Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar

Telegram kanalining logotibi abituriyentinfo — Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar A
Telegram kanalining logotibi abituriyentinfo — Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar
Kanal manzili: @abituriyentinfo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.48K
Kanalning ta’rifi

@ABITURIYENTINFO | O'zbekiston Respublikasidagi rasmiy ta'lim yangiliklar kanali
• Biz orqali rasmiy DTM yangiliklar, ta'limga oid ma'lumotlar hamda original testlarni kuzatib bori
Faqat Reklama boyicha: @murodov_511

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-07-18 18:03:11 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 18-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 822 430 nafar.

Shundan:

343 996 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
478 434 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 475 914 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 323 326 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 18 478 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 4 712 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 94 070 nafar.
Samarqand viloyati — 93 046 nafar.
Toshkent viloyati — 79 640 nafar.
Farg‘ona viloyati — 75 545 nafar.
Surxondaryo viloyati — 69 255 nafar.
Andijon viloyati — 55 664 nafar.
Namangan viloyati — 51 678 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 50 330 nafar.
Toshkent shahri — 48 558 nafar.
Buxoro viloyati — 48 261 nafar.
Jizzax viloyati — 47 358 nafar.
Xorazm viloyati — 43 532 nafar.
Navoiy viloyati — 36 213 nafar.
Sirdaryo viloyati — 29 280 nafar.

Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
1.2K views15:03
Ochish/sharhlash
2022-07-16 21:54:54 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 16-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 727 456 nafar.

Shundan:

320 904 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
406 552 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 433 822 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 273 374 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 16 144 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 4 116 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 83 419 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 83 154 nafar.
Toshkent viloyati — 71 078 nafar.
Farg‘ona viloyati — 67 450 nafar.
Surxondaryo viloyati — 60 802 nafar.
Andijon viloyati — 50 283 nafar.
Namangan viloyati — 45 979 nafar.
Toshkent shahri — 44 008 nafar.
Buxoro viloyati — 43 232 nafar.
Jizzax viloyati — 41 390 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 40 296 nafar.
Xorazm viloyati — 38 532 nafar.
Navoiy viloyati — 31 887 nafar.
Sirdaryo viloyati — 25 946 nafar.

Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
1.4K viewsedited  18:54
Ochish/sharhlash
2022-07-16 15:01:56 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Abituriyentlarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida davlat OTMga my.gov.uz portali va my.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkazish istisno tariqasida uzaytirildi.

Unga ko‘ra abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar:
o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari;
hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin;
shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar OTMda tashkil etilgan qabul komissiyalari orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
1.3K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-07-16 11:04:21
#Tayinlov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Mingishov Laziz Oʻtkirovich vazirlikning Ma’naviy-maʼrifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Laziz Mingishov 1987-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2016-yilda Avstriyaning Grats universiteti (Karl-Franzens University of Graz) doktoranturasini tamomlagan.

Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

2019-yili boshqaruv sohasida Ruminiyaning Aleksandr Ioan Kuza nomidagi Yashi universitetida malaka oshirgan.

Shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori lavozimida ishlagan.

Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
1.1K views08:04
Ochish/sharhlash
2022-07-14 18:04:22 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 14-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 575 834 nafar.

Shundan:

268 666 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
307 168 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 354 485 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 205 211 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 12 743 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 3 395 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 67 321 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 64 772 nafar.
Toshkent viloyati — 58 073 nafar.
Farg‘ona viloyati — 54 470 nafar.
Surxondaryo viloyati — 46 356 nafar.
Andijon viloyati — 41 561 nafar.
Toshkent shahri — 37 168 nafar.
Namangan viloyati — 36 657 nafar.
Buxoro viloyati — 34 187 nafar.
Jizzax viloyati — 32 013 nafar.
Xorazm viloyati — 29 512 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 27 664 nafar.
Navoiy viloyati — 25 337 nafar.
Sirdaryo viloyati — 20 743 nafar.

Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
1.2K views15:04
Ochish/sharhlash
2022-07-14 14:47:02
#Диққат

Эртадан бошлаб ўқишни "перевод" қилиш учун аризалар қабул қилиш бошланади.

Жорий ўқув йили учун талабалар ўқишини кўчириш, қайта тиклаш бўйича аризалар қуйидаги электрон тизимлар орқали рўйхатдан ўтказилади:

transfer.edu.uz ҳамда my.dtm.uz — республика ОТМлараро ёки бир ОТМ доирасида кўчириш, қайта тиклаш бўйича аризалар;

transfer.dtm.uz — хорижий мамлакатлардаги ҳамда Ўзбекистондаги хорижий ва нодавлат ОТМдан республика ОТМга кўчириш бўйича аризалар.

Рўйхатдан ўтиш 2022 йил 15 июлдан 5 августгача (шу куни ҳам) давом этади.

Керакли ҳужжатлар:
• Ариза
• Паспорт (жпг ёки пдф шакли)
• Транскрипт ёки рейтинг дафтарчаси (жпг ёки пдф шакли)
• Академик маълумотнома (ўқишни тикловчилар учун)

Эслатма: Жорий йилдан бошлаб фақатгина 2 тоифа талабаларгагина ички перевод учун ўқишини кўчиришга рухсат берилади.

Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
1.2K viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
2022-07-13 10:02:41
#Professional_taʼlim

B1 sertifikatini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar Germaniyada oʻqib ishlashi mumkin

Ushbu taklif professional ta’limni rivojlantirish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari Sadoqat Siddiqovaning “GfM-Gruppe” mehnat migratsiyasi ijrochi direktori Matias Frayling bilan boʻlgan uchrashuvida bildirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
1.0K views07:02
Ochish/sharhlash
2022-07-13 08:00:01 Qabul 2022-2023: ochiq, shaffof va korrupsiyadan xoli

Bugun, 13-iyul kuni soat 11:15 da Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Press-klubning mazkur sessiyasi “Qabul 2022-2023: ochiq, shaffof va korrupsiyadan xoli” mavzusida o‘tkaziladi va 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoniga bag‘ishlanadi.

Ishtiroklar:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir o‘rinbosari Rahimjon Hakimov;
Davlat test markazi direktori Majid Karimov;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova va boshqa mutasaddilar.

Jonli efirni “O‘zbekiston 24”, “UzReport TV” va “Renessans” telekanallari orqali 11:15 dan boshlab tomosha qilish mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!
@ABITURIYENTINFO
907 views05:00
Ochish/sharhlash
2022-01-21 18:25:10
609 views15:25
Ochish/sharhlash
2022-01-13 19:17:20
Эшитмадим деманглар .

Талабларга биноан Самарали Сервис курсининг 4-мавсумига қабул бошланди.

Мавзулар асосан қуйидаги йўналишларда:

- Сервис ва савдо-сотиқ асослари
- Махсулотни нархлаш ва тақдимот усуллари
- Менеджмент инструментлари ва бизнес ҳисоботлар
- HR ва ходим танлаш
- SMM режалаштириш ва стратегия
- Эътироз ва низоларни бошқариш

Кимлар учун:
- Бизнес эгалари ва бошқарувчилар
- Мижоз билан бевосита ёки билвосита ишлайдиган ходимлар
- Чакана савдо, улгуржи савдо, банкинг, меҳмонхона, ресторан, тиббиёт клиника, маиший техника соҳа вакилларига фойдали бўлади.

Баландпарвоз гапларсиз ўтилади.

Курснинг машғулотлари ҳар шанба ва якшанба кунлари соат 10:00-17:00 давомида олиб борилади. Нархи 3,9 млн сўм.

Рўйҳатдан ўтиш: http://bit.ly/СС-4

Мурожаат учун
+998909992535
516 views16:17
Ochish/sharhlash