Get Mystery Box with random crypto!

Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti A
Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
Kanal manzili: @adu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.19K
Kanalning ta’rifi

✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/aduuzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz
©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adu_uz_bot yoki @asu_uzbbot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 28

2022-09-02 15:03:14
АБИТУРИЕНТЛАР ВА УЛАРНИНГ ОТА-ОНАЛАРИ УЧУН ЯНА БИР ЕНГИЛЛИК

Барча давлат олий таълим муассасаларида табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари 10 фоизга камайтирилди

Хабарингиз бор, давлатимиз раҳбари томонидан талаба-ёшларнинг олий таълим олиши учун яратиб берилаётган қулай имконият сабаб янги ўқув йилида барча олий таълим муассасаларида тўлов-контракт миқдорлари оширилмади.

Давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш жараёнларини мувофиқлаштириш бўйича давлат комиссияси қарорига мувофиқ 2022/2023 ўқув йили учун барча давлат олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари бўйича базавий тўлов-контракт қийматидан келиб чиқиб, фақат табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари 10 фоизга камайтириб белгиланди.

Қуйидаги жадвал орқали йўналишлар кесимидаги табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари билан танишишингиз мумкин.

Юклаб олиш

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
2.3K views12:03
Ochish/sharhlash
2022-09-02 09:28:33
#Tabrik

CHET ELDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALAR MUSTAQILLIK BAYRAMI BILAN QUTLASHDI


Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti biznes boshqaruvi yo'nalishi talabalari Rossiyaning Tomsk shahridan turib, butun xalqimizni Mustaqillik kuni bilan tabriklashdi.

Eslatib o'tamiz, Andijon davlat universiteti 3 ta xorijiy OTM bilan "2+2" qo'shma ta'lim dasturini imzolagan bo'lib, Tomsk davlat universiteti ham ana shunday OTMlaridan biridir.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
3.2K views06:28
Ochish/sharhlash
2022-09-02 07:53:48 Ислом Абдуғаниевич Каримов – Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти

Ислом Каримов (1938–2016 й.й.) – ўзбек халқининг улуғ фарзанди, мустақил Ўзбекистон давлати асосчиси, мамлакатни 1989 йилдан 2016 йилга қадар бошқарган давлат арбоби, кучли сиёсатчи, миллат етакчиси.

Ислом Каримов 1991 йил 31 августда Ўзбекистон мустақиллигини эълон қилган. 1991 йил 29 декабрда муқобиллик асосида ўтказилган умумхалқ сайловида Ўзбекистон Республикаси Президенти этиб сайланган.

У халқ дардига қулоқ тутди, тинчлик ва осойишталикни таъминлади, кўп миллионли халқни Ватан тараққиёти йўлида бирлаштириб, ислоҳотларга сафарбар этди.

Биринчи Президент Ислом Каримов 2016 йил 2 сентябрь куни оғир хасталикдан сўнг 78 ёшида вафот этди.

Ислом Каримов хотирасини абадийлаштириш мақсадида 2017 йил 31 август куни Тошкент шаҳрида собиқ Оқсарой қароргоҳи олдида унинг биринчи ҳайкали тантанали очилган.

Шунингдек, Биринчи Президент ҳайкаллари Самарқандда (2017 йил 2 сентябрь), Қаршида (2018 йил 30 январь) ҳамда Москвада (2018 йил 18 октябрь) очилган.

Бундан ташқари, Тошкент давлат техника университети, Тошкент халқаро аэропортига, Фарғонадаги санъат саройи, Асакадаги автомобиль заводига ҳамда бир қатор кўчаларга Ислом Каримов номи берилган.

Каналга уланиш
https://t.me/huquqiyaxborot
450 views04:53
Ochish/sharhlash
2022-09-01 19:48:56
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 31-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан

@eduuz
1.8K views16:48
Ochish/sharhlash
2022-09-01 18:44:00 Диққат эълон

"Эл-юрт умиди" жамғармасининг навбатдаги танлови қачон эълон қилинади деган саволларга жавобан, Жамғарманинг навбатдаги 266 ўринга мўлжалланган 3 стипендия танловига сентябрь ойининг учинчи ўн кунлигида старт берилиши кутилмоқда.

Эслатиб ўтамиз, танловда ғолиб бўлган номзоларнинг хорижий университетларда таълим олишлари учун (бакалавриат, магистратура, докторантура босқичларида) барча харажатлар Жамғарма томонидан қоплаб берилади.

Бизни кузатишда давом этинг.

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
789 views15:44
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:04:40 ДИҚҚАТ

"Эл-юрт умиди" жамғармасининг таловларида қатнашиш истагида бўлган ёшларга байрамона ҳушхабарни кечки соатларда эълон қиламиз.

https://t.me/elyurtumidifoundation
1.9K views12:04
Ochish/sharhlash
2022-09-01 14:48:15
Talabalar uchun Mustaqillik ta’lim granti

XushnudbekUz Telegram kanali O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan jami 155 mln so'mlik ta’lim granti e’lon qiladi.

Grantning maqsadi: yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uchun

Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy

Necha kishiga beriladi: 31 nafar (shundan 5 nafari TDYU talabalari uchun)

Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 5 mln so‘mdan (jami 155 mln so‘m)

Hujjatlar 30-sentabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

Onlayn ariza yuborish:
https://imkon.uz/metsenat/120

@MetsenatUz
1.6K views11:48
Ochish/sharhlash
2022-09-01 11:32:42 #Murojaat

TTJ BO'YICHA MUROJAATLAR QABUL QILUVCHI MAS'UL XODIMLAR RO'YXATI

Andijon davlat universiteti talabalari uchun 2022/2023 o‘quv yiliga hozirda Talabalar turar-joylari (TTJ) va universitetga yaqin hududlardan ijara xonadonlari tayyorlanmoqda.

Yangi 1-kursga qabul qilingan, boshqa viloyatdan kelib tahsil olishi kutilayotgan talabalar ijara xonadoni olish va TTJda istiqomat qilishlari uchun tegishli ravishda quyidagi dekan o‘rinbosarlari va mas'ullarga murojaat qilishlarii so‘raladi:

. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i — Mo‘ydinov Tursunboy
Tel: +998943803290

. Talabalarni turar-joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i — Abidova Dilraboxon
Tel: +998937869000

. Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Iqboljon Djumaboyev
Tel: +998973393316

. Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Sarvarbek Ismoilov
Tel: +998332040301

. Fizika-matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Muhammadaziz Turg‘unov
Tel: +998914919242

. Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Abduhalim Ergashev
Tel: +998993267515

. Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Yaxyo Tursunov
Tel: +998931999848

. Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Maqsudbek Jo'raboyev
Tel: +998932535850

. Pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Mirzoxid Nurmatov
Tel: +998903832305

. Jismoniy madaniyat fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Xayrullo Madaminov
Tel: +998916100705

. San'atshunoslik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Qamariddin Nuriddinov
Tel: +998902585592

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2.9K viewsedited  08:32
Ochish/sharhlash
2022-09-01 10:02:02
Aziz vatandoshlar,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi jamoasi Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan barchangizni samimiy muborakbod etadi!

Tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik hamda xonadoningizdan to‘kin-sochinlik va fayzu-baraka arimasin!

Mustaqil Vatanimizning tinchligi va ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor boʻlsin!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

@eduuz
36 views07:02
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:44:04
#Mustaqillikning_31_yilligi



Andijon davlat universitetining Axborot xizmati barchangizni Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan muborakbod etadi.

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
1.1K views04:44
Ochish/sharhlash