Get Mystery Box with random crypto!

Amaliy psixologiya

Telegram kanalining logotibi amaliy_psixologiya — Amaliy psixologiya A
Telegram kanalining logotibi amaliy_psixologiya — Amaliy psixologiya
Kanal manzili: @amaliy_psixologiya
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.44K
Kanalning ta’rifi

𝙏𝙚𝙡𝙚𝙜𝙧𝙖𝙢𝙙𝙖𝙜𝙞 𝙮𝙖𝙜𝙤𝙣𝙖 #𝙖𝙢𝙖𝙡𝙞𝙮_𝙥𝙨𝙞𝙭𝙤𝙡𝙤𝙜𝙞𝙮𝙖 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞.
Admin: @aspiro_universal
Savollar uchun: @amaliy_psixologiyabot
Guruhimiz: @amaliy_psixolog_guruhi

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-31 18:22:51 Eng kóp sóraladigan savollar:

Amaliy psixologiyani bitirib qayerda ishlasam bóladi?
Istalgan tashkilotda psixolog lavozimida, qolaversa ózingiz xususiy psixologik markaz ochishingiz ham mumkin.

Ped. Psixologiya bilan amaliy psixologiyani nima farqi bor?
Amaliy psixologiyani qamrovi kengroq, ped. Psixologiyani bitirib barcha ta'lim muassasalarida ishlay olasiz.
Aslida qayerda, qanday ishlash ózingizga bog'liq!

Amaliy psixologiyaga kirish uchun qaysi fanlardan test topshiraman?
Majburiy fanlar: ona tili, Ózbekiston tarixi, matematika
Asosiy fanlar: biologiya, ona tili

amaliy psixologiyaga kirish bali nechi ball?
har yili har xil bóladi. Ballar oldindan belgilanmaydi. Kvota soni bóyicha eng yuqori ball olgan abiturientlar talabalikka tavsiya etiladi.
(Agarda ótgan yillardagi ballar sizga qiziq bólsa
abt.uz va dtm.uz saytlaridan ma'lumot olishingiz mumkin)

Psixolog "jinni"lar bilan ishlaydimi?
yóq, psixolog sog'lom odamlar bilan ishlaydi. Yuqoridagi toifa bilan esa Psixiatr, psixoterapevtlar shug'ullanishadi.
@AMALIY_PSIXOLOGIYA
342 viewsABDULAZIZ, 15:22
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:05:40 ​ Doim tabassum qiling...

Allohning bergan ne'matlariga shukr qiling...

Oilangiz bilan o'tirganingizda tabassum qiling, chunki oramizda oilali bo'lishni orzu qilayotganlar bor...

Ishga ketayotganingizda tabassum qiling, chunki ko'pchilik hanuz ish qidirib yuribdi...

Sog'-omon, ofiyatdaligingizda tabassum qiling, chunki oramizda har qancha narxga bo'lsa ham sog'liq sotib olishni orzu qilayotganlar bor...

Tirik bo'lganingizga, rizqingizni yeb yurganingizga tabassum qiling, chunki yaxshi ishlar qilib qolish uchun bir zumgina hayotga qaytishni orzu qilib yotgan qancha o'liklar bor...

Tabassum qiling, chunki duo qilsangiz, ijobat qiladigan Robbingiz bor, chunki kimlardur hayvonlarga sig'inib yuribti...

Tabassum qiling, chunki siz ayni o'zingizsiz... Sizdan boshqalar sizdek bo'lishni orzu qilishmoqda!

Tabassum qiling... hech bo'lmasa sadaqa qilgandek ajrga ega bo'lasiz.

@amaliy_psixologiya
469 views| シ, 15:05
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:56:39 Bir o‘zimga nasihat qilsang, haqiqatan ham nasihat qilgan bo‘lasan. Lekin ko‘pchilikning oldida nasihat qilsang, meni sharmanda qilgan bo‘lasan.

Imom Shofe’iy.
Nasixat qilishni xam yóli bor.

@Amaliy_psixologiya
410 views Zulfizar Hoshimova , edited  14:56
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:14:19 QANDAY HOLLARDA PSIXIATRGA MUROJAAT QILINADI? (Psixolog bilan psixiatrni farqlolmaydiganlar uchun )

Psixolog hayotiy muammolarini yechishda qiynalayotgan ruhiy sog'lom odamlar bilan ishlaydi. U tibbiyot bo'yicha mutaxassislikka ega emas va hech qanday dori vositasini tavsiya qilmaydi. Psixiatr esa ruhiy buzilishlarga ega odamlarning tuzalishiga ko'mak beradi. Bunda u psixoterapiya bilan birgalikda farmakoterapiyani ham qo'llash huquqiga ega. Agar sizda yoki yaqinlaringizda ushbu holatlar kuzatilsa, psixiatrga murojaat qilasiz:
@Amaliy_psixologiya
454 viewsZebo Anvarovna, 10:14
Ochish/sharhlash
2022-08-31 10:12:08 Hech narsa behuda sodir bo'lmaydi.

Agar siz biror narsa qilgan bo'lsangiz, demak, hayotingizning o'sha paytda, rivojlanishingizning o'sha bosqichida bu harakatda ma'no bor edi.

Va agar siz boshqacha harakat qilishingiz mumkin deb o'ylasangiz, bilingki, qila olmaysiz!
@Amaliy_psixologiya
479 viewsZebo Anvarovna, 07:12
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:03:01 Unutma, ilm-fan va din bir-biriga raqib emas. Ular shunchaki bir hikoyani so'zlayotgan ikki tilga o'xshaydi. Dunyoda ikkisi uchun ham joy yetarli.

●Den Braun "IBTIDO"
@Amaliy_psixologiya
273 viewsABDULAZIZ, 05:03
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:14:13
Bolalar xotirasi
yoki bola ota -onasini sog'ina boshlaganda


Miyaning uzoq muddatli xotira uchun mas'ul bo'lgan qismlari (frontal lob va gipokamp) 8-9 oyligida rivojlana boshlaydi, shu vaqtgacha chaqaloqlar ma'lumotni 30 soniyadan ko'proq ushlab tura olmaydi.

Xotira taxminan 9 oyligida rivojlana boshlaganining dalillaridan biri, aynan shu davrdan boshlab bolalar ota -onasidan ajralishni istamay boshlaydilar.

Onani sog'inish moyilligi, bola uning yaqinida bo'lganini va uning yo'qolganini payqaganini alomati deb hisoblash mumkin. Bola besh oylik bo'lganda, "ko'rmayapman, keyin eslay olmayman" tamoyili ishlaydi. U yig'lay boshlashi dargumon, chunki u onasining u yerda bo'lganini allaqachon unutgan, demak uning ketganligi uni unchalik qo'rqitmaydi.

Julia Shaw - "Ложная память" asaridan

@AMALIY_PSIXOLOGIYA
299 viewsABDULAZIZ, 03:14
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:42:04
I.A.Karimov: 1991- yil 31- avgust O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e'lon qilgan kun.
@amaliy_psixologiya
369 viewsABDULAZIZ, edited  01:42
Ochish/sharhlash
2022-08-30 21:04:02 ​​Nafratni yashirish oson, sevgini yashirish qiyin, beparvolikni yashirish esa o'ta qiyin.

Lyudvig Byorne

@amaliy_psixologiya
293 viewsНигора Нахалбоева, 18:04
Ochish/sharhlash
2022-08-30 20:32:44 Bir kun hammasi yaxshi bo‘ladi deymiz... Aslida bugunimiz ham eng yaxshisi ekanini bilmaymiz...
Bir kun o‘sha yor ham kelar, muammolar ketar, qarz uzilar, uy olinar, vatanga qaytilar, sog‘ayib ketilar...

Ammo, ammo o‘sha vaqtda buguningizdagidek yoshroq bo‘lmaysiz... O‘sha bir kuni bugungi ishtiyoqingiz, shijoatingiz, kuchingiz, quvvatingiz bo‘lmasligi mumkin... O‘sha kuni bugun xohlayotganlaringizni xohlamay qolishingiz mumkin...

Buguningizni qadrlang... Aslida eng yaxshi kun bugundir..!?

— Orif Taskinning "Hayot menga shuni o‘rgatdi" kitobidan.


@amaliy_psixologiya
@turd1yevna
270 viewsНигора Нахалбоева, 17:32
Ochish/sharhlash