Get Mystery Box with random crypto!

Adolat SDP |Jizzax viloyati

Telegram kanalining logotibi adolat_sdp_jizzax — Adolat SDP |Jizzax viloyati A
Telegram kanalining logotibi adolat_sdp_jizzax — Adolat SDP |Jizzax viloyati
Kanal manzili: @adolat_sdp_jizzax
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 98

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-02-16 14:19:24 Magistraturaning qishki qabulida kontraktga o‘qishga kirgan qizlarning kontrakti davlat tomonidan to‘lab beriladimi?

JAVOB: Ha, to‘lab beriladi.

Huquqiy asoslari:

1) Prezidentning 2022 yil 7 martdagi PF-87-son farmoni;

2) Hukumatning 2022 yil 15 avgustdagi 447-son qarori.

Bunga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.

Tatbiq etilmaydi:

— tegishli tartibda ariza bermaganlarga;

— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;

— nodavlat OTMlarning magistraturalariga.


@xushnudbek
35 viewsDoston ZOKIROV, 11:19
Ochish/sharhlash
2023-02-16 06:43:37 Президент соврини учун “Рақамли технологиялар йўналишида энг яхши стартап” танлови ўтказилади

Ҳукумат қарори билан тасдиқланган низомга кўра, танлов 2023 йил майдан ҳар йили қуйидаги 5 та асосий ҳамда 1 та махсус йўналиш бўйича ўтказилади:

сунъий интеллект технологиялари;
ижтимоий йўналишда рақамли технологиялар;
ахборот ва киберхавфсизлик технологиялари;
тадбиркорлик ва молиявий технологиялар;
компьютер ва мобил ўйин дастурлари.

Танлов ғолиблари қуйидагича тақдирланади:

5 та асосий йўналиш бўйича:
1-ўрин учун – 100 минг доллар;
2-ўрин учун – 50 минг доллар;
3-ўрин учун – 30 минг доллар;

Махсус йўналиш бўйича (битта) 100 минг доллар.
39 viewsDoston ZOKIROV, 03:43
Ochish/sharhlash
2023-02-15 18:02:33 Шавкат Мирзиёев ёшлар бандлигини таъминлаш ва бўш вақтини мазмунли ташкил этиш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент битирувчиларни касб-ҳунарга ўргатиш ва иш билан таъминлашга қаратилган “Ҳаёт мактаби” дастурини амалга ошириш ташаббусини билдирди.

Ёшларни эътибор ва ғамхўрлик билан тўла қамраб олиш мақсадида улар “маҳалладан вазирликкача” тизими орқали давлат идораларига бириктирилиши белгиланди.

Ёшларга санъат, адабиёт, спорт соҳаларида имкониятларни яқинлаштириш мақсадида ҳудудларда “Маданият карвони” тадбирлари, фестиваллар, интеллектуал ва спорт мусобақалари ўтказилади. Ёшлар сайлгоҳлари, креатив парклар ташкил этилади.
42 viewsDoston ZOKIROV, 15:02
Ochish/sharhlash
2023-02-15 13:04:37
46 viewsUktam Qurbonov, 10:04
Ochish/sharhlash
2023-02-15 04:06:13 Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli natijalari tasdiqlandi.

Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.
26 viewsDoston ZOKIROV, 01:06
Ochish/sharhlash
2023-02-14 18:52:03 Тўлов-контракт маблағларини тўлаш муддати 15 мартга қадар узайтирилди
33 viewsDoston ZOKIROV, 15:52
Ochish/sharhlash
2023-02-14 09:11:48 Маҳалладаги ёшлар етакчилари тавсияси асосида ёшларга бериладиган 20 та ёрдам турларининг рўйхати ва миқдори билан танишинг!

ёш оилаларга уй-жой қуриш учун кредит;
ҳайдовчилик ўқув курси учун моддий ёрдам;
ёш оилалар учун турар жой ижараси учун моддий кўмак ва бошқа бир қатор ёрдамлар.
42 viewsDoston ZOKIROV, 06:11
Ochish/sharhlash
2023-02-14 09:06:51 Nodavlat OTMlar ogohlantirildi  

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov OTMga quyosh panellarini o‘rnatish masalasida yig‘ilish o‘tkazgan.

Yig‘ilishda nodavlat ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati va bitiruvchilarning ishga joylanish masalasiga ham e’tibor qaratilgan. 

"Oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi, ayniqsa ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan nodavlat OTM sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi", - deyiladi vazirlik axborotida.
49 viewsDoston ZOKIROV, 06:06
Ochish/sharhlash
2023-02-09 18:00:13
Hurmatli yurtdoshlar!

Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va katta talafotlar koʻrilgani tufayli Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Adolat” SDP tomonidan qardosh turk xalqiga Oʻzbekistondagi ikki davlat ishbilarmonlari nomidan insonparvarlik yordami yuborilishi tashkil qilinmoqda.

Zarur boʻlgan mahsulotlar ROʻYXATI

Gumanitar yordam berish istagida boʻlganlar, quyidagi manzilga tashrif buyurishlari soʻraladi:

VILOYATLAR BOʻYICHA MAʼLUMOT

Vaqt: 9-fevraldan boshlab har kuni, soat 10:00 dan 20:00 ga qadar.

adolat.uz | Facebook | Telegram | InstagramTwitter  |  YouTube
26 viewsDoston ZOKIROV, 15:00
Ochish/sharhlash
2023-02-02 14:25:11 #Adolat_SDP
#Ajoyib_imkoniyat

Oʻz isteʼdodingizni namoyish etish orqali ajoyib sovgʻaga ega boʻlishni istaysizmi? “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi.

Sizni partiya Markaziy apparati hamda Toshkent shahar kengashi hamkorligida 9-fevral Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi hamda 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi munosabati bilan Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan chellenjda ishtirok etishga taklif etamiz!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali 31 – yanvar soat 15:00 dan 14-fevral soat 15:00 gacha davom etadigan mazkur chellenj 2 bosqichda oʻtkaziladi.

-bosqich (31 – yanvar soat 15:00 dan 7 fevral soat 15:00 gacha) buyuk alloma soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlanadi.

-bosqich (31 – yanvar soat 15:00 dan 12-fevral soat 15:00 gacha) Mumtoz adabiyotimizning yirik namoyondasi, yetuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlanadi.

Chellenj ishtirok etish uchun quyidagi 2 ta shartni bajarsangiz, kifoya:

“Adolat” SDPning rasmiy Telegramm kanali @adolat_uz ga aʼzo boʻling!

ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizga (Telegram, Instagram, Facebook, You Tube va boshqalar) Navoiy yoki Bobur ijodiga taalluqli sheʼr, gʻazal, ruboiylardan yoki ularning hayotiga oid birorta voqeani oʻz ishtirokingizdagi qisqa videolavha koʻrinishida tasvirlab, tarmoqqa joylashtiring va havolasini @adolat_press manziliga yuboring.

Har ikki bosqichda 3 nafardan (jami 6 nafar), ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan eng koʻp qoʻllab-quvvatlangan ishtirokchilar gʻolib deb topiladi va partiyaning maxsus sovgʻalariga ega boʻladilar.

Chellenjda Respublikamiz boʻylab barcha yurtdoshlarimizni

faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Ajoyib imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

Jarayonlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring
adolat.uz | Facebook | Telegram | Instagram | Twitter | YouTube
24 viewsDoston ZOKIROV, 11:25
Ochish/sharhlash