Yuridik texnikumlar haqida nimalar bilasiz? Respublikamizda | Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar
Yuridik texnikumlar haqida nimalar bilasiz?
Respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.
Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
davlat huquqiy faoliyat; yuridik xizmat; sud-huquqiy faoliyat.
Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta taʼlim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.
O‘qishga kirish uchun abituriyentlar hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.
Hujjatlar qabul qilish joriy yilning 25 avgustidan 25 sentyabrgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.
Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish Davlat test markazitomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlari test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni TDYUU bakalavriatiga kirish uchun belgilangan talablarga muvofiq bo‘lib o‘tadi.
Xorijiy fuqarolar yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.
Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
@ABITURIYENTINFO | O'zbekiston Respublikasidagi rasmiy ta'lim yangiliklar kanali. • Biz orqali rasmiy DTM yangiliklar, ta'limga oid ma'lumotlar hamda original testlarni kuzatib bori. Faqat Reklama b...