Get Mystery Box with random crypto!

Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti A
Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
Kanal manzili: @adu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.19K
Kanalning ta’rifi

✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/aduuzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz
©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adu_uz_bot yoki @asu_uzbbot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 30

2022-08-30 18:10:14
#Live

ANDIJONDA MUSTAQILLIK TANTANALARI KO'TARINKI KAYFIYATDA DAVOM ETMOQDA


Ayni damda Alisher Navoiy maydonida bayram tantanalari ko'tarinki ruhda davom etmoqda.

Andijon davlat universitet jamoasi ham ana shu shodiyonada munosib ravishda qatnashmoqda.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2.1K views15:10
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:20:41
#Live
#Yangi_Ozbekistonda
#el_aziz_inson_aziz

ANDIJONDA MUSTAQILLIK TANTANALARI BOSHLANDI


Avval xabar qilganimizdek, Alisher Navoiy istirohat bog'ida Mustaqillik bayramiga bag'ishlangan konsert dasturi boshlandi.

Viloyat hokimi so'zga chiqib, yig'ilganlarni ushbu ayyom bilan samimiy qutlab, konsert dasturini ochib berdi.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2.3K views14:20
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:00:02
#Bayram_shukuhi
#Live

Ayni damda Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog’ining amfiteatrida Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan "Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida tadbir boshlanish arafasida.

Mazkur tadbirda Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligidagi jamoamiz ham munosib ishtirok etmoqda.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2.5K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:10:44
#Kengash_yigilishi

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI KENGASHINING 2022/2023-O’QUV YILIDAGI 1-SONLI YIG’ILISHI O’TKAZILDI

Joriy yilning 30-avgust kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Kengashning 2022/2023-o'quv yilidagi 1-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Batafsil: https://adu.uz/uz/news/article/2068

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2.8K views10:10
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:15:57
#Yangi_bot
#Universitet_talabalari
#uchun_qulaylik

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALARGA IJARA UY TOPISHDA HAMDA TTJDAN JOY OLISHGA YORDAM BERADIGAN BOT ISHGA TUSHDI


Endilikda Andijon davlat universitetida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida talabalar turar joyidan joy olish hamda ijara uy topishda ko‘maklashish uchun yangi bot ishga tushganini ma'lum qilamiz.

Mazkur videoda botdan qanday foydalanish bo'yicha yo'l-yo'riqlar ko'rsatib o'tilgan. Batafsil ma'lumotni video orqali bilib olishingiz mumkin.

Botdan foydalanishda ushbu havola orqali bog'lanasiz: @adu_ttj_ijarabot

Botdan faqat universitet talabalari foydalanishi mumkin.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
1.8K views06:15
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:03:44
#Talabaga_yengillik
#Muhim

TALABALAR VA BITIRUVCHILAR DIQQATIGA

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 4-mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida talabalarning ishlab, daromad topishi, Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida sizlar uchun viloyatimizdagi barcha sohalarda mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlarini e’lon qilamiz.

Mavjud bo’sh ish o’rinlarini www.adukaryera.uz web sayti orqali yoki https://adumarketing.uz/vacancy/index havola orqali ko’rib olishingiz mumkin.

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, Andijon davlat universitetning karera markazi 120 xonaga murojaat qilishlaringiz mumkin.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
1.9K views06:03
Ochish/sharhlash
2022-08-29 06:13:02Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
2.0K views03:13
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:30:37 ​​ Супер-контракт нархини қандай ҳисоблайман?

ЖАВОБ: буни билиш учун эринмасдан ушбу постни охиригача ўқишингиз керак.

Жуда кўпчилик супер-контракт нархи қанча бўлиши ҳақида савол бермоқда.

Супер-контракт нархи қанча бўлишини исталган инсон ўзи мустақил ҳисоблаб олиши мумкин, бунинг учун етарли барча маълумотлар эълон қилинган. Фақат озгина ҳафсала керак холос.

Энг аввало бир нарсани ёдда тутинг, супер-контрактнинг энг аниқ миқдорини фақат ва фақат ўзингиз ҳужжат топширган олий таълим муассасаси орқали билишингиз мумкин.

Энди минимум миқдорлар ҳақида.

1-эслатма: супер-контракт деган тизим кундузги, сиртқи, кечки таълимда ҳам бор;

2-эслатма: имтиёз олган, лекин кира олмаган абитуриентлар учун умумий кириш балига қараб супер-контракт нархи белгиланади, имтиёзлиларнинг ўтиш балига қараб эмас.

Супер-контракт нархи кундузги таълим шаклида стипендиясиз тўлов-контракт миқдоридан ҳисобланади (сиртқи ва кечкида шундоқ ҳам стипендия йўқ). Демак, қуйида илова қилинган жадвалда кўрсатилган контракт суммасини супер-контракт баробарига кўпайтиришингиз керак.

Шунингдек, 3 та тоифадан қайси бирига тааллуқли эканлигингизни ҳам аниқлаб олишингиз керак.

1-тоифа: кириш чизиғига 4 баллгача етмай қолган абитуриентлар

Бунда қуйидаги шкала амал қилади:

1 баллгача етмаган абитуриентлар учун – базавий тўлов-контракт миқдорининг 1,5 баробари;

1,1 баллдан 2 баллгача2,0 баробари;

2,1 баллдан 3 баллгача 2,5 баробари;

3,1 баллдан 4 баллгача3,0 баробари.

Масалан, математика йўналишида 1,5 балл етмай қолди дейлик. Бундай вазиятда ўша абитуриент 2 баробар тўлайди. Жадвалга қарасак, математика йўналишида контракт нархи 6.412.610 сўм. Демак, математика йўналишига 1,5 балл етмай қолган абитуриент 12 млн 825 минг сўм супер-контракт тўлайди (2 x 6.412.610).

2-тоифа: кириш чизиғига 4 баллдан ортиқ етмай қолган ва ўзи 56,7 дан кўп балл тўплаганлар

Бундай абитуриентлар супер-контракт учун йўналишига қараб пастдаги жадвалда кўрсатилган оддий контрактнинг минимум 8, 10, 12, 15, 17 ёки 25 баробарини тўлайди.

Қайси йўналишга неча баробар тўланиши мана бу файлда келтирилган:
https://t.me/xushnudbek/11522

Масалан, иқтисод йўналишига кириш бали 150 балл бўлди дейлик. Абитуриент 70 балл тўплади. Демак, унга 4 баллдан ортиқ етмай қолган, ўзи ҳам 56,7 баллдан кўпроқ тўплаган. Иқтисод йўналишига минимум супер-контракт 10 баробар этиб белгиланган. Стипендиясиз оддий контракт нархи эса 9.129.930 сўм.

Хулоса: иқтисод йўналиши учун супер-контракт миқдори минимум 91 млн 299 минг сўм (10 х 9.129.930).

БУ МУҲИМ: ўтиш балига 4 баллдан кўпроқ етмай қолган ва 56,7 баллдан кўп тўплаганларнинг ҳаммасига бир хил нарх бўлади. Яъни 5 балл етмаган ҳам, 50 балл етмаган ҳам бир хил тўлайди. Ўшанчун менга 10 балл етмади, менга 30 балл етмади, қанча бўлади, деб сўрашдан фойда йўқ.

3-тоифа: 56,7 баллдан кам тўплаганлар

Бундай абитуриентлар супер-мупер контрактда ўқиши мумкин, фақат камида 2-тоифадагилар тўлайдиган сумманинг 2 баробарини тўлашади. Масалан, абитуриент иқтисод йўналишига топшириб, 40 балл тўплаган, яъни 56,7 баллдан кам. Демак, у камида 182 млн 598 минг сўм тўлаши керак (2 х 91.299.300).

Айримлар сўрамоқда. Масалан, абитуриент 54 балл олди. Кириш бали эса 57 балл бўлди. Шунда 3 балл етмаган бўлса, супер контракни камроқ тўлайдими? Йўқ ва асло йўқ! 56,7 баллдан кам тўпландими, тамом, бунақада икки карра кўпроқ супер-контракт тўланади. Кириш балига қанча етмагани аҳамиятсиз.

Хуллас, Сиз тўплаган балингиз асосида камида тахминан қанча супер-контракт тўлашингизни бемалол ўзингиз ҳисоблаб кўришингиз мумкин.

Сўзим сўнггида яна қайтараман, аниқ суммани фақат ОТМ орқали била оласиз.


@xushnudbek
2.4K views16:30
Ochish/sharhlash
2022-08-28 17:07:29 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.0K views14:07
Ochish/sharhlash