Get Mystery Box with random crypto!

Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihoni nat | Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar

Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihoni natijalari

Ma’lumki, mart va aprel oylarida ilk bor respublika akademik litseylari bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga asosan Davlat test markazi tomonidan bepul tarzda o‘tkazildi.

Bunda test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi 25-martdan 27-martga qadar, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 15-apreldan 24-aprelga qadar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur imtihon natijalari hisoblanib, 2021-yil 5-may kuni akademik litseylarga taqdim etildi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar imtihon natijalarini o‘zlari tahsil olayotgan akademik litseydan bilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini 17-may kunidan boshlab Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlaridan olishlari mumkin.

@ABITURIYENTINFO