Get Mystery Box with random crypto!

Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti A
Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
Kanal manzili: @adu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.19K
Kanalning ta’rifi

✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/aduuzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz
©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adu_uz_bot yoki @asu_uzbbot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 27

2022-09-04 10:08:44
#Soragan_edingiz

SIRTQI TA'LIMGA QABUL QILINGAN ABITURIYENTLARGA O'QUV JARAYONLARI QACHONDAN BOSHLANADI
?

2022/2023-o’quv yilida sirtqi ta'limga qabul qilingan talabalar o’qish qachon boshlanadi, hujjatlarni qachon va kimga topshiramiz hamda universitetga qachon boramiz kabi savollar bilan murojaat qilishmoqda. Sirtqi ta'lim talabalari ham joriy yilning 5-sentyabrdagi yangi o’quv yilining ochilish marosimida qatnashishlari mumkin.

Mazkur tadbirda talabalarni sirtqi bo’limi boshlig’i hamda o'quv ishlari bo'yicha dekan o’rinbosarlari kutib olishadi. Talabalar tadbirdan so’ng o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullardan batafsil javob olishlari mumkin bo’ladi.

Oliygoh manzili: Universitet ko'chasi 129-uy geolokatsiya

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
3.2K views07:08
Ochish/sharhlash
2022-09-03 23:24:21
#Меритократия_амалда

Халқчил давлат хизматига фақат очиқ ва шаффоф танловлар билан

Каналга уланиш — t.me/argos_uz
614 views20:24
Ochish/sharhlash
2022-09-03 16:40:12 #Murojaat

TTJ BO'YICHA MUROJAATLAR QABUL QILUVCHI MAS'UL XODIMLAR RO'YXATI

Andijon davlat universiteti talabalari uchun 2022/2023 o‘quv yiliga hozirda Talabalar turar-joylari (TTJ) va universitetga yaqin hududlardan ijara xonadonlari tayyorlanmoqda.

Yangi 1-kursga qabul qilingan, boshqa viloyatdan kelib tahsil olishi kutilayotgan talabalar ijara xonadoni olish va TTJda istiqomat qilishlari uchun tegishli ravishda quyidagi dekan o‘rinbosarlari va mas'ullarga murojaat qilishlarii so‘raladi:

. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i — Mo‘ydinov Tursunboy
Tel: +998943803290

. Talabalarni turar-joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i — Abidova Dilraboxon
Tel: +998937869000

. Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Iqboljon Djumaboyev
Tel: +998973393316

. Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Sarvarbek Ismoilov
Tel: +998332040301

. Fizika-matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Muhammadaziz Turg‘unov
Tel: +998914919242

. Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Abduhalim Ergashev
Tel: +998993267515

. Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Yaxyo Tursunov
Tel: +998931999848

. Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Maqsudbek Jo'raboyev
Tel: +998932535850

. Pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Mirzoxid Nurmatov
Tel: +998903832305

. Jismoniy madaniyat fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Xayrullo Madaminov
Tel: +998916100705

. San'atshunoslik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Qamariddin Nuriddinov
Tel: +998902585592

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
203 views13:40
Ochish/sharhlash
2022-09-03 16:24:24
2023 - yilni IELTS 5+ natija bilan boshlashga nima deysiz.

Andijonda 4 oyda 5+ IELTS "Olishingizni kafolatlaymiz" Kelinoradiii

Biz Sizga
- Haftada 5 Kun Dars.
- Darslar 3 soatdan.
- Guruhda o'quvchilar soni 6 ta.
- Malakali O'qituvchi 7+ IELTS.
- "Coworking" zona Siz hohlagan paytda kelib dars tayorlashingiz mumkin.

P.s : Bizda og'izda qolib ketmaydi "Boshqa Reklamalarga o'xshamaydi "

Ro'yxatdan o'tish uchun bosing

Batafsil Ma'lumot
+99893-443-72-26
Telegram orqali Ro'yxatdan o'tish
@nlaqabulbot

Manzil: Andijon shahar O'zbekiston ko'chasi, 33 - uy
Lokatsiya

@nla_uz
1.1K views13:24
Ochish/sharhlash
2022-09-03 14:02:02 Lingvist olim, turkologiya bo‘yicha qator tadqiqotlar muallifi Eldar Asanov bilan gumanitar sohadagi trendlar, sharqshunoslik, til konstrukti, til va millat, lingvistikadagi zamonaviy qarashlar, tilning inson ongiga ta'siri mavzularida suhbat

#til_armiyaga_ega_shevadir



1.7K viewsedited  11:02
Ochish/sharhlash
2022-09-03 12:33:36 Хотин-қизларга фоизсиз таълим кредити берилади

Президентнинг 2022 йил 18 июлдаги ПҚ-323-сонли қарорига кўра, тўлов-контрактда ўқиётган хотин-қизларга жорий йилдан бошлаб имтиёзли фоизсиз таълим кредити бериладиган бўлди.

Кимларга берилади?

Ўзбекистондаги барча олий таълим муассасалари талабаларига (давлат, хусусий ва хорижий ОТМларнинг Ўзбекистондаги филиаллари);
Ўрта махсус ва профессионал таълим муассасалари ўқувчиларига (техникум, касб-ҳунар коллежи ва ҳ.к.).

Қайси таълим шаклига берилади?

Кундузги;
Сиртқи;
Кечки.

Қуйидагиларга берилмайди:

супер-контракт;
қўшма таълим;
масофавий таълим;
иккинчи мутахассислик.

14 фоизда берилар экан-ку, нега фоизсиз дейиляпти?

Тўғри, таълим кредити аслида 14 фоизлик ставкада берилади. Аммо бу фоиз қисмини хотин-қизлар тўламайди, давлат тўлаб беради. Аниқроғи Молия вазирлиги ҳузуридаги Таълим кредитини молиялаштириш жамғармаси томонидан қопланади. Хотин-қизлар фақат таълим кредитининг асосий қисмини тўлайди холос.

Тўлаш қачондан бошланади?

Таълим кредитининг асосий қисми талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб (яъни олти ой ўтиб) 7 йил давомида қайтарилади. Масалан, 7 млн сўм таълим кредити олинса, ўқишни тугатгандан сўнг, 6 ой ўтгач 7 йил мобайнида ойма-ой 83 минг сўмдан тўлаб борилади.

Қайси банклар беради?

1. Микрокредитбанк
2. Асака банк
3. Агробанк
4. Халқ банки
5. Ипотека банк
6. Қишлоқ қурилиш банк
7. Туронбанк
8. Ориент финанс банк
9. Миллий банк
10. Ўзсаноатқурилишбанк
11. Ҳамкорбанк
12. Алоқабанк

Қандай ҳужжатлар керак?

банкка ариза;
шахсни тасдиқловчи ҳужжат;
таълим муассасаси билан тўлов-контракт шартномаси;
талабанинг доимий даромад манбаига эга бўлган оила аъзолари ва бошқа учинчи шахс биргаликда қарз олувчи сифатида таълим кредити қайтарилишининг таъминоти бўйича ҳужжат.

“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га кирган оилаларнинг хотин-қизларига ажратиладиган таълим кредитлари учун гаров ва кафилликлар талаб этилмайди.

Қўшимча саволларга жавоблар мана бу ерда:
https://t.me/xushnudbek/15112


@xushnudbek
1.7K views09:33
Ochish/sharhlash
2022-09-03 11:28:45
Bugundan e'tiboran "Muzeylar haftaligi" tadbiri boshlanadi. Unga ko‘ra, kelgusi yetti kun mobaynida hamyurtlarimiz uchun ushbu ro‘yxatda keltirilgan muzeylarga kirish bepul bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil, 12-aprelda chiqargan 68-son qarorining 8-ilovasidagi nizomga ko‘ra "Muzeylar haftaligi" tadbiri har yili 2-8 sentabr kunlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Hamyurtlarimiz bir hafta davomida muzeylarga tashrif buyurib, milliy muzey fondiga kiritilgan ashyolar va kolleksiyalar bilan tanishib olishlari mumkin.

Batafsil
2.1K views08:28
Ochish/sharhlash
2022-09-03 11:13:28 ​​#Talabaga_yengillik

Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Hamkorbank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Milliybank;
OrientFinancebank;
Qishloqqurulishbank;
Sanoatqurilishbank;
Turonbank;
Xalqbanki.

Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
1.9K views08:13
Ochish/sharhlash
2022-09-03 08:57:20 #Muhim

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Universitetimizga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun dars jarayonlari 5-sentabr kunidan boshlanadi.

Shu sababli, 5-sentabr - dushanba kunidan boshlab, oliygohimizga talabalikka tavsiya etilgan talabalar soat 08:00 dan kech qolmay kelishlari so'raladi.

Andijon davlat universitetida yangi o’quv yilining ochilish marosimi quyidagi uch hududda bo'lib o'tadi:

Andijon davlat universiteti asosiy o’quv binosining oldi qismida

Tabiiy fanlar fakulteti
Filologiya fakulteti
ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti

Fizika-matematika fakultetining ming orinli binosi oldida

Fizika-matematika fakulteti
Tarix fakulteti
Jismoniy madaniyat fakulteti

Oliygoh manzili: Universitet ko'chasi 129-uy geolokatsiya

Axborot texnologiyalari va kompyuter injineringi fakulteti binosining oldi qismida

Axborot texnologiyalari va kompyuter injineringi fakulteti

Oliygoh manzili: Jalaquduq tumani O'zbekiston ko'chasi 2-uy
geolokatsiya

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
3.2K views05:57
Ochish/sharhlash
2022-09-02 16:48:36 4 баллгача етмаганларга ҳам супер-контрактда чегирма борми?

ЖАВОБ:
Ҳа, бор.

Ушбу масала бўйича Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги билан боғландим. Олинган маълумотларга кўра, ушбу 10% лик чегирма ўтиш балига 4 баллгача етмаган абитуриентларнинг супер-контракти учун ҳам қўлланади.

Масалан, математика йўналишида 1,5 балл етмай қолди дейлик. Бундай вазиятда ўша абитуриент 2 баробар тўлайди. Математика йўналишида стипендиясиз базавий контракт нархи 6.412.610 сўм.

Демак, математика йўналишига 1,5 балл етмай қолган абитуриент 12 млн 825 минг 220 сўм супер-контракт тўлаши керак эди (2 x 6.412.610).

Энди унга 10% чегирма қўлланади. Яъни 1.282.522 сўм чегирма туфайли супер-контракт нархи 11.542.698 сўм бўлади.

Эслатиб ўтаман, супер-контрактнинг шкаласи қуйидагича бўлади:

ўтиш балига 1 баллгача етмаган абитуриентлар учун – базавий тўлов-контракт миқдорининг 1,5 баробари;

1,1 баллдан 2 баллгача — 2,0 баробари;

2,1 баллдан 3 баллгача — 2,5 баробари;

3,1 баллдан 4 баллгача — 3,0 баробари;

4,1 балл ва ундан кўпроқ етмаганларнинг барчасига (56,7 баллдан баланд бўлса) 8, 10, 12, 15, 17 ва 25 баравар қўлланади. Йўналишлар кесимидаги нархларни мана бу ердан кўриб олиш мумкин.

56,7 баллдан кам тўплаганлар мана бу жадвалдаги супер-контракт нархининг бараварини тўлайди. Масалан, математика йўналишида 46 млн сўм бўлса, 56,7 баллдан кам тўплаганлар 92 млн сўм тўлаши керак.


@xushnudbek
2.0K views13:48
Ochish/sharhlash