Get Mystery Box with random crypto!

​​25 yoshdan oshmagan yoshlarni ishga olgan ish beruvchilar uc | Alisher Sadullaev

​​25 yoshdan oshmagan yoshlarni ishga olgan ish beruvchilar uchun soliq borasida imkoniyat bor — yoshlar uchun 11-#imkoniyat

Bizga eng koʻp keladigan murojaatlardan biri yoshlarning bandligini ta’minlashdir. Shu yoʻnalishda qanday tizimlar yaratildi, nimalar qilindi, degan savollarni tez-tez so‘rashadi. Bu borada qilingan tizimlardan biri — Hukumat qarori bilan ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan yosh xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan qoplab berilishi belgilangan. Batafsil ma’lumot.

Bu imkoniyatdan foydalangan tadbirkor Ahmad aka Melibayev o‘tgan yili Facebook sahifasida 2021-yilning may oyidan avgust oyigacha bo‘lgan davr uchun 62 414 779,60 so‘m mablag'ini qaytarib olgani haqida yozgandi. Ahmad aka qo‘shimcha qilib, boshqa tadbirkorlar bilan ham gaplashgani va 25 yoshgacha bo'lgan yoshlarga ish bergan bo'lsa, ular ham ijtimoiy soliq summasini qaytarib olganini ta’kidlagandilar.

Avvalo, bu orqali yoshlarga yangi imkoniyatlar ochiladi. Chunki ish beruvchilarda, tadbirkorlarda yoshlarni ishga olish uchun xohish paydo boʻladi, ularga bu motivatsiya boʻladi, nazarimda. Albatta, mazkur tizim sabab ishga kirgan yoshlar ham, ish beruvchi ham, yoshlar ish bilan ta’minlangani uchun davlat ham yutadi, menimcha.

@alisher_sadullaev