Get Mystery Box with random crypto!

Sirdaryoda oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻlik firibgarlik | Amalda.uz

Sirdaryoda oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻlik firibgarlik aniqlandi

Qayd etilishicha, departamentning Mirzaobod tuman boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolar S.M. va A.J. fuqaro R.M.Ning ishonchiga kirib, uni goʻyo yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 6 000 AQSH dollari evaziga Guliston davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilishib, shundan 5 100 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali