonidan hisob raqamga oʻtkazilgan mablagʻ yordamida arizachilarning bir qismiga kitoblar yetkazildi.

Kitob ixlosmandlari moddiy ehtiyoj sabab mutolaadan toʻxtab qolmasliklari uchun saxiy insonlardan loyihani moliyalashtirishda bardavom boʻlishlarini va bu loyiha haqida iloji boricha koʻproq insonlarga yetkazishlarini soʻrab qolamiz .

Maxsus hisob raqam: A280703
Loyiha eʼloni: https://t.me/asaxiybooks/4990
Ariza berish uchun bot: @asaxiy_kitob_ulash_bot
4.4K views13:29
Ochish/sharhlash
2023-04-15 11:59:59 Diqqat! — Kitobni oʻqimang!

Ha, Oʻqimang bu kitobni, oʻqisangiz barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni oʻchirib tashlash ehtimolingiz juda yuqori boʻlishi mumkin:) Ayniqsa “teran ish”ning ahamiyati va natijalarini yaxshigina tushunib yetsangiz!

Professor Kel Nyuportning tadqiqotlari, oʻz tajribasida sinab koʻrgan amaliyotlari natijasi oʻlaroq dunyoga kelgan ushbu kitob qaysidir maʼnoda anglashim kerak boʻlgan juda katta bir mavzuni ochiq bayon qildi menimcha. “Teran ish — yaʼni natijasi koʻproq muhim va foydali boʻla oladigan, juda katta eʼtibor va ogʻir aqliy mehnat talab qiladigan faoliyat” va unga diqqatingizni toʻliq jamlay olgan holda ishlay olish qobiliyati — men bu qobiliyatni borgan sari yoʻqotayotganim hamda borgan sari diqqatimni jamlash qiyinlashib borayotganini oʻzim ham payqamay qolgan ekanman.

Kitobda “sayoz ish” va “teran ish”ning farqlari, ularning ahamiyati va natijalari professorlar, dunyo tanigan biznesmenlar hayoti misolida juda chiroyli va sodda tushuntirilgan. Teran ishlash qobiliyati aynan kimlar uchun muhimligi va bunga erishish uchun nimalar qilish va nimalar qilmaslik haqida ham batafsil bayon qilingan.

Kitobni oʻqishni boshlaganimda undagi fikrlar meni toʻlaqonli qamrab oladi deb oʻylamagandim. Ha, kitob haqida juda koʻp ijobiy fikrlar va doʻstlarimdan tavsiyalar eshitgandim. Biroq kitobni oʻzbek tilida oʻqishni boshlaganimni bilgan tanishlarim tarjima u qadar yaxshi boʻlmagani haqida, tushunarsiz tushunchalar mavjudligi haqida ham ogohlantirishdi.

Aynan tarjima haqida fikrimni bayon qilib oʻtishni ham lozim topdim. Chunki Asaxiy Books dan koʻp tarjima kitoblarni olib oʻqiyman, umumiy maʼnoni tushunish qiyin emas, maksimal soddalik va gaplarning qisqaligiga eʼtibor berilgan. Bu ham oʻquvchi uchun tushunarli boʻlishini taʼminlaydigan faktorlardan bir men uchun shaxsan. Asaxiyning tarjima kitoblar faoliyatiga chin dildan davomli boʻlishi va muvaffaqiyatlar tilayman. (Mindset by Sarol S. Dvesk shu kitob tarjimasi haqida ham oʻylab koʻrishlarini soʻrab qolardim Asaxiybooks Firuz Allaev dan)

Gapning indallosi, bu kitob asosan aynan qaysidir soha vakillari uchun deyish qiyin, menimcha hamma uchun muhim. Tavsiya qila olaman oʻqishni, ingliz tilini mukammal bilganlar original oʻqiganlari maʼqulroq.

#book_review #kitobxon_fikri

Aziza Abiyerqulova
4.2K views08:59
Ochish/sharhlash
2023-04-15 09:15:06
#яна_сотувда

Саидмурод Давлатов: Қарздан қутулишнинг самарали усули

Ҳеч ким қарзга ботишни орзу қилмайди, ҳеч ким “омадсиз” бўлишни орзу қилмайди. Лекин, омад йўлида ҳар ким шу аҳволга тушиши мумкин. Буни ўзига хос тажриба деб билсак бўлади, худди ҳаётнинг ўзи бизни масъулиятли бўлишга ўргатаётгандек.

Афсуски, бундай ҳолатга тушган кўп инсонлар орзуларидан воз кечиб ортга чекинадилар. Жонига қасд қилиш ҳолатлари ҳам учраб туради. Бу ҳолат тажриба ва билим етишмаслиги туфайли юз беради.

Пул нима ўзи? Пул - бу, ёки қарз, ёки сизнинг идеал ишчингиз. Бу тангани икки тарафидек гап. Билим ва маҳорат пулни нуқсонсиз ишчига айлантириши мумкин, бу ва қарзларни-бойиб кетиш имкониятига айлантириш ҳақида ушбу китобдан жавоб топишингизга ишонамиз.

Нархи: 85 000 сўм
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/643a40d3b1b92
4.5K views06:15
Ochish/sharhlash
2023-04-14 19:57:01 Ulug' Podcast да китоблар ҳақида гаплашдик, қатор муаммоларни тушунишга ҳаракат қилдик:


3.1K views16:57
Ochish/sharhlash
2023-04-14 14:59:59
Siyosatga oid oʻzbek tilidagi top kitoblar bilan tanishing va albatta ularni mutolaa qiling .

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo‘ling:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | TikTok
4.2K views11:59
Ochish/sharhlash
2023-04-14 11:59:59
#жума_хариди

Бугун бомдод ўқидингизми?!

Бомдод намози савоби кўп ва аҳамиятли намоздир. Уни маромида адо этиш ва дангасалик қилмаслик учун бу намоз фазилатини тўлиқ ўрганиш катта ёрдам беради. Бомдод намози ҳақида сизга айнан шу китоб маълумот беради.

Мутолаа қилинг ва бомдод намозига уйғониб улкан савоблар, қалб хотиржамлиги, танадаги енгиллик ва тетиклик ҳамда кун давомида яхши кайфиятга эга бўлинг.

Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Ҳилол-нашр
Нарх: 35 000 сўм
Саҳифа: 120 бет (бир-икки кунда ўқиб тугата оласиз)

Китобни олиш учун: asaxiy.uz/u/6438e6cb2b8be
6.5K views08:59
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:29:59
Биргина расм ва сиз китоб ҳақида умумий тушунчага эгасиз.

@asaxiybooks
4.5K views05:29
Ochish/sharhlash
2023-04-13 19:28:02
#китоблар_хақида

Ҳанс Рослинг: Factfulness. Дунё ҳақида янглиш фикрлашимизнинг ўн сабаби - нега у биз ўйлагандан яхшироқ

Telegram | YouTube
4.9K views16:28
Ochish/sharhlash
2023-04-13 18:01:41
Мурожаат ва илтимоснома.

Тарқатишга ёрдам беринг, илтимос.
4.2K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-04-13 15:00:01
Beparvolik — sanʼat, oddiy emas, egallashingiz kerak boʻlgan sanʼat.

Bu sanʼat “Beparvolikning nozik sanʼati” kitobi bilan mukammal oʻrganiladi. Bu kitob sizga motivatsiya bermaydi, balki kamchiliklarni boricha qabul qilish va toʻgʻri yondashishni oʻrgatadi.

Nima uchun aynan shu kitobni oʻqishingiz kerakligini post orqali bilib olishingiz mumkin .

@asaxiybooks
4.9K views12:00
Ochish/sharhlash