Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal A
Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @abituriyentlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar.uz
https://youtube.com/c/ORIFBEKUZAbituriyentlar

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-03-01 14:00:42
TALABA BO'LISH VAQTI KELDI!

Talaba bo'lish istagida bo'lgan yoshlar uchun Student-Study Group imtiyozlar eshigini ochadi!

Yo’nalishlar:
Iqtisodiyot
Buxgalteriya hisobi va audit
Axborot texnologiyalari
Jismoniy madaniyat
Ingliz tili va adabiyoti
Rus tili va adabiyoti
Pedagogika-psixologiya
Ta'lim menejmenti
Boshlang'ich ta'lim metodikasi
Maktabgacha ta'lim

Kunduzgi va sirtqi ta'lim turlari mavjud

Shoshilib qoling joylar soni chegaralangan

foiz qonuniy shartnoma asosida

Batafsil ma'lumot uchun:
+998997661655 | Manager1
+998975213332 | Manager2
+998998061060 | Manager3
+998972481717 | Manager4
+998997201060 | Manager5
+998991353400 | Manager6
+998903179190 | Manager7

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Samara to'yxonasi

Telegram || Instagram
2.6K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-02-25 08:30:25
Abituriyentlarga imtiyoz beruvchi yangi test tizimi tasdiqlandi!

«Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori imzolandi. (16.02.2022-yil 73-son)

Endilikda, bakalavr va magistratura bosqichlariga oʻqishga kirishda Cambridge Assessment tashkilotining Linguaskill B2 darajasi imtiyoz beruvchi sertifikatlar qatoriga qoʻshildi. 

Testlar haqida maʼlumot olish uchun Agentlikning barcha hududiy vakilliklariga murojaat etishingiz mumkin.

P.S: Abituriyentjonlar IELTS sertifikatiga teng imtiyoz beriladi degani

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube | Facebook
2.5K views05:30
Ochish/sharhlash
2022-02-25 08:00:51 ​​Diqqat! Talabalik uchun bu so'nggi imkoniyatingiz bo'lishi mumkin

Kunduzgi va Kunduzgi 3-smena (kechki) ta'lim shakli uchun Vakant (bo’sh) o’qish o’rinlari uchun imtihon!

Hurmatli abituriyentlar,

Siz Toshkent amaliy fanlar universitetida hali ham o'qishni xohlasangiz yuzaga kelgan bo'sh o'rinlarga o'qishga ariza topshirishingiz mumkin. Arizani Kunduzgi va Kunduzgi 3-smena (kechki) ta'lim shakli uchun mavjud fakultetlarning ikkalasidan biriga (Iqtisodiyot; Pedagogika va psixologiya) topshirishingiz mumkin.

Arizalar 25-fevral (juma) kuni soat 21:00 gacha qabul qilinadi.

Imtihon 26-fevral (shanba) kuni soat 17:00 da bo'lib o'tadi. Javoblar bo’sh joylarga qarab sizga SMS tarzida yakshanba kuni yuboriladi

Qabulga murojaat uchun arizani quyidagi Google so’rov orqali yuborishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSddhiwld3yEwRC6V5RQYZDtASVcZiDot1ex5rLukNocPcDH6w/viewform?usp=sf_link

Imtihon vaqti va imtihonga kirish uchun havola sizga SMS orqali yuboriladi.

Imtihon savollari namunalari: IQ test

Bot uchun havola: @utasunibot

Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy
2.4K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-02-24 11:43:46
Ukrainadagi oʻzbekistonlik talabalarga o‘qishni masofaviy shaklda davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqilmoqda.

Ukrainadan chiqib ketishni xohlovchi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasport ma’lumotlarini Elchixonaning embassy@uzbekistan.org.ua elektron manziliga yuborishlari so‘raladi.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube | Facebook
3.7K viewsedited  08:43
Ochish/sharhlash
2022-02-22 11:23:49 28-fevraldan chet tili imtihoni boshlanadi

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 2022-yil 28-fevral va 1 mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 7-, 9-11- va 14-mart kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon (yozma va gapirish ko‘nikmasi) joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube | Facebook
2.3K views08:23
Ochish/sharhlash
2022-02-21 18:34:37
Kirish eng qiyin bo'lgan oliygohni bilasizmi?

Dunyodagi kirish eng qiyin bo'lgan oliygoh bu - Stanford Universiteti. 2019-yilda hujjat yuborganlarning 4 foizi qabul qilingan. Bu dunyodagi eng past qabul qilish ko'rsatkichi hisoblanadi.

Ma'lumot o'rnida, 2019-yilda bu oliygoh 43 mingdan ko'proq talabani qabul qilgan. 43 ming talaba 4 foizni tashkil qilmoqda. Bu shuni bildiradiki, birgina shu oliygohni o'ziga taxminan 1 milliondan ortiq hujjatlar kelib tushgan.

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
2.1K views15:34
Ochish/sharhlash
2022-02-21 14:01:17
Onlayn testda ishtirok eting!
Bilimingizni mustahkamlang.


Bugun Registon o'quv markazi Shahriston filialida oliy o'quv yurtiga tayyorgarlik ko'rayotgan abituriyentlarimiz uchun quyidagi fanlar bo'yicha online test bo'lib o'tadi.

Matematika + Ingliz tili
Matematika + Fizika
Matematika + Ona tili
Ona tili + Ingliz tili

Savollar
soni jami 60 ta, testga ro'yxatdan o'tish shart emas, test 19:00da @Registan_Shahriston kanalida boshlanadi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
2.6K views11:01
Ochish/sharhlash
2022-02-21 13:55:12 ​​Maktab direktori, oʻqituvchilar qancha oylik oladi ?

2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. Bu haqida Prezident farmoni e’lon qilingan.

Sentabr oyidan oshirilgan oyliklar boʻyicha hisoblanganda pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladi:

Maktab direktori:
3 mln 185 ming 070 soʻm (400 oʻquvchigacha)
3 mln 400 ming 886 soʻm (401-880 oʻquvchigacha)
3 mln 606 ming 259 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha)
3 mln 814 ming 781 soʻm (1600dan ortiq)

Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ)
2 mln 974 ming 763 soʻm (400 oʻquvchigacha)
3 mln 185 ming 070 soʻm (401-880 oʻquvchigacha)
3 mln 400 ming 886 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha)
3 mln 606 ming 259 soʻm (1600dan ortiq)

Direktorning hoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:
1 mln 376 ming 802 soʻm (401-880 oʻquvchigacha)
1 mln 496 ming 631 soʻm (881-1600 oʻquvchigacha)
1 mln 621 ming 000 soʻm (1600dan ortiq)

CHQBT rahbari:
2 mln 299 ming 438 soʻm

Yoshlar yetakchisi – 2 mln 299 ming 438 soʻm (Agar yetakchilik shtati tugatilmasa)

Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi (0.5 st) – 1 mln 149 ming 719 soʻm

Psixolog – 2 mln 69 ming 494 soʻm

Oʻqituvchilar (mutaxassis toifali) – 2 mln 299 ming 438 soʻm

Oliy toifali oʻqituvchi – 3 mln 170 ming 010 soʻm

Birinchi toifali oʻqituvchi – 2 mln 868 ming 608 soʻm

Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 2 mln 574 ming 348 soʻm

Oʻrta maxsus ma’lumotli oʻqituvchi – 2 mln 149 ming 436 soʻm

Maktab laboranti (1 st)– 1 mln 137 ming 632 soʻm

Kutubxonachi (oʻrta maxsus) – 1 mln 94 ming 227 soʻm
Kutubxona mudiri (oʻrta maxsus) – 1 mln 261 ming 866 soʻm
Kutubxonachi (oliy ma’lumotli) – 1 mln 151 ming 816 soʻm
Kutubxona mudiri (oliy ma’lumotli) – 1 mln 376 ming 802 soʻm

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
2.6K views10:55
Ochish/sharhlash
2022-02-20 13:31:58
Talabalar uchun yangi stipendiya.

Bugun ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni. Stipendiya barcha talabalar uchun. Hoziroq ro'yxatdan o'ting:

RO'YXATDAN O'TISH

Talabalarni pul yutuqlari, maxsus guvohnoma, esdalik sovg‘alar kutmoqda.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Batafsil: @Stipendiya_Edubot

ARIZA TOPSHIRISH
2.6K views10:31
Ochish/sharhlash
2022-02-20 13:00:52 Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Xalqaro reytingda TOP-1000 ga kirgan OTMlarning 2022-yil uchun ro‘yxati Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.


Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
2.7K views10:00
Ochish/sharhlash