Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.86K
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 23

2022-07-18 16:09:22 #Qabul2022 #Murojaat
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaatnoma!

Hurmatli ota-onalar, aziz abituriyentlar!

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ketmoqda. O’tgan yillar tajribasidan ma’lumki, test sinovlari shaffoflik va adolatlilikning ustuvorligida o‘tkazilmoqda. Jarayonni butun mamlakat bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri, ochiq-oydin kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Shunday ekan, abituriyent faqat va faqat o‘z bilimiga tayanishi lozim. Agarda qandaydir shaxslar tomonidan abituriyentga yordam berilishi va’da qilinsa, bilingki, ular firibgarlardir. Bunday vaziyatlarda fuqarolik burchingizga tayangan holda, quyida keltirilgan rasmiy manbalar orqali darhol tegishli huquq-tartibot organlari yoki Davlat test markaziga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Shu tariqa yo‘l tutishingiz, o‘z navbatida, bilimlilarni xolis tanlashga, kelajakda O‘zbekiston taraqqiyoti, ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bog‘lanish manbalari:

Bosh Prokuratura
:
Ishonch telefoni: (71) 232-10-07;
Koll-markaz: 1007 (qisqa raqam).

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
Ishonch telefoni: (71) 202 04 02 (431);
Koll-markaz: 1253 (qisqa raqam).

Davlat test markazi:
Ishonch telefoni: (95) 199-19-14;
Xolis fuqaro: dtm.uz/page/reception;
Elektron pochta: antikor@dtm.uz;
Telegram-bot: @dtm_antikor_bot.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
34.3K views13:09
Ochish/sharhlash
2022-07-18 16:08:25
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Abituriyent testda ishtirok etish uchun koronavirusga qarshi emlangan (vaksina olgan) bo‘lishi kerakmi?

Mazkur savolga yuqoridagi videoda to‘liq javob berilgan.

To‘liq intervyu:



Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.2K views13:08
Ochish/sharhlash
2022-07-18 09:31:22
#Diqqat #perevod2022

O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo'yicha 4 ta xizmatdan foydalangan holda talabalar o‘z o'qishini ko‘chirishi va qayta tiklashi mumkin.


1) O‘qishni tiklash.
2) O‘qishni ko‘chirib tiklash.
3) O‘qishni ko‘chirish.
4) Ta‘lim shaklini o‘zgartirish.

E‘tibor qarating: "O‘qishni ko‘chirib tiklash" xizmatida o‘qishdan chetlatilgan talabalar boshqa ta‘lim muassasasiga mos bo‘lgan yo‘nalishga perevod qilib, o‘z o‘qishini tiklashi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Tushunishimizcha perevod vaqtida belgilangan yangi tartibning 2 toifadagi talabalar ro'yxatiga kirmaydigan talabalar shu holatdagina o‘z o‘qishini o‘zining viloyatiga perevod qilishi mumkin ekan.

Ya'ni talaba o‘qishdan chetlatiladi, shundan keyin talaba o‘z viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga perevod qila oladi!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.0K views06:31
Ochish/sharhlash
2022-07-17 17:54:21 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 17-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 761 183 nafar.

Shundan:

329 990 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
431 193 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 449 565 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 290 250 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 17 006 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 4 362 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 87 106 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 87 079 nafar.
Toshkent viloyati — 74 552 nafar.
Farg‘ona viloyati — 69 936 nafar.
Surxondaryo viloyati — 63 688 nafar.
Andijon viloyati — 52 054 nafar.
Namangan viloyati — 47 862 nafar.
Toshkent shahri — 45 864 nafar.
Buxoro viloyati — 45 204 nafar.
Jizzax viloyati — 43 585 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 42 887 nafar.
Xorazm viloyati — 40 417 nafar.
Navoiy viloyati — 33 736 nafar.
Sirdaryo viloyati — 27 213 nafar.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
34.1K viewsedited  14:54
Ochish/sharhlash
2022-07-16 16:51:22 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 16-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 727 456 nafar.

Shundan:

320 904 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
406 552 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 433 822 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 273 374 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 16 144 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 4 116 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 83 419 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 83 154 nafar.
Toshkent viloyati — 71 078 nafar.
Farg‘ona viloyati — 67 450 nafar.
Surxondaryo viloyati — 60 802 nafar.
Andijon viloyati — 50 283 nafar.
Namangan viloyati — 45 979 nafar.
Toshkent shahri — 44 008 nafar.
Buxoro viloyati — 43 232 nafar.
Jizzax viloyati — 41 390 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 40 296 nafar.
Xorazm viloyati — 38 532 nafar.
Navoiy viloyati — 31 887 nafar.
Sirdaryo viloyati — 25 946 nafar.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
34.2K viewsedited  13:51
Ochish/sharhlash
2022-07-16 16:33:21
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha ayrim javoblar:

“Perevod”da hech qanaqa imtiyoz, tavsiyanoma, maqsadli qabul degan narsalar yoʻq va oʻtmaydi;

Perevod”da 5 ta yoʻnalish tanlash degan narsa yoʻq, faqat bittasi tanlanadi;

Xorijdan va Oʻzbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga “perevod” qilishning oʻtish ballari yuqorida koʻrsatilgan;

Xorijdan va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirishda kvota yoʻq, yaʼni kim mana shu oʻtish ballaridan oʻtkaza olsa, nechta boʻlishidan qatʼi nazar oʻshalarga “perevod” qilish huquqi beriladi. Boshqacha aytganda “perevod”chilar bir-biriga raqobatchi emas, ular faqat oʻz bilimi bilan kurashadi xolos.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.8K views13:33
Ochish/sharhlash
2022-07-16 12:46:39UXLAMA! ​​ABITURIYENT.

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas ,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
33.3K views09:46
Ochish/sharhlash
2022-07-16 12:07:32
#Qabul2022

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9-iyuldan my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari ishga tushirilgan bo‘lib, abituriyentlar mazkur saytlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Qoraqalpog‘istondagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida abituriyentlarni ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yilgan.

Davlat xizmatlari markazlaridan tashqari 100 dan ziyod maktabda ham abituriyentlar ro‘yxatga olinmoqda.

Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar uchun maxsus koll-markaz (55 105-32-34) ishga tushirilgan.

10-11-iyul kunlari Qoraqalpog‘istondagi barcha abonentlarga my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkinligi to‘g‘risida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida SMS-xabar yuborilgan.

Izoh: abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 27-iyul (chet tilidan ijodiy imtihon bo‘ladigan yo‘nalishlarda 17-iyul) ga qadar uzaytirildi.

To‘liq intervyu:



Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
34.1K viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2022-07-15 18:44:10 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 15-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 662 442 nafar.

Shundan:

300 126 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
362 316 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 401 081 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 242 857 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 14 705 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 3 799 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 76 579 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 75 500 nafar.
Toshkent viloyati — 65 156 nafar.
Farg‘ona viloyati — 61 920 nafar.
Surxondaryo viloyati — 54 809 nafar.
Andijon viloyati — 46 522 nafar.
Namangan viloyati — 42 121 nafar.
Toshkent shahri — 40 934 nafar.
Buxoro viloyati — 39 461 nafar.
Jizzax viloyati — 37 406 nafar.
Xorazm viloyati — 34 659 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 34 656 nafar.
Navoiy viloyati — 29 053 nafar.
Sirdaryo viloyati — 23 667 nafar.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
32.8K views15:44
Ochish/sharhlash
2022-07-15 18:43:46 #Qabul2022
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
33.7K views15:43
Ochish/sharhlash