Get Mystery Box with random crypto!

#Adolat_SDP #Ajoyib_imkoniyat Oʻz isteʼdodingizni namoyish | Adolat SDP |Jizzax viloyati

#Adolat_SDP
#Ajoyib_imkoniyat

Oʻz isteʼdodingizni namoyish etish orqali ajoyib sovgʻaga ega boʻlishni istaysizmi? “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi.

Sizni partiya Markaziy apparati hamda Toshkent shahar kengashi hamkorligida 9-fevral Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi hamda 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi munosabati bilan Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan chellenjda ishtirok etishga taklif etamiz!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali 31 – yanvar soat 15:00 dan 14-fevral soat 15:00 gacha davom etadigan mazkur chellenj 2 bosqichda oʻtkaziladi.

-bosqich (31 – yanvar soat 15:00 dan 7 fevral soat 15:00 gacha) buyuk alloma soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlanadi.

-bosqich (31 – yanvar soat 15:00 dan 12-fevral soat 15:00 gacha) Mumtoz adabiyotimizning yirik namoyondasi, yetuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlanadi.

Chellenj ishtirok etish uchun quyidagi 2 ta shartni bajarsangiz, kifoya:

“Adolat” SDPning rasmiy Telegramm kanali @adolat_uz ga aʼzo boʻling!

ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizga (Telegram, Instagram, Facebook, You Tube va boshqalar) Navoiy yoki Bobur ijodiga taalluqli sheʼr, gʻazal, ruboiylardan yoki ularning hayotiga oid birorta voqeani oʻz ishtirokingizdagi qisqa videolavha koʻrinishida tasvirlab, tarmoqqa joylashtiring va havolasini @adolat_press manziliga yuboring.

Har ikki bosqichda 3 nafardan (jami 6 nafar), ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan eng koʻp qoʻllab-quvvatlangan ishtirokchilar gʻolib deb topiladi va partiyaning maxsus sovgʻalariga ega boʻladilar.

Chellenjda Respublikamiz boʻylab barcha yurtdoshlarimizni

faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Ajoyib imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

Jarayonlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring
adolat.uz | Facebook | Telegram | Instagram | Twitter | YouTube