Get Mystery Box with random crypto!

Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti A
Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
Kanal manzili: @adu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.19K
Kanalning ta’rifi

✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/aduuzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz
©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adu_uz_bot yoki @asu_uzbbot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 29

2022-09-01 06:01:26
#Mustaqillik_abadiy_bolsin
#Qutlov

MUSTAQILLIKNING SHONLI 31 YILLIGIGA BAG'ISHLANADI

Andijon davlat universiteti jamoasi Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan barchangizni muborakbod etadi.

Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining bir guruh faol yoshlari ishtirokidagi videorolik sizlarga manzur bo'ladi degan umiddamiz.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
1.7K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 21:59:06
#Tabrik

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar va aziz hamshaharlar!

Sizlarni Mustaqilligimizning shonli 31 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ona yurtimizning tinchligi va farovonligiga koʻz tegmasin.

Osmonimiz musaffo, hayotimiz toʻkin va sochinlikda oʻtsin.
Mustaqil yurtga hamisha bayramlar yarashadi, toʻylar yarashadi. Ana shunday shodiyonalar, toʻy-u tantanalar har bir xonadonning mehmoni boʻlsin.

Aziz jamoa, siz va siz orqali oila aʼzolaringizni ham bu muborak sana bilan muborakbod etaman. Sharafli mehnatingiz, mashaqqatli xizmatlaringiz Yangi Oʻzbekistonni bunyod etishga oʻz tamal toshini qoʻyishiga ishonaman.

Mening ishonchim – talaba-yoshlar! Ertamiz egalari siz ekanligingizni unutmagan holda doimo olgʻa qadam tashlang. Zero ortingizda biz turibmiz, Vatan turibdi.

Barchangizga Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin!

Facebook | Telegram
1.9K views18:59
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:54:52 #Qutlov

OXUNOV ILHOMJON ABDUNABIYEVICH DISSERTATSIYA ISHINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI

Joriy yilning 30-avgust kuni Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Ilhomjon Oxunov Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo'yicha "Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ijtimoiy ongni rivojlantirishning pedagogik tizimi" mavzusida pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.

Tadqiqotchi rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.

Muhokamadan soʻng ovoz berish jarayoni boshlandi. Kengash aʼzolarining bergan ovozlari natijasiga koʻra dissertatsiya ishi 100 foiz maʼqullandi va Ilhomjon Oxunov pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.

Universitet jamoasi nomidan Oxunov Ilhomjon Abdunabiyevichni ushbu yutug'i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!

Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.4K views17:54
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:14:38 #Tabrik

Hurmatli Akramjon Sultanmuradovich!

Yevfrosiniya Poloskaya nomidagi Polosk davlat universiteti O'zbekistonning milliy bayrami bo'lmish Mustaqillik kuni bilan chin dildan tabriklaydi.

Mustaqillik kuni O‘zbekiston Respublikasi hayotidagi muhim bayram bo‘lib, u o‘z mamlakatining an’analarini yodga oladigan va ulug‘laydigan barchani birlashtiradi.

O‘zbek xalqi azaldan o‘zining mehnatsevarligi, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrati, mehmondo‘stligi, o‘z vataniga muhabbati bilan mashhur bo‘lib, bunda biz uchun yorqin ibrat bo‘la oladi.

Yurtingiz yanada gullab-yashnashini tilab qolamiz! O‘zbekiston kelajakka ishonch bilan qarasin va bugungi kunda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarsin. Ushbu tantanali kunda o'z maqsadlaringizga erishish, o'zingizga va kelajakka bo'lgan ishonchga erishishda muvaffaqiyat tilaklarini qabul qiling.

Sizni yaqinlaringizning g'amxo'rligi va mehr-muhabbati o'rab tursin, O'zbekiston Respublikasi farovonligi yo'lida yangi marralarni zabt etsin

Sizga tinchlik va farovonlik tilaymiz!

Hurmat va ehtirom ila, samarali hamkorlikni davom ettirib qoluvchi rektor Y.Y. Romanovskiy

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2.5K viewsedited  17:14
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:26:36 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizga tabrik bilan murojaat qilmoqda. Tadbirdan onlayn translyatsiyani quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:

YouTube

Facebook

@alisher_sadullaev
2.7K views14:26
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:51:02 Бугун ҳамма ходимлар 1 соат вақтли кетиши керак!

Меҳнат кодекси 121-моддасига биноан, байрам (ишланмайдиган) кунлари арафасида кундалик иш (смена) муддати барча ходимлар учун камида бир соатга қисқартирилади.

Эртага 1 сентябрь — Мустақиллик куни, яъни ишланмайдиган байрам куни. Демак, бугун ишга чиққан барча ходимлар 1 соат вақтлироқ уйига кетишига қонуний ҳаққи бор.


@xushnudbek
2.3K views11:51
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:48:09 #Qabul2022
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi.

OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.dtm.uz va mandat.dtm.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.5K views11:48
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:30:39
#Tabrik

"HURRIYAT"DA BAYRAM SHUKUHI DAVOM ETMOQDA


Andijon davlat universiteti jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan muborakbod etadi.

"Hurriyat" gazetasining 2022-yil 31-avgust sonida universitet jamoasining tabrigi chop etildi.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2.5K views05:30
Ochish/sharhlash
2022-08-31 00:16:49
2022/2023 ўқув йили учун университетимизга қабул жараёнлари деярли якунланмоқда.

Давлат тест маркази томонидан кириш ва хориждан ўқишни кўчирувчилардан олинган имтиҳонлар натижалари эълон қилинди.

Ушбу жараёнда абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарида кўплаб саволлар ва мурожаатлар қабул қилинмоқда. Бугун шахсан ўзим ҳам ана шундай мақсадда университетимизга келган абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарини қабул қилиб, уларнинг саволларига ва мурожаатларига жавоб беришга ҳаракат қилдим.

Бунда, қўшимча қабул қилиш, орттирилган (супер-контракт) миқдорлари, ўқишни кўчириш ва уларни ўқишга қабул қилиш тартиби, шартнома тузиш жараёни юзасидан 30 дан ортиқ фуқароларни саволларига жавоб бердим.

Бугун барча идораларда бўлгани каби университетимизда ҳам фуқароларга хизмат қилиш, уларнинг мурожаатларига ўз вақтида жавоб бериш энг муҳим масалалардан бирига айланган.

Facebook | Telegram
569 views21:16
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:24:37
#Live

UNIVERSITET TALABALARI HAM BAYRAM TANTANALARIDA ISHTIROK ETMOQDA


Bugungi bayram tantanalarida universitet talabalaridan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati hamda "Nihol" mukofoti sovrindori Muxlisa Mashrabova hamda faol talabalarimiz ham o'z chiqishi bilan ishtirok etmoqda.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2.2K views15:24
Ochish/sharhlash