Get Mystery Box with random crypto!

SEVGI MUNOSABATLARI Odamlar faqat ideal insonni topishganda, | Amaliy psixologiya

SEVGI MUNOSABATLARI

Odamlar faqat ideal insonni topishganda, ular sevib qolishim mumkin deb o‘ylashadi! Buni hech qachon topa olmaysiz.

Odamlar faqat mukammal yigit yoki qizni izlashadi, mukammal yigit/qizni topsam sevib qolaman deb o‘ylashadi.
Siz ularni hech qachon topa olmaysiz, chunki mukammal erkak/ayol yo‘q. Agar ular bo‘lsa, ular sizning sevgingiz haqida qayg‘urmaydi.

Mukammallikni talab qilmang, aks holda Siz hech qanday sevgi his qololmaysiz, sevolmaysiz. Chunki munosabatlar bir qancha talablar asosida shakllangan bo‘ladi. Talab bor joyda Sevgi bo‘lmaydi.

Erkak ayolni yoki ayol erkakni sevib qolsa, darhol sevgan inson tarafga talablar qo‘yila boshlaydi. Agar meni sevsa, men uchun “unday qilsin, bunday qilsin” deya shartlar paydo bo‘ladi-ki, xuddi sevgan taraf gunoh qilib qo‘ygandek!
Mukammal bo‘lishi kerak degani, sevgan inson shu ayol/erkak uchun to‘satdan o‘z kamchiliklarini yo‘qotishi kerak deganida. O‘zligidan kechish degani!

Esingizda bo‘lsin, hech qachon mukammallikni talab qilmang. Hech kimdan biror narsa talab qilish huquqiga ega emassiz. Agar kimdir sizni sevsa, minnatdor bo‘ling, lekin hech narsa talab qilmang - chunki u sizni sevishga majbur emas.

Sevgi bu - mo‘jiza!

Sevgi nafas olish kabi tabiiy vazifadir. Sizni kimdir sevsa undan nimalarnidir talab qilmang! U Sizni boringizcha sevdi. Sizda yo qabul qilish, yo tark etish huquqi bor, ammo majburiy tarzda, talablaringiz asosida o‘zgartirish huquqi yo‘q.

Siz sevsangizu, lekin boshidan talablar qo‘ysangiz bu ko‘plab eshiklarni yopadi!

Agar biror narsa kelsa, minnatdorchilikni his eting.
Agar hech narsa kelmasa, unda bu kelmasligi kerak, bunga hojat yo‘q. Buni kutish mumkin emas,
bu o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi…

Sevgi o‘zgaruvchan emas, u hech qayerga kelmaydi, hech qayerga ketmaydi. Uni “ketdi” deb o‘ylamang. U doim Siz bilan, ammo Siz u bilan emassiz!

Uni tinglang, uni his qiling!

SEVGI HAQIQATDIR - hech qachon o‘lmaydi, u har doim tirik.

SEVGI ENERGIYADIR - uni o‘ldirib, sotib olib, sotib, o‘zgartirib, o‘g‘irlab bo‘lmaydi!

@Amaliy_psixologiya