Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal A
Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @abituriyentlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar.uz
https://youtube.com/c/ORIFBEKUZAbituriyentlar

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 25

2021-08-25 08:55:00
Covid boʻlganlar uchun oʻtkazilgan test sinovlarida eng yuqori natija 176,4 ballni tashkil etmoqda!

DTM test sinovlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida alohida test sinovida ishtirok etgan abituriyentlarning ma’lumotlari va test natijalari mandat.dtm.uz saytida alohida e’lon qilindi.

Alohida test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 973 nafar talabgordan 805 nafari ishtirok etdi, 157 nafari test sinovlariga kelmadi, 4 nafari test sinovi jarayonida, 11 nafari hududga kirishda tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
23.7K views05:55
Ochish/sharhlash
2021-08-25 08:00:22
O’zbekiston "OTM"lariga kira olmaslik endi fojia emas! Bir eshik yopilishi, sizga boshqa eshikni ochib ko'rishga imkon beradi.

Qo'shni xorijiy mamlakatlarda arzon kontrakt evaziga ta'lim oling. Bu imkoniyatni sizga Student-Study Group consulting taqdim etadi.

• Rossiya
• Tojikiston
• Qirg'iziston
• Qozog'iston

Nufuzli Universitetlarida hech qanday imtihonsiz talaba bo’ling.

Sizda 1-o’quv yilidan so’ng O’zbekiston “OTM”lariga oʻqishni koʻchirish imkoniyati bor.

Murojaat uchun:
+998995141060 | @Student_Study_group
+998997201060 | @Student_Study_group1
+998996051060 | @Student_Study_group2
+998995151060 | @Student_Study_group3
+998995181060 | @Student_Study_group4

Ishonch raqamlari: +998712000048

Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani, 14-mavze
Mo’ljal: Samara to’yxonasi binosi.

Telegram | Instagram
23.8K views05:00
Ochish/sharhlash
2021-08-25 07:50:41 ​​​​​​Mandat qachon chiqarkin?

Goh yig‘ladik, goh kuldik,
Toqatni ham toq qildik,
Soniya o‘tar yildek,
Mandat qachon chiqarkin?

SMSlar mum yutgan,
Click bizni unutgan,
Bizlar intiqib kutgan
Mandat qachon chiqarkin?

Mandat bugun chiqarmish,
Yo‘g‘ey indin chiqarmish,
Hamma yoq emish-emish,
Mandat qachon chiqarkin?

Juftimni toq etdi-ey,
Toqatim toq etdi-ey,
Uff, cho‘zilib ketdi-ey,
Mandat qachon chiqarkin?

Javob chiqmasdan oldin,
Hamma bo‘ladi "folbin",
"Fol ochmaysanmi?", Yolqin,
Mandat qachon chiqarkin?

Yurak ham taka-puka,
Hayeee boriga baraka,
Ayting, DTM aka,
Mandat qachon chiqarkin?

Yolqin Muqimov

P.S: bu ketishdi baʼzi abituriyentlar shoir boʻlib ketmasa boʻlgani

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
23.1K views04:50
Ochish/sharhlash
2021-08-24 20:32:49 #Tezkor Qo‘shimcha test sinovi natijalari e’lon qilindi 2021-yil 23-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha test sinovi natijalari e’lon qilindi. 23-avgust kuni test sinovida…
29.8K viewsedited  17:32
Ochish/sharhlash
2021-08-24 20:23:30 #Tezkor
Qo‘shimcha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2021-yil 23-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha test sinovi natijalari e’lon qilindi.

23-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@mandat_2021bot
@mandat2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun hududlar kesimidagi oʻtish ballari

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
30.4K viewsedited  17:23
Ochish/sharhlash
2021-08-24 12:30:09
1-4-sentyabr kunlari poyezd biletlari talabalar uchun 15% chegirma qilinadi

"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning ma'lum qilishicha biletlar:

nafaqaxo‘rlar, nogironlar, urush qatnashchilariga – 50 foiz;

OTM, kollej, litsey, IIV, MV, DXX, DS, DB talabalari, maktab o‘quvchilari, oilaviy, jamoa bo‘lib bilet oluvchilarga – 15 foiz;

"Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10 foiz chegirma qilinadi.

Izoh: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. 1005

Maʼlumot uchun, OTMda darslar vaksina olganlar uchun 6-sentabrdan boshlanadi.

2 toifadagi talabalarga masofaviy (onlayn) oʻqishga ruxsat beriladi:
1) homilador;
2) 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan mashgʻul talabalar.


Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
35.3K viewsedited  09:30
Ochish/sharhlash
2021-08-24 10:32:00 ​​Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari 25-avgust boshlanadi

2021-2022-o‘quv yili uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari 2021-yil 25-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 300 ball bo‘lib, har bir tog‘ri javob uchun 4 balldan beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
28.7K views07:32
Ochish/sharhlash
2021-08-24 09:25:30 ​​Oʻqishni koʻchirishda oʻtish ballari

Xorijiy OTMlar, shuningdek, Oʻzbekistondagi filiallar va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini koʻchirishda quyidagi oʻtish ballari belgilangan:

Toshkent davlat yuridik universiteti uchun — 105,84 ball;
Toshkent davlat transport universiteti uchun — 104 ball;
Tibbiyot OTMlari uchun — 100 ball;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 100 ball;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun — 80 ball;
Milliy rassomlik va dizayn instituti — 70,56 ball;
Oliy taʼlim vazirligi tizimidagi OTMlar uchun ( pastda rasmga qarang) — 66,1 ball;
Navoiy davlat konchilik instituti va uning Nukus filiali uchun — 66,1 ball.
Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 66,1 ball;
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning filiallari uchun — 56,7 ball;
Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallari uchun — 56,7 ball.

Xushnudbek

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
18.5K views06:25
Ochish/sharhlash
2021-08-24 09:00:03
Unutmang! mandat.dtm.uz saytida turgan o'rningiz yakuniy qaror emas!

Eslatib o'tamiz, saytdagi ma'lumotlar yakuniy emas va mandat hali chiqmagan.

Birinchidan, Ro'yxatda bir abituriyentning to'plagan ballari 1-2-3-4-5 yo'nalishlarida ham ko'rsatilmoqda. Shu sababli, sizdan yuqorida turgan abituriyent 1-tanlagan yo'nalishiga qabul qilinsa, siz tanlagan yo'nalish esa uning 2-yo'nalishi bo'lsa, demak joy bo'shaydi. Siz teparoqqa ko'tarilishingiz mumkin.

Shuning uchun, maslahatimiz mandat.dtm.uz saytida sizdan tepadagi abituriyentlarning "Batafsil" ma'lumotlarini ham tahlil qiling. To'plagan bali bilan boshqa yo'nalishlariga qabul qilinishi mumkin.

Ikkinchidan, ba'zi abituriyentlar tanlovni avval grant, keyin kontrakt deb belgilagan. Saytda sizdan tepada turgan abituriyentlarning shu ma'lumotlariga ham e'tibor bering. Bundan holda 1-2-3-4 yo'nalishga kontrakt, 5-yo'nalishga, masalan sizning yo'nalishingizga grantga qabul qilinish ehtimoli mavjud.

@Abituriyentlar
25.7K views06:00
Ochish/sharhlash
2021-08-24 04:40:47 ​​OTMlarga oʻrtacha kirish ballari - 2020

Davlat granti - 133,3 ball
• To‘lov-kontrakt - 110,6 ball


Abituriyentlar.uz jamoasi 2020-yil statistikalaridan kelib chiqqan holda OTMlarga oʻrtacha kirish ballarini hisoblab chiqdi.

Unga koʻra:

davlat granti asosida oʻrtacha oʻtish bali – 133,3 ballni;

toʻlov-kontrakt asosida oʻrtacha oʻtish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

2020-yilda oliy ta’lim muassasalariga 1 484 463 nafar (2019-yilda – 1 066 926 nafar) abituriyent o‘qish istagini bildirib, ariza topshirgan.

Bunda 1-o‘ringa tanlov 10,6 ta abituriyentni (2019-yilda – 10,3 edi) tashkil etdi.

2020-yil 2-13-sentyabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari jarayonlarida 1 240 614 nafar abituriyent (95,1%) ishtirok etdi.

Test sinovlarining tanlov natijalariga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (o‘tgan yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga ko‘p).

Shundan:

davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019-yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p);

to‘lov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019-yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida minimal o‘tish bali – 68,0 ball, to‘lov-kontrakt asosida minimal o‘tish bali – 56,7 ball etib belgilangan.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi (2019-yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan).

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
28.5K views01:40
Ochish/sharhlash