Get Mystery Box with random crypto!

​​Oʻqishni koʻchirishda oʻtish ballari Xorijiy OTMlar, shunin | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

​​Oʻqishni koʻchirishda oʻtish ballari

Xorijiy OTMlar, shuningdek, Oʻzbekistondagi filiallar va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini koʻchirishda quyidagi oʻtish ballari belgilangan:

Toshkent davlat yuridik universiteti uchun — 105,84 ball;
Toshkent davlat transport universiteti uchun — 104 ball;
Tibbiyot OTMlari uchun — 100 ball;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 100 ball;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun — 80 ball;
Milliy rassomlik va dizayn instituti — 70,56 ball;
Oliy taʼlim vazirligi tizimidagi OTMlar uchun ( pastda rasmga qarang) — 66,1 ball;
Navoiy davlat konchilik instituti va uning Nukus filiali uchun — 66,1 ball.
Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 66,1 ball;
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning filiallari uchun — 56,7 ball;
Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallari uchun — 56,7 ball.

Xushnudbek

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube