Get Mystery Box with random crypto!

​​OTMlarga oʻrtacha kirish ballari - 2020 • Davlat granti - 1 | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

​​OTMlarga oʻrtacha kirish ballari - 2020

Davlat granti - 133,3 ball
• To‘lov-kontrakt - 110,6 ball


Abituriyentlar.uz jamoasi 2020-yil statistikalaridan kelib chiqqan holda OTMlarga oʻrtacha kirish ballarini hisoblab chiqdi.

Unga koʻra:

davlat granti asosida oʻrtacha oʻtish bali – 133,3 ballni;

toʻlov-kontrakt asosida oʻrtacha oʻtish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

2020-yilda oliy ta’lim muassasalariga 1 484 463 nafar (2019-yilda – 1 066 926 nafar) abituriyent o‘qish istagini bildirib, ariza topshirgan.

Bunda 1-o‘ringa tanlov 10,6 ta abituriyentni (2019-yilda – 10,3 edi) tashkil etdi.

2020-yil 2-13-sentyabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari jarayonlarida 1 240 614 nafar abituriyent (95,1%) ishtirok etdi.

Test sinovlarining tanlov natijalariga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (o‘tgan yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga ko‘p).

Shundan:

davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019-yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p);

to‘lov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019-yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali – 133,3 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida minimal o‘tish bali – 68,0 ball, to‘lov-kontrakt asosida minimal o‘tish bali – 56,7 ball etib belgilangan.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi (2019-yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan).

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube