Get Mystery Box with random crypto!

Asaxiy Books

Telegram kanalining logotibi asaxiybooks — Asaxiy Books A
Telegram kanalining logotibi asaxiybooks — Asaxiy Books
Kanal manzili: @asaxiybooks
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.24K
Kanalning ta’rifi

🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi
📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot
📍Do‘kon manzili:
https://asaxiyuz.taplink.ws/
📥 Takliflar bo‘yicha: mirazizmirtolibov@mail.ru

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-04-18 14:59:59
Insonlar hayotini yaxshilab, moliyaviy mustaqil boʻlishga yordam bergan “Latte omili” kitobi haqida OAV va mashhurlar fikri bilan tanishing!

Agar kitobni oʻqishga ikkilanayotgan boʻlsangiz bu postni oʻqishingiz uchun turtki deb qabul qiling .

@asaxiybooks
5.8K views11:59
Ochish/sharhlash
2023-04-18 11:59:59
#яна_сотувда

Аллан Пиз: Тана тили

Китобда руҳшунос Аллан Пиз тадқиқотлари асосида инсон тана аъзоларининг ҳаракати, юз ифодаси новербал мулоқот асоси эканлиги, шахсни англаш, уни идрок этиш тана тилига боғлиқлиги тушунтирилган.

Шу билан бирга суҳбатда макон ва майдонлар, шахсий майдон, кафтлар ва улар ёрдамида узатиладиган маълумотлар, қўл ва панжалар, оёқлар ва тананинг бошқа аъзолари билан боғлиқ имо-ишораларнинг маъноси ҳақида маълумотлар берилган.

Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Ғафур Ғулом
Нарх: 35 000 сўм
Саҳифа: 200 бет

Буюртма учун asaxiy.uz/u/643e1e9027d1b
5.4K views08:59
Ochish/sharhlash
2023-04-18 07:29:59
Чарльз Уилан: Яланғоч иқтисодиёт. Мураккаб соҳанинг содда қиёфаси

@asaxiybooks
5.2K views04:29
Ochish/sharhlash
2023-04-17 12:01:09
Oʻtgan hafta mobaynida kitobxonlarimiz tomonidan eng koʻp tanlangan kitoblar bilan tanishing!
3.2K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:29:59
Bir muallifning navbatdagi kitobi sizga yoqishiga ishonamiz!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo‘ling:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | YouTube | TikTok
4.3K views05:29
Ochish/sharhlash
2023-04-16 19:57:43Frenk Kaupervud – qat’iyatli timsoh.

Teodor Drayzer bilan uning “Sarmoyador” romani orqali tanishdim. Aslida roman nomini o‘zbekchada “Moliyachi” deyishsa to‘g‘riroq bo‘lur edi. Drayzerni o‘qiyotganimda xuddi avvaldan tanish sevimli yozuvchilarimdan birini o‘qiyotgandek his etdim o‘zimni, demak, ushbu adib oldingi klassik yozuvchilarning uslublarini yaxshi o‘zlashtirgan va aftidan kuchli yozuvchi ekanini har bir satrida namoyon eta olgan.

Asarning bosh qahramoni Frenk Aljernon Kaupervud bolaligidan hech qanday qiyinchilik ko‘rmay, to‘qchilikda katta bo‘lgan. Otasi Henri Uortington Kaupervud mo‘jazgina bank xizmatchisi, keyinchalik bank boshqaruvchisi lavozimigacha ko‘tarilgan. Frenk o‘smirligidanoq oilasi va atrofdagilar ta’siri ostida savdogarlik, birja o‘yinlari haqida tasavvurga ega bo‘lgan edi. Kunlardan bir kuni yosh Frenk akvariumdagi qisqichbaqa kalmarni bir necha kun davomida asta-sekin yeb tugatganini guvohi bo‘ladi. Bu voqea, aytish mumkinki fojea uning xotirasida bir umr qoldi va ko‘p narsani tushunishga imkon beradi: hayotda kuchlilar kuchsizlar hisobiga yashaydi. Lekin haqiqatdan ham shundaymi?

Kommunist bo‘lgan Teodor Drayzer kapitalist ruhiyatiga nazar tashlaydi, tabiatdagi hayot uchun bo‘lgan ayovsiz kurashni tabiat qonuni o‘laroq kapitalizmning ham tabiatga muvofiq ekanligini uqdiruvchi tezisni uning mazkur asari yer bilan yakson qilishga qodir bo‘lganmi? Menimcha, ha. Asar boshdan oyoq kapitalizmga nafrat bilan yo‘g‘rilgani seziladi. Balki shuning uchun ham bo‘lsa kerak, roman burjua tanqidchilarining keskin tanqidlariga uchragan ekan va muallifni “dahshatli mubolag‘a”da ayblashgan. Ammo haqiqatdan ham, barcha axloq qoidalarini, insoniy tuyg‘ularni ham bir chetga surib qo‘yib, tinimsiz boylik jamg‘arishga, o‘z xohishlarini faqat pul bilan cheksiz qondirishga urinuvchi hissiz va xudbin odam sifatiga gavdalantirilgan Frenk alal-oqibat bo‘sh va nursiz umr o‘tkazganini, hayotga bo‘lgan muhabbatini ham yo‘qotib qo‘yganini ko‘rgan kitobxon beixtiyor unga achinadi. Drayzer realist yozuvchi sifatida har bir qahramonlarini dostonlardagi kabi faqat yaxshi yoki faqat yomonga ajratmay, ularning murakkab realistik portretlarini mohirlik bilan chizib beradi.

Masalan, o‘zim Frenkning biznes ishidagi sovuqqonligini, tabiatan qat’iyatli ekanini, irodali ekanini, har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotmay doim xotirjamlikni saqlashini yoqtirdim va qoyil qoldim, aftidan mualllif ham uning bu fazilatlariga qoyil qoladi. Frenk o‘ljasini soatlab poylab, miq etmay kutib o‘tirib, so‘ng shiddat bilan hujumga o‘tadigan timsohdek taassurot qoldirdi menda. Asarda birja o‘yinlari, maklerlar, bank ishlari, bankrotlik, aksiyalar kabi terminlar uchraydi, shu narsalar haqida ham kitobxonda yaxshigina tasavvur hosil bo‘ladi.

XIX asrda Amerika hayotidagi korrupsioner siyosatchilar, kapitalistlar, faqat o‘zim bo‘lay deydigan shafqatsiz moliya korchalonlari haqida ishonarli bayon etiladi. Asarda sevgi-muhabbat mavzusi ham esdan chiqmagan: Frenkning chindan sevib qolishi va uylanishi, keyinroq esa boshqa o‘zidan anchagina yosh bo‘lgan qizaloqni sevib qolishi va qiz ham uni chin dildan telbalarcha sevishi juda romantik chiqqan. Frenkni hech narsa qaddini bukolmaydi, faqat bir narsa uni g‘oyat dovdiratib qo‘yib ilk bor xo‘ngrab yig‘lashga majbur qiladi, buni asarni o‘qiganda bilasiz. Darvoqea, Frenkning dushmanlaridan biri bo‘lgan bir korchalonning o‘limi ham diqqatga sazovor: uning xo‘ppa semizligi, faqat harakatsiz yashagani sabab qon-tomir kasalligi tufayli vafot etgani ham kommunist yozuvchining bunday hayot tarziga qarshi ekanini, odam mehnat bilan yashashi kerakligini uqdirgandek bo‘ladi.

“Sarmoyador” “Istak” trilogiyasining birinchi kitobi. Qolgan ikki kitobni ham @Asaxiybooks tarjima qilsa juda soz bo‘lar edi. Tarjimaga kelsak, bir necha g‘aliz jumlalarga va imlo xatolariga duch kelganimni aytmasa yomon chiqmagan.

@professor_vonelk
2.6K views16:57
Ochish/sharhlash
2023-04-16 17:04:59
Ramazon ham oxirlab qoldi, iftorlikdan saharlikkacha 12% chegirmamiz ham.

Foydalaning asaxiy.uz/u/643a5e8d39c3c

*do‘konlarimizda 15%gacha chegirma amal qilmoqda.

“Asaxiy Books” Novza metrosi
Ish vaqti: 09:00 — 00:00
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1

“Asaxiy Books” Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 — 22:00
Manzil: Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9

“Asaxiy Books” Panorama
Ish vaqti: 09:00 — 22:00
Manzil: Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
3.6K views14:04
Ochish/sharhlash
2023-04-16 15:00:01
Siz bulardan qay birini afzal koʻrasiz? Ilmiy kitoblar yoki fantastik?
3.8K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-04-16 11:59:59 Хонани чанг босган эди. Киан эски чарм диван устидаги елим чойшабни олди. Камзули чўнтагидан қуёшда ранги ўчиб кетган харитани чиқарди. Уни столга тахларини ёзиб, текислади.

— Сенга шуни беришим айтилган. Харитага белгилар қўйилган, шунинг учун тўғри келган жойга ташлаб кетма. Қаерга боришинг кераклигини ўрганиб ол-да, кейин ёқиб юбор.

Дариуш харитани ўрганишга тушиб кетди. Теҳроннинг нотаниш периметри бўйлаб қўлларини юргизди, бетон ва ғиштдан қурилган янги мавзелар харитада семиз бармоқларга ўхшар, тоғлар, чўллар, текисликлар ва қишлоқларга чиқадиган йўлни кўрсатиб турган эди. Харита марказида нишонга олинган Теҳроннинг собиқ полиция бошлиғининг уйи ва иш жойи иккита айлана билан белгиланганди.

— Мана бу СИМ карталар. Ҳеч бирини икки ҳафтадан ортиқ ишлатма. Такси буюртирмайсан, кўчадан тутасан. Бўлди, айтадиганларим шу. Сенга омад.
Дариуш харитадан бошини кўтарди:
— Кетяпсанми? Бўлдими? Қурол- чи? Мени шошилинч олиб кетадиган ҳайдовчи- чи?
— Нима? Улар буни ҳал қилмадими? Бу уларнинг иши-ку.
Дариуш қўли билан столга урди. Ҳавога чанг кўтарилди
— Ҳазилми бу? Биз жонимизни жабборга бериб ишлаяпмиз. Мен ҳаётимни хавфга қўйяпман, сенга эса ҳеч нарсанинг фарқи йўқдек!

Киан сигаретини ёқди. Уни чуқур тортдида, бошини кафтлари орасига қўйди. Шу ҳолда Дариушга деди:
— Биродар, сен қилаётган иш таҳсинга лойиқ. Мен буни қадрлайман. Аммо бу ерда ҳаммаси бошқача. Сенга уқтириб келишган гаплар бу ерга тўғри келмайди. Бизга қанча босим бўлишини биласанми? Катталар куну тун назорат остида бўлади. Сенга тажрибасиз бола жўнатишмаганига шукр қил. Акс ҳолда, қамалиб кетишинг ҳеч гап эмас эди. - У қоғозга рақамлар ёзди. «Педрам дўкон яна очилганини айтиб юборди» дегин. Шуни айтсанг бўлди. Ҳайдовчини ўзим ҳал қиламан. У эшикка етганида яна ортга ўгирилди. Яна бир гап, бу ерда одамлар бизни кўп ҳам ёқтирмаслигини эшитсанг ажабланма. Ҳа айтганча, бу гуруҳнинг биринчи марта аҳмоқлик қилиши эмас. — У бошини силкитганча чиқиб кетди.

Агар икки йил аввал кимдир Дариушга MEX ташкилотига қўшилишини айтганида у бунга кулган бўларди. Дариуш ҳеч қачон сиёсатга қизиқмаган. У инқилоб ҳақидаги гапларни эшитиб катта бўлган бошқа бир қочоқ эронликдан ортиқ нарса билмасди. Виржинияда унинг ҳаёти тинч кечган. Арезуни учратди-ю, ҳаммаси ўзгариб кетди.

У Арезу билан университетда танишган. Дариуш компьютер муҳандислигига ўқиётган эди. Илк суҳбатдаёқ иккови ҳам содир бўлиши муқаррар нарсани ҳис қилишганди.

Рамита Наваи: Ёлғонлар шаҳри

@asaxiybooks
4.4K views08:59
Ochish/sharhlash
2023-04-16 08:29:59
#tez_kunda

Emine Shenlikoʻgʻlu muxlislari uchun tez kunda BEST-BOOK nashriyotidan yangilik!

@asaxiybooks
4.9K views05:29
Ochish/sharhlash