Get Mystery Box with random crypto!

Unutmang! mandat.dtm.uz saytida turgan o'rningiz yakuniy qaror | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

Unutmang! mandat.dtm.uz saytida turgan o'rningiz yakuniy qaror emas!

Eslatib o'tamiz, saytdagi ma'lumotlar yakuniy emas va mandat hali chiqmagan.

Birinchidan, Ro'yxatda bir abituriyentning to'plagan ballari 1-2-3-4-5 yo'nalishlarida ham ko'rsatilmoqda. Shu sababli, sizdan yuqorida turgan abituriyent 1-tanlagan yo'nalishiga qabul qilinsa, siz tanlagan yo'nalish esa uning 2-yo'nalishi bo'lsa, demak joy bo'shaydi. Siz teparoqqa ko'tarilishingiz mumkin.

Shuning uchun, maslahatimiz mandat.dtm.uz saytida sizdan tepadagi abituriyentlarning "Batafsil" ma'lumotlarini ham tahlil qiling. To'plagan bali bilan boshqa yo'nalishlariga qabul qilinishi mumkin.

Ikkinchidan, ba'zi abituriyentlar tanlovni avval grant, keyin kontrakt deb belgilagan. Saytda sizdan tepada turgan abituriyentlarning shu ma'lumotlariga ham e'tibor bering. Bundan holda 1-2-3-4 yo'nalishga kontrakt, 5-yo'nalishga, masalan sizning yo'nalishingizga grantga qabul qilinish ehtimoli mavjud.

@Abituriyentlar