Get Mystery Box with random crypto!

Xabaringiz bor, mamlakatimizda yoshlar orasida xorijiy tillarn | Alisher Sadullaev

Xabaringiz bor, mamlakatimizda yoshlar orasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, ularning chet tillariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ibrat Academy” mobil ilovasi ishga tushirilgandi.

Yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda mobil ilova orqali xorijiy tillarni o‘rganayotganlar 369 178 nafarni tashkil etmoqda, shundan 1 752 nafari maxsus sertifikatlarni qo‘lga kiritishgan.

Tahlilga ko’ra, ba’zi hududlarda ko’proq yoshlar maxsus sertifikatni qo‘lga kiritishgan bo’lsa, ayrimlarida esa, natija aksincha.

Yoshlardan “Ibrat Academy” mobil ilovasi orqali xorijiy tillarni o‘rganishda faol bo‘lishini so‘raymiz.

Faol va yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlar moddiy va ma’naviy rag’batlantirilib boriladi.

@alisher_sadullaev