Get Mystery Box with random crypto!

​​Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

​​Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari 25-avgust boshlanadi

2021-2022-o‘quv yili uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari 2021-yil 25-avgust kuni 19:00 da Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 300 ball bo‘lib, har bir tog‘ri javob uchun 4 balldan beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube