Get Mystery Box with random crypto!

Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga test sinovlarisiz qab | Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar

Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga test sinovlarisiz qabul qilinadi?

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, g‘oliblari davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga ana shunday imtiyoz beriladi:

1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)

2. Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)

3. Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)

4. Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)

5. Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)

Izoh: mazkur ro‘yxatda keltirilmagan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtiriladi va ular ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.

Bu nima degani?

Ya’ni yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi, balki qaysi fandan g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, faqat o‘sha fandan maksimal ball beriladi

Aytaylik, barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan Mendeleyev xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi OTMga hujjat topshirsa, unga test sinovlarida kimyo fanidan maksimall ball beriladi, lekin qolgan 2 ta fanini o‘zi ishlashiga to‘g‘ri keladi.

Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

@ABITURIYENTINFO