Get Mystery Box with random crypto!

Amalda.uz

Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz A
Telegram kanalining logotibi amaldauz_andijon_samarqand — Amalda.uz
Toifalar: Interyer
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!
⏳ Biz bilan vaqtingizni tejaysiz!
Murojaatlar 👉 @Amaldauzga_bot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 15

2023-04-17 09:40:22
178 kilogramm vaznga ega Xesus Olivares dunyoning eng kuchli odamiga aylandi

U ekipirovkasiz pauerlifting bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.

AQSHlik 24 yoshli sportchi tizzabanda 470 kg bilan o‘tirib turdi, 272,5 kg ni ko‘tardi va 410 kg ni tortdi. Umumiy uchkurashda u 1152,5 kg to‘pladi.

Amalda.uz Telegram kanali
1.3K views06:40
Ochish/sharhlash
2023-04-17 09:20:16
20 kishi aroqdan zaharlanib vafot etdi
 
Holat Hindistonning Bixar shtatida kuzatilgan. Ular ichgan pirtli ichimlik sifatsiz boʻlgani aytilmoqda. Yana oʻnlab odamlar shifoxonaga yotqizilgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin.
 
Manbaalarning aytishicha, bir tanker qalbaki mahsulotlarni Motixari qishlogʻiga olib kelgan va mahalliy savdogarlarga tarqatgan.
 
Shifokorlar ichimlikdan zaharlanganlar koʻngil aynishi, bosh aylanishi, qorin ogʻrigʻi, nafas qisilishi va hushini yoʻqotish kabi shikoyatlar bilan yotqizilganini aytmoqda.
 
Politsiya yettita kontrafakt sotuvchisini qoʻlga oldi va tarkibida alkogol boʻlgan mahsulotlar namunalari tahlilga joʻnatildi.
 

Amalda.uz Telegram kanali
1.1K views06:20
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:50:15
Qashqadaryoda 72 yoshli erkakni mahalladoshi kaltaklab oʻldirib qoʻydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 72 yoshli erkak kaltaklanishi oqibatida hushidan ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, voqea joriy yilning 13-aprel kuni taxminan soat 15:30 larda Kitob tumani “Guliston” mahallasida sodir boʻlgan. Ushbu mahallada yashovchi U.E. bilan T.Q. oʻzaro janjallashib qolgan. T.Q. qoʻlidagi tayoq bilan U.E.ni urib, tan jarohati yetkazgan. Erkak oʻsha kuni shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov Boʻlimi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov davomida T.Q. jinoyat ishida Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Amalda.uz Telegram kanali
1.0K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:30:01
Avtobusda erkak va ayollarga alohidadan joylar ajratilgani haqidagi eʼlon olib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus salonida ayollar va erkaklar uchun maxsus joy ajratilganligini targʻib qiluvchi eʼlon aks etgan surat tarqalib, muhokamalarga sabab boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat “8-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi saroy raqami 433-boʻlgan Isuzu rusumli avtobus yoʻnalishida kuzatilgan. Tezkor tadbir davomida, ushbu avtobus salonidagi eʼlon olib tashlangan.

“Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida, jamoat transportida eʼlon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilayotganini maʼlum qilamiz”, – deyiladi xabarda.

Amalda.uz Telegram kanali
962 views05:30
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:20:10
Qozogʻistonga import qilingan pomidorlarda xavfli virus aniqlangani rad etildi

Maʼlum qilinishicha, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida olib borilgan dastlabki tezkor surishtiruv va oʻrganishlar natijalariga koʻra Qozogʻiston tomoni Oʻzbekistondan import boʻlgan pomidor mahsulotlarida pomidor jigarrang virusi (tomato brown rugose fruit virus) va boshqa karantin kasalliklar aniqlangani yuzasidan mahsulotlarni orqaga qaytarish holati kuzatilmagan va eʼtiroznoma (notifikatsiya) joʻnatmagan.

Shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston va Qozogʻiston karantin xizmatlari bilan tezkor ravishda muzokara olib borilib, ushbu tarqalgan xabarga izoh bergan fitosanitariya xizmatining Turkiston viloyati hududiy inspeksiyasi rahbari I.Begasilov pomidor jigarrang virusi aniqlanish holati yuzasidan import boʻlgan 43 tonna pomidor mahsulotida, aynan Oʻzbekistondan yuklangan pomidor mahsulotida xavfli virus qayd etilmaganini telefon muloqotida tasdiqladi.

Amalda.uz Telegram kanali
959 views05:20
Ochish/sharhlash
2023-04-17 07:50:15
Pokistonda o‘zini payg‘ambar deb da’vo qilgan ayol hisbga olindi

Ayolning ismi Sanaulloh bo‘lib, Panjob provinsiyasidagi Faysalobod shahridagi uyida hibsga olingan. Uning uyi oldida to‘plangan olomon ayolga jazo tayinlashni talab qilgan. Ayol bilan birga yana ikki kishi qo'lga olingan.

Pokistonda islom dinini yoki Muhammad payg‘ambarni haqorat qilishda aybdor deb topilgan har qanday shaxs o‘lim yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Amalda.uz Telegram kanali
1.0K views04:50
Ochish/sharhlash
2023-04-17 07:32:36
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Farg’na vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15°, shimolda 7-12° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.

Amalda.uz Telegram kanali
1.4K viewsedited  04:32
Ochish/sharhlash
2023-04-14 10:33:24
Turkiyada 21 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilishi oldidan video qoldirdi

Turmush o‘rtog‘i rashk tufayli janjal ko‘targanidan keyin qiz eng yaqin tog‘ga chiqib, o‘zini 50 metr balandlikdan tashlagan. Ammo avvaliga u joniga qasd qilish videosini turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

Qutqaruvchilar jasadni olib chiqish uchun besh soat uringan, yomon ob-havo ularning ishiga xalaqit bergan.

Amalda.uz Telegram kanali
634 viewsedited  07:33
Ochish/sharhlash
2023-04-10 13:27:12
Qamchiq dovonida Lacetti xandaqqa tushib ketdi. Hodisa vaqtida mashina ichida bo‘lgan ikki kishi jarohat olgan va ularga oʻz vaqtida tibbiy yordam ko'rsatilgan.

Amalda.uz Telegram kanali
715 viewsedited  10:27
Ochish/sharhlash
2023-04-09 08:01:48
Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha ba‘zi joylarida, kechga tomon Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda shamol tezligi 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin — “O‘zgidromet”

Amalda.uz Telegram kanali
208 viewsedited  05:01
Ochish/sharhlash