Get Mystery Box with random crypto!

Avval xabar berganimizdek, ko'plab iste'dodli yoshlarimiz “El- | Alisher Sadullaev

Avval xabar berganimizdek, ko'plab iste'dodli yoshlarimiz “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun xujjatlar topshirishgan edi.

2023-yilning 2-mavsumini o'zida 345 nafar talabgorlar saralab olingan edi. Hozirda avvalgi bosqichlarda AQSh va Buyuk Britaniya davlatlaridagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlarda o'qib, bitirib qaytib kelgan bir guruh stipendiat yoshlarimiz mamlakatimizdagi qator respublika davlat tashkilotlarida o'z faoliyatlarini boshlamoqda.

Stipendiat yoshlarimizning kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!

@alisher_sadullaev