Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | Abituriyent | Axborot portali

#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 16-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 727 456 nafar.

Shundan:

320 904 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
406 552 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 433 822 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 273 374 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 16 144 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 4 116 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 83 419 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 83 154 nafar.
Toshkent viloyati — 71 078 nafar.
Farg‘ona viloyati — 67 450 nafar.
Surxondaryo viloyati — 60 802 nafar.
Andijon viloyati — 50 283 nafar.
Namangan viloyati — 45 979 nafar.
Toshkent shahri — 44 008 nafar.
Buxoro viloyati — 43 232 nafar.
Jizzax viloyati — 41 390 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 40 296 nafar.
Xorazm viloyati — 38 532 nafar.
Navoiy viloyati — 31 887 nafar.
Sirdaryo viloyati — 25 946 nafar.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube