Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar

Telegram kanalining logotibi abituriyentinfo — Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar A
Telegram kanalining logotibi abituriyentinfo — Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar
Kanal manzili: @abituriyentinfo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.48K
Kanalning ta’rifi

@ABITURIYENTINFO | O'zbekiston Respublikasidagi rasmiy ta'lim yangiliklar kanali
• Biz orqali rasmiy DTM yangiliklar, ta'limga oid ma'lumotlar hamda original testlarni kuzatib bori
Faqat Reklama boyicha: @murodov_511

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 11

2021-07-28 11:41:35
​​To'lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot

@Abituriyentinfo
8.3K views08:41
Ochish/sharhlash
2021-07-28 10:28:58 Qabul 2021
5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar qabuli

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021-2022-o‘quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Bunda:

vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021-2022-o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.

talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yil 5-avgustdan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot

@Abituriyentinfo
7.4K views07:28
Ochish/sharhlash
2021-07-28 06:25:06
OTMlarga kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi

Davlat qabul komissiyasi qaroriga ko‘ra, imtihonlar ochiq stadion va xiyobonlarda, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. 1-smena 07:00dan, 2-smena 19:00dan boshlanadi.

Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot

@Abituriyentinfo
7.6K views03:25
Ochish/sharhlash
2021-07-27 18:15:14
Tezkor Tarqating

Testlar soni kamaytirildi

Bu yil pandemiyani hisobga olib, OTMlarga kirishdagi test topshiriqlari soni kamaytiriladi va kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladi.

Birinchi bo‘limdagi majburiy uchta fanning har biriga 10 tadan, jami 30 ta test va umumiy 60 daqiqa belgilanadi. Har bir to'g'ri javobga 2,1 balldan beriladi.

Ikkinchi bo‘limdagi yo‘nalishga mos ikkita fanning har biriga 20 tadan, jami 40 ta test va umumiy 120 daqiqa belgilanadi. Har bir to'g'ri javobga 3,15 ball beriladi.

Maksimal ball – 189.

Boshqalarga ham yuboring!

Batafsil malumot

@Abituriyentinfo
8.9K views15:15
Ochish/sharhlash
2021-05-09 13:58:052021-2022 o'quv yili uchun test sinovlari formati haqida hozircha ma'lum bo'lgan ma'lumotlar.

2021-yilda 5 ta fandan test bo'ladi.

Barcha abituriyentlar uchun 3ta fan majburiy bo'ladi.

Ona tili - 15ta savol - 2,1 ball
Maksimal - 31,5 ball
Matematika - 15ta savol - 2,1 ball Maksimal - 31,5 ball
O'zbekiston tarixi-15ta savol 2,1 ball Maksimal - 31,5 ball

Ona tili va O'zbekiston tarixidan har bil savolga 1 daqiqa, Matematika uchun esa 1.5 daqiqa vaqt ajratiladi.

Asosiy 2ta fan ta'lim yo'nalishiga mos mutaxasislik blokiga qarab o'zgaradi.
Birinchi fan - 30ta savol, har biri uchun 3,1 balldan
Ikkinchi fan - 30ta savol, har biri uchun 3,1 balldan
Jami: 186 ball

Qaysi yo'nalishda qaysi fandan savollar tushushini bu yerdan ko'rishingiz mumkin
https://t.me/abituriyentinfo_fayl/3

DIQQAT!

Ayrim yo'nalishlarda majburiy blokdagi fanlar bilan bir xil fan kelib qolishi mumkin. Misol uchun, Ona tili yo'nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxasislik blokida ham ona tili ishlaydi.

Faqat ikkita test darajasida farq bo'ladi, majburiy blokdagi savollar oson bo'lsa asosiy blokdagilar qiyin bo'ladi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev bergan ma'lumotlar asosida


DTMdagi so'ngi o'zgarishlarni kuzatib boring

@ABITURIYENTINFO
5.8K viewsedited  10:58
Ochish/sharhlash
2021-05-07 16:10:00 ​​ OLIYGOH.UZ yangilanishda davom etadi!

Endilikda,
OLIYGOH.UZ da 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tish ballarini bilish imkoniyati yaratildi.

- Unda 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlov va o‘tish ballari keltirilgan.

Buning uchun saytning "Oliygohlar" bo'limiga kirish va kerakli oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim tilini tanlash kifoya.

Bu orqali quyidagi ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:

yillar kesimida davlat qabul kvotalari (davlat granti va to‘lov-kontrakt);
hujjat topshirgan abituriyentlar soni;
abituriyentlarning tanlov ko‘rsatkichi;
kunduzgi, sirt va kechki ta'lim shakllariga o‘tish ballari

• Mazkur ma’lumotlar har bir ta’lim shakli bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi.

Batafsil ma'lumot: http://oliygoh.uz/oliygohlar
5.0K views13:10
Ochish/sharhlash
2021-05-07 15:41:46 ​​​​ ABITURIYENTLAR UCHUN ONLAYN TEST

G'isht qolipdan ko'chadigan, jo'jani kuzda sanaydigan vaqtlarga ham juda oz vaqt qoldi. Barcha abituriyentlar hayolida bitta savol:

Bu yil o'zi o'qishga kira olamanmi? Bilimim grantga yetadimi yoki kontraktga?

Registon o'quv markazi sizga shu savollarga javob topishingizga yordam beradi. Rasmiy telegram BOTimizda abituriyent va o'quvchilar uchun mutlaqo yangi formatda onlayn olimpiada tashkil qilinadi. Testlar barcha yo'nalishlar bo'yicha o'zbek va rus tillarida bo'lib o'tadi:

Ona tili va adabiyot (Русский язык и литература)
Matematika (Математика)
Ingliz tili (Английский язык)
Biologiya (Биология)
Kimyo (Химия)
Fizika (Физика)
Tarix (История)
Geografiya (География)

Test kuni: 9-may (yakshanba)
Test vaqti: 20:00-23:00
Ro'yxatdan o'tish shart!
Oxirgi kun: 8-may
Rasmiy bot: @Registantest_bot

G'oliblarni munosib taqdirlaymiz!

1-o'rin 100.000 so'm
2-o'rin 80.000 so'm
3-o'rin 50.000 so'm

4-10 o'rinlar 50.000 so'mdan
11-20 o'rinlar 30.000 so'mdan
21-50 o'rinlar 20.000 so'mdan

Eslatma: Pul yutuqlari abituriyentlar uchun mo'ljallangan Regbooks ilovasidagi elektron kitoblar xaridi uchun tashlab beriladi

Bilimini o'z raqobatchilari bilan sinashni istagan barchani ushbu onlayn testga taklif etamiz!

Hoziroq ro'yxatdan o'ting

Ro'yxatdan o'tish qo'llanmasi

@Registan_LC
4.7K views12:41
Ochish/sharhlash
2021-05-07 12:02:56
Kelgusi yildan magistratura va doktoranturaga kiruvchilarga chet tili xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talabi qo‘yiladi

Bu haqida xorijiy tillarni o‘rganishga bag‘ishlangan prezident selektorida ma’lum qilingan.

@ABITURIYENTINFO
5.9K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2021-05-07 11:26:46
O'zbekistondagi eng arzon, sifatli va kafolatlangan xizmatlardan foydaling va hoziroq TALABA bo'ling!

Tojikiston Qozog'iston
Qirg'iziston Rossiya
Turkiya Polsha
Malayziya Amerika

Barcha yo'nalish va fakultetlar mavjud.

Agar siz Polsha davlatiga o'qishga kirsangiz va yana 12 ta do'stingizni taklif kilsangiz, firmamiz tomonidan iPHONE 12 ga ega bo'lasiz.

To‘liq ma'lumot va savollar uchun:
@operator_malika | +998900149952
@operator_marjona | +998901149952
5.8K views08:26
Ochish/sharhlash
2021-05-07 11:07:51 ​​ DTM TEST - 2021

Davlat test markazi 2021-yilda tushadigan namunaviy test topshiriqlarini e’lon qildi!

Kerakli fanni tanlang va OLIYGOH.UZ ta'lim portali orqali original DTM testlarini yuklab oling:

Оna tili va adabiyot
Таrix (ruscha)
Таriх (o‘zbek)
Маtematika (rus)
Маtematika (o‘zb)
Fizika (ruscha)
Fizika (o‘zbek)
Кimyo (ruscha)
Кimyo (o‘zbek)
Biologiya (rus)
Biologiya (o‘zb)
Geografiya (rus)
Geografiya (o‘zb)
Ingliz tili
Nemis tili
Fransuz tili
Qoraqalpoq tili
Rus tili va adabiyot

Ushbu testlarda har bir fan bo‘yicha:

30 tadan test topshirig‘i;
test topshirig‘ining yechilishi;
to‘g‘ri javoblar keltirilgan.

Eng muhim ma'lumotlarni OLIYGOH.UZ ta'lim portali orqali muntazam kuzatib boring.

Barcha abituriyentlarga tarqating. Yaqinlaringizni ham xabardor qiling.

Oliygoh.uz
telegram kanallari:
O‘zbekcha | Русская | Grantlar
4.6K views08:07
Ochish/sharhlash