Get Mystery Box with random crypto!

Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti A
Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
Kanal manzili: @adu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.19K
Kanalning ta’rifi

✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/aduuzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz
©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adu_uz_bot yoki @asu_uzbbot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 32

2022-07-07 14:29:00
#Qabul2022

Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
1.2K views11:29
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:13:42
#Qabul2022

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
Andijon viloyati – 183;
Buxoro viloyati – 112;
Jizzax viloyati – 81;
Qashqadaryo viloyati – 193;
Navoiy viloyati – 60;
Namangan viloyati – 165;
Samarqand viloyati – 227;
Surxondaryo viloyati – 155;
Sirdaryo viloyati – 50;
Toshkent viloyati – 177;
Farg‘ona viloyati – 221;
Xorazm viloyati – 110;
Toshkent shahri – 155.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
1.2K views11:13
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:11:06 #Qabul_2022_2023
#Muhim
#Elon

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURASI BO'YICHA QABUL KVOTALARI TASDIQLANDI

2022/2023 oʻquv yilida Andijon davlat universiteti magistraturasi bo’yicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari bilan tanishing.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
1.5K views11:11
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:53:53 #Qabul2022

Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 045 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 151 ta (davlat granti asosida - 1588 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 563);
sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 228 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
kechki ta’lim shakli uchun – 495 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
masofaviy ta’lim shakli uchun – 171 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
1.3K views10:53
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:53:45 #Qabul2022

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 587 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
1.0K views10:53
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:53:33 #Qabul2022

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 617 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 460 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 891 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 198 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 68 ta.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
964 views10:53
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:34:46 #Qabul2022

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
tasdiqlandi

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 6 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
1.3K views10:34
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:14:02 #Qabul2022
#Kvota
#Imtiyoz

Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining
taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1.7K views09:14
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:47:19 #Qabul_2022_2023
#Muhim
#Elon

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI KUNDUZGI TA'LIM SHAKLI BO'YICHA QABUL KVOTALARI TASDIQLANDI

2022/2023 oʻquv yilida Andijon davlat universiteti bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari bilan tanishing.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
1.7K views08:47
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:14:07
#Qabul2022

ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari (OTM)ning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi:

joriy yil kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, istisno tariqasida, istalgan OTMda tashkil etilgan qabul komissiyasida ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berildi;
boshqa toifadagi abiturientlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi;
Respyblika OTM bakalavriatining davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Shuningdek, OTM tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2022-yil 10-avgustgacha o‘tkazilishi belgilandi.

@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
1.5K views08:14
Ochish/sharhlash