Get Mystery Box with random crypto!

Amaliy psixologiya

Telegram kanalining logotibi amaliy_psixologiya — Amaliy psixologiya A
Telegram kanalining logotibi amaliy_psixologiya — Amaliy psixologiya
Kanal manzili: @amaliy_psixologiya
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.44K
Kanalning ta’rifi

𝙏𝙚𝙡𝙚𝙜𝙧𝙖𝙢𝙙𝙖𝙜𝙞 𝙮𝙖𝙜𝙤𝙣𝙖 #𝙖𝙢𝙖𝙡𝙞𝙮_𝙥𝙨𝙞𝙭𝙤𝙡𝙤𝙜𝙞𝙮𝙖 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞.
Admin: @aspiro_universal
Savollar uchun: @amaliy_psixologiyabot
Guruhimiz: @amaliy_psixolog_guruhi

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 20:30:59 Savol:

- Nega tilingizni tasodifan tishlavosez og'ridi-yu, ATELAB tishlasez og'rimidi?

Yana bita savol:
- Nega hozi tilizi tishlab ko'rdiz?
)

@amaliy_psixologiya
@turd1yevna
255 viewsНигора Нахалбоева, 17:30
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:16:16 Boshqa odamlarga qanday munosabatda bo'lsangiz, ertami-kechmi sizga qaytib keladi. Bu oxirgi qaytish qonunidir. Buning jazo yoki mukofotga aloqasi yo'q. Dunyo shunday. Siz yuborgan narsangizni olasiz. Bu muqarrar.

Neil Donald Uolsh
@Amaliy_psixologiya
274 viewsZebo Anvarovna, edited  16:16
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:58:10 Bu hayotda hech narsa oson kelmaydi. Maqsadlaringizga erishish uchun siz ma'lum qurbonliklar qilishingiz kerak - kuchingizni, vaqtingizni sarflang, biror narsada o'zingizni cheklang.

Ba'zida shunday lahzalar bo'ladiki, siz hamma narsadan voz kechib, orzuingizdan voz kechmoqchisiz. Bunday daqiqalarda, agar davom etsangiz, qancha foyda olishingizni va taslim bo'lsangiz, qancha yo'qotishingizni unutmang. Muvaffaqiyatning narxi odatda muvaffaqiyatsizlik narxidan past bo'ladi
@amaliy_psixologiya
271 viewsZebo Anvarovna, 15:58
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:27:36 SEVGI MUNOSABATLARI

Odamlar faqat ideal insonni topishganda, ular sevib qolishim mumkin deb o‘ylashadi! Buni hech qachon topa olmaysiz.

Odamlar faqat mukammal yigit yoki qizni izlashadi, mukammal yigit/qizni topsam sevib qolaman deb o‘ylashadi.
Siz ularni hech qachon topa olmaysiz, chunki mukammal erkak/ayol yo‘q. Agar ular bo‘lsa, ular sizning sevgingiz haqida qayg‘urmaydi.

Mukammallikni talab qilmang, aks holda Siz hech qanday sevgi his qololmaysiz, sevolmaysiz. Chunki munosabatlar bir qancha talablar asosida shakllangan bo‘ladi. Talab bor joyda Sevgi bo‘lmaydi.

Erkak ayolni yoki ayol erkakni sevib qolsa, darhol sevgan inson tarafga talablar qo‘yila boshlaydi. Agar meni sevsa, men uchun “unday qilsin, bunday qilsin” deya shartlar paydo bo‘ladi-ki, xuddi sevgan taraf gunoh qilib qo‘ygandek!
Mukammal bo‘lishi kerak degani, sevgan inson shu ayol/erkak uchun to‘satdan o‘z kamchiliklarini yo‘qotishi kerak deganida. O‘zligidan kechish degani!

Esingizda bo‘lsin, hech qachon mukammallikni talab qilmang. Hech kimdan biror narsa talab qilish huquqiga ega emassiz. Agar kimdir sizni sevsa, minnatdor bo‘ling, lekin hech narsa talab qilmang - chunki u sizni sevishga majbur emas.

Sevgi bu - mo‘jiza!

Sevgi nafas olish kabi tabiiy vazifadir. Sizni kimdir sevsa undan nimalarnidir talab qilmang! U Sizni boringizcha sevdi. Sizda yo qabul qilish, yo tark etish huquqi bor, ammo majburiy tarzda, talablaringiz asosida o‘zgartirish huquqi yo‘q.

Siz sevsangizu, lekin boshidan talablar qo‘ysangiz bu ko‘plab eshiklarni yopadi!

Agar biror narsa kelsa, minnatdorchilikni his eting.
Agar hech narsa kelmasa, unda bu kelmasligi kerak, bunga hojat yo‘q. Buni kutish mumkin emas,
bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi…

Sevgi o‘zgaruvchan emas, u hech qayerga kelmaydi, hech qayerga ketmaydi. Uni “ketdi” deb o‘ylamang. U doim Siz bilan, ammo Siz u bilan emassiz!

Uni tinglang, uni his qiling!

SEVGI HAQIQATDIR - hech qachon o‘lmaydi, u har doim tirik.

SEVGI ENERGIYADIR - uni o‘ldirib, sotib olib, sotib, o‘zgartirib, o‘g‘irlab bo‘lmaydi!

@Amaliy_psixologiya
267 views Zulfizar Hoshimova , 15:27
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:21:07 Agar bajarishga qórqsangiz,demak bu ishni bajarishga albatta urinib kórishingiz kerak.

SETH GODIN.

@Amaliy_psixologiya
234 views Zulfizar Hoshimova , edited  15:21
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:16:29
Дадаси бевақт вафот этган болакайнинг гаплари

Аллоҳим, ҳеч бир ота фарзандлари ёш пайтида ўлмасин



𝒀𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊𝒍𝒊𝒌 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏 𝒚𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒖𝒍𝒂𝒔𝒉𝒊𝒏𝒈

@Amaliy_psixologiya
247 views Zulfizar Hoshimova , edited  15:16
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:13:29 1-Ikkita qo'l

Sizda tasavvur qilish xususiyati yaxshi
rivojlangan, shu bilan birgalikda
vaziyatga mantiqan baho bera olasiz.
Avvalambor siz boricha ko'rasiz.
Siz teran fikrlaydigan shaxssiz.
Sizdan qo‘rqmasdan maslahat olsa
bo'ladi. Sovuqqonlik va teran fikrlilik
sizga еng qiyin holatlarda ham zo'r
yordam beradi. Siz hech qachon
vahima qilmasdan og'ir bosiqlik bilan
boshqalarni ham tinchlantira olasiz.
Odamlar sizni kuchli shaxs deb
biladilar va sizga intiladilar.

2-Portlash..
Ноуnахоу Siz ijodkor odamsiz
va san'at, sartaroshlik sohasida
yoxud stilist bdlib ishlaysiz. Agar
sizning kasbingiz ijodkorlikdan uzoq
bo'lsa, bilingki sizning ochilmagan
qirralaringiz bor va bunga ahamiyat
berib rivojlantirish kerak. O'ylab
ko'ring, bolaligingizda nima qilishni
yaxshi ko'rardingiz? Rasm chizishnimi
yoki qo'shiq aytishnimi? Наr qanday
holatda ham qo'shimcha xobbi sizga
xalaqit qilmaydi, bu haqida bir o'ylab
ko'ring.

3-Daraxt
Suratda tasavvur
Arzimasdek tuyilgan barcha
detallarigacha e'tibor berasiz.
Sizdan hech qanday sirni berkitib
bo'lmaydi. Shu bilan birga siz
atrofngizdagilarni kayfyatini sezasiz.
Shu boisdan ulardan muhim xabarni
bilib olib xohlagan vaqtingizda,
o'zingizga yoqqan usulda va
maqsadda ularga murojaat qilasiz.
Sizdan yaxshi buxgalter, auditor,
moliyaviy konsultant, kassir chiqadi.
Umuman siz diqqat va hushyorlik
talab qilinadigan sohalarda omadli
ishlaysiz.
@Amaliy_psixologiya
250 viewsABDULAZIZ, 13:13
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:50:39"Psixologik muammoni aniqlash TESTI"

O'zingizni xotirjam qo'ying va sizni qiynayotgan muammolar haqida o'ylang. Quyidagi suratda muammongizga ramziy mos keladigan buyumni toping. Tanlagan buyumingizga qarab asl psixologik muammongiz haqida bilib olish mumkin.

Javoblar 24soat ichida e'lon qilinadi.
@Amaliy_psixologiya
243 viewsZebo Anvarovna, edited  12:50
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:44:45 Odamlar bilan o'zaro muloqotda shaxsiy chegaralaringizni himoya qilishingiz uchun psixologlar quyidagi jumlalardan foydalanishni tavsiya qilishadi:

Bu haqida gaplashishni istamayman.

Buni eshitishni (qilishni) istamayman.

Bu mavzuda suhbatlashishga tayyor emasman.

Taklifingizni qabul qilolmayman.

Meni qarorim shu: ...

Bunga vaqtim yo'q.

Buni o'zim hal qilaman.

Menga nima kerakligini o'zim yaxshi bilaman.

Ushbu gaplarni aytishni o'rganishga ancha vaqt ketishi mumkin. Boshida odamlarga yoqmasligingiz ham mumkin. Ammo asta-sekin sizga hurmat oshayotganini, sizning istaklaringiz, vaqtingizni qadrlashayotganlarini his qilasiz. Bu sizga erkinlik va mustaqillik hissini beradi. Shaxs sifatida tan olinayotganingizni anglaysiz.

@Amaliy_psixologiya
248 viewsZebo Anvarovna, 12:44
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:46:45
Suratda nimani birinchi ko‘rdingiz

1-ikkita qol
2-portlash
3-daraxt

@Amaliy_psixologiya
262 viewsDilrabo, edited  10:46
Ochish/sharhlash