Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi? Javob: 1) A | Abituriyent OFF | Rasmiy

Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi?

Javob:

1) Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo'shib beriladi!

Bu ma'lumot O'zbekiston Respublikasining Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan 2022-yil 29-iyul kuni tasdiqlangan!

2) Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli  fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.

Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!

3) Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo'lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi!
Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi!

Manba: @ona_tili_haydarov

@Abituriyent_Off