Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar

Telegram kanalining logotibi abituriyentinfo — Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar A
Telegram kanalining logotibi abituriyentinfo — Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar
Kanal manzili: @abituriyentinfo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.48K
Kanalning ta’rifi

@ABITURIYENTINFO | O'zbekiston Respublikasidagi rasmiy ta'lim yangiliklar kanali
• Biz orqali rasmiy DTM yangiliklar, ta'limga oid ma'lumotlar hamda original testlarni kuzatib bori
Faqat Reklama boyicha: @murodov_511

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 12

2021-05-06 06:48:59 Yuridik texnikumlar haqida nimalar bilasiz?

Respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.

Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

davlat huquqiy faoliyat;
yuridik xizmat;
sud-huquqiy faoliyat.

Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta taʼlim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.

O‘qishga kirish uchun abituriyentlar hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.

Hujjatlar qabul qilish joriy yilning 25 avgustidan 25 sentyabrgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.

Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYUU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo‘lib o‘tadi.

Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.

Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

O‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi.

@ABITURIYENTINFO
6.0K viewsedited  03:48
Ochish/sharhlash
2021-05-05 15:41:03 Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihoni natijalari

Ma’lumki, mart va aprel oylarida ilk bor respublika akademik litseylari bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga asosan Davlat test markazi tomonidan bepul tarzda o‘tkazildi.

Bunda test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi 25-martdan 27-martga qadar, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 15-apreldan 24-aprelga qadar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihon natijalari hisoblanib, 2021-yil 5-may kuni akademik litseylarga taqdim etildi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar imtihon natijalarini o‘zlari tahsil olayotgan akademik litseydan bilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini 17-may kunidan boshlab Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlaridan olishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO
4.9K viewsedited  12:41
Ochish/sharhlash
2021-05-05 14:39:44
#germaniya #video

GERMANIYADA TA'LIM:

"Blocked Account" (bloklangan bank hisobi) nima?
U nima uchun ochiladi?
Germaniya davlati talabalik vizasini qo'lga kiritish uchun bloklangan hisobda qancha pul bo'lishi kerak?
Uni soxtalashtirishni imkoni bormi?

Shu kabi savollarning barchasiga OLIYGOH.UZ jamoasi tomonidan tayyorlangan videodan javob olasiz!

Batafsil: @Grantlar_strategiyasi

@ABITURIYENTINFO
5.1K viewsedited  11:39
Ochish/sharhlash
2021-05-04 14:58:28 ​​Milliy test tizimi bo'yicha savollarga javoblar.

- Sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tishim mumkin?

BATAFSIL: https://oliygoh.uz/uz/abituriyent/milliy-test-tizimi-haqida

Читать подробно

@ABITURIYENTINFO
7.6K viewsedited  11:58
Ochish/sharhlash
2021-05-03 19:01:01 Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga test sinovlarisiz qabul qilinadi?

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, g‘oliblari davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga ana shunday imtiyoz beriladi:

1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)

2. Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)

3. Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)

4. Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)

5. Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)

Izoh: mazkur ro‘yxatda keltirilmagan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtiriladi va ular ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.

Bu nima degani?

Ya’ni yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi, balki qaysi fandan g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, faqat o‘sha fandan maksimal ball beriladi

Aytaylik, barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan Mendeleyev xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi OTMga hujjat topshirsa, unga test sinovlarida kimyo fanidan maksimall ball beriladi, lekin qolgan 2 ta fanini o‘zi ishlashiga to‘g‘ri keladi.

Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

@ABITURIYENTINFO
9.5K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2021-05-03 16:02:22
Imtihonlariga oz qoldi siz tayyormisiz?

Mana bu yilgi oliygohlar uchun qabul parametrlari bilan tanishdirib o'tsak, prezident qarori loyihasiga ko‘ra, bakalavrga:

Kunduzgi ta’lim shakliga – 115 343 nafar;
Sirtqi ta’lim shakliga – 36 211 nafar;
Kechki ta’lim shakliga – 6 325 nafar;

talaba bo'lish hammaga ham nasib etavermaydi, albatta yaxshi tayyorgarlik ko'rganlargina talaba bo'lish baxti nasib qiladi. Tayyorgarlikni hozirdan boshlang, buning uchun bizning ahl jamoamiz siz uchun rus tili, ingliz tili va matematika fanlaridan astoydil yordam berishga tayyor.

Administrator bilan bog'lanish

Tel: +998993274505

Telegram | Instagram | Tik Tok
8.1K views13:02
Ochish/sharhlash
2021-05-03 11:35:46 May oyi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi

2021-yil 3-may kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida may oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlandi.

Hujjatlarni qabul qilish 7-may kuniga qadar (7-may kuni ham) davom etadi.

Qabul uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va uning nusxasi;
onlayn arizaning chop etilgan nusxasi;
to‘lov amalga oshirilganlik to‘g‘risida hujjat nusxasi (kvitansiya).

Hujjatlarni topshirishdan oldin talabgorlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ro‘yxatga olish biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar uchun my.dtm.uz sayti orqali, biometrik pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganlar uchun esa Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida amalga oshirilmoqda.

@ABITURIYENTINFO
7.3K viewsedited  08:35
Ochish/sharhlash
2021-05-03 11:08:54
Janubiy Koreya unversitetlariga atigi 1.5 million evaziga talaba bo'ling!

Janubiy Koreyaning 4 ta Xalqaro Universitetining 50ga yaqin yo'nalishlariga qabul davom etmoqda:
Til kursi
Bakalavriatura
Magistratura.

Telex viza olish 100% kafolatlanadi.

Diqqat: qabul muddati 15-maygacha shoshiling! hoziroq murojaat qiling.

@studyinfo1
+998998024197
+998998574121
+998998764121
+998998624121

Manzil: Chilonzor 4, G'afur G'ulom parki yonida

@studyinfo_uz
4.0K views08:08
Ochish/sharhlash
2021-05-03 08:30:00
2021-yil reytingida dunyoning eng nufuzli 10 ta universitetlari qaysilar?

QS World University Rankings tomonidan e'lon qilingan dunyoning 2021-yildagi eng nufuzli 10 ta universiteti ro'yxati

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/top-ten-universities

@ABITURIYENTINFO
7.2K views05:30
Ochish/sharhlash
2021-05-03 08:00:12
Tezkor xabar, Belorusiyada:

Hech qanday imtihonlarsiz,

Hech qanday sertifikatlarsiz,

Rus tilini boshlang'ich darajada bilgan holda

ISS Agency bilan talaba bo'ling!

Belorusiyada o'qishning afzalliklari:

O'zbekiston va Belorusiya o'rtasidagi shartnomasiga ko'ra, ikki davlat ta'lim hujjatlari o'zaro so'zsiz tan olinadi.

Talabalar yotoqxona bilan ta'minlanadi.

Bepul rus tili kurslari qo'yib beriladi.

Yevropaga sayohat qilish juda oson.

Vizaga hojat yo'q.

Qabul uchun ISS agentligi tashkil etayotgan Belorusiya vakillari bilan suhbatga qatnashish kerak bo'ladi.

Suhbat 2021-yil 5-may kuni bo'lib o'tadi.

Firma xizmatimiz bepul.

Suhbatda qatnashish uchun ariza shaklini to'ldiring va biz siz bilan bog'lanamiz:

ARIZANI TO'LDIRISH

Kanalga ulanish

Online konsultatsiya

+998974209008
+998914041437
+998974549008

Telegram | Instagram | Facebook
8.1K views05:00
Ochish/sharhlash