Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.85K
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2022-09-16 19:06:49
Erishgan yutuqlarimiz ortida ko'pincha onamiz turadi! 00:00

Onalarimiz baxtimizga sogʻ boʻlsin :)

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
49.0K views16:06
Ochish/sharhlash
2022-09-16 11:00:59
A’lochi sinfdoshim hozir qorovul bo‘lib ishlayapti

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMga avvalgi qabul tizimi qobiliyatlarni yo‘qotishga sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
50.2K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-16 08:06:51
Prezident qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTM roʻyxati (35 ta) tasdiqlangan.

Mazkur davlat OTMlari quyidagilar boʻyicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:

kontrakt qiymatini, toʻlash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
oʻz hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish;
boʻsh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash;
avtotransport vositalarining yoʻl bosish yillik limiti va ularga xizmat koʻrsatish talablarini belgilash.

@huquqiyaxborot

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
48.4K views05:06
Ochish/sharhlash
2022-09-15 15:02:11
“Al-Azhar” universiteti tibbiyot fakulteti talabalaridan qasamyodi.

Bu Gippokrad qasami emas, bandani Xaqni oldidagi qasami

Maʼnosi aʼlo darajada. Alloh taolo bu maʼnolarni haqiqatga aylantirsin!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
48.8K views12:02
Ochish/sharhlash
2022-09-15 09:38:16 Super-kontraktda o‘qiganlardan odam chiqmaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda doim super-kontrakt mavzusi muhokama markazida bo‘ladi. O‘qishga kira olmaganlar, ko‘proq pul evaziga talaba bo‘lishadi, bu esa kelajakda taʼlim sifatini tushiradi, malakasiz kadrlarni ko‘paytiradi, degan fikrlar aytiladi.

Bu fikrlarning ayrimlari to‘g‘ri, ammo ko‘pchiligiga qo‘shilmayman. Asoslashga harakat qilaman:

Birinchidan, aslida biz orzu qilayotgan oliy taʼlim tizimida o‘qishga kirish oson bo‘lishi kerak. Yaʼni kim hujjat topshirsa o‘qishga kira olishi kerak, maktabni tugatgan bo'lsa bo'ldi, bilimi bor yoki yo‘qligi kirish jarayonida muhimmas. Uyog‘ini eplasa — diplom oladi, eplay olmasa — o‘qishni tugatolmaydi. O‘zimiz doim shunaqa bo'lishini, kvotalar oshishini talab qilamizu, lekin yana o‘zimizga qarshi borib, bugun o‘qishga kirayotganlarni "nega bu talaba bo‘ldi, bilimi yo‘qku" deymiz. Aytmoqchimanki, bilimsizlarning o‘qishga kirishi xavfli yoki qo‘rqinchli emas, ularning bilimsiz bo‘lib 4 yildan keyin diplom olishi qo‘rqinchli;

Ikkinchidan, o‘qishga kirganlarning hammasi ham bilimli degani emas. Masalan, O‘zbekistonda har yili kirish ballari past bo‘ladi. 56,7 ball bilan kontraktga, 68 ball bilan grantga kirganlar juda ko‘p. Bu yil ham shunaqa bo'ldi, masalan. Ammo 150 ball bilan super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, darrov ularni tupoyga, bilimsizga chiqaramiz. Yoki ana boring 70 ball bilan super-kontrakt qilishyapti deylik. Ha, to‘g‘ri, bu ball juda past. Ammo bundan ham past olganlar grantda o‘qiyapti, nega ularni emas, doim super-kontraktchilarga ta'na qilamiz? Ikki xil standart bu.

Uchinchidan, yaqin yillargacha o‘qishga kirishda juda katta korrupsiya bor edi. Yaʼni 20 yillar davomida O‘zbekistonda pora bilan bilimsizlar o‘qishga kirishgan. Buni hamma bilardi, barcha shu tizimning bir bo‘lagiga aylanib ketgandi. Lekin o‘sha pora bilan kirganlarning hammasi bir tiyinga qimmat kadr bo‘lib qolgani yo‘q. Ularning ko‘pchiligi 4 yil davomida yaxshi o'qidi, keyinchalik amaliyotda yetarli malaka va tajriba to‘play oldi. Hozir mehnat bozorida ishlayotgan juda ko‘p yaxshi kadrlarning tagini surishtirsangiz pora yoki tanish-bilishchilik bilan o‘qishga kirgan. Yaʼni bu odamning o‘ziga ko‘proq bog‘liq.

Bugun endi o‘qishga kirishda pora juda kam. Davlat buni har tomonlama oldini ololdi. Super-kontrakt ham porani kamaytirishga katta yordam berdi. O‘sha ko‘chadagi firibgaru, poraxo‘rlarning cho‘ntagini qappaytirib, dang'illama hovliyu dacha qurishga pul bergandan ko'ra, rasman davlatga to'lab, professor-o‘qituvchilar oyligi uchun pul bergan ming marta yaxshi. Birinchidan, bu jinoyatmas. Ikkinchidan, bu gunohmas.

Xulosa.

Super-kontrakt tizimini men ham yoqtirmayman. Bu vaqtinchalik chora. Ishonaman, bu tizim yaqin yillarda butunlay yo‘qolib ketadi. Menga qolsa, yuqorida aytganimdek, o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan hamma bemalol talaba bo‘la olishi kerak. Ya'ni puli bor yoki yo'qligidan qat'i nazar barchada teng imkoniyat bo'lsin.

Ammo o‘qishni tugatish juda qiyin bo‘lishi shart va lozim. Afsuski mana shu joyi bizda hozircha ishlamayotgani uchun, yaʼni bilgan ham, bilmagan ham diplom olayotgani sababli, haqiqatdan super-kontrakt ta'lim sifatiga taʼsir qildi.

Lekin bir narsa — super-kontrakt bilan o‘qishga kirganlar odam bo‘lmaydi, ular unaqa, ular bunaqa, degan gaplar mutlaqo noto‘g‘ri. Test va boshqa imtihonlar insonning barcha qobiliyatini aniqlab berolmaydi. U nimalarga qodirligi kelgusida maʼlum bo‘ladi.

Taqdir shunday narsaki, 189 ball olib, o‘qishga birinchi o‘rinda grantga kirganlar malakasiz kadr bo‘lishi, 60 ball bilan super-kontraktga kirganlar yakunda jamiyatga ko‘proq foydasi tegadigan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Hammasi Allohdan.

Shuning uchun fikr bildirishda ehtiroslarga berilmagan ma'qul. Tanganing barcha tomoniga qarash kerak. Bularning barchasi shunchaki shaxsiy fikrlar.

@Xushnudbek

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
47.8K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-09-14 16:40:34
Ayollar ilmli joyda
Kelajak avlodga foyda...

Ma’lumki, ayni kunlarda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar uchun 12 ta tijorat banki tomonidan ta’lim kreditlari berilmoqda.

Ushbu qulaylik va imkoniyatni aktyor, shoir, rejissyor, dublyaj ustasi Erkin Bozorov Xalq banki misolida o‘ziga xos uslubdagi ijodi orqali ko‘rsatibdi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Hamkorbank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Milliybank;
OrientFinancebank;
Qishloqqurulishbank;
Sanoatqurilishbank;
Turonbank;
Xalqbanki.

Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Eslatma:

Toʻlov-shartnoma —
kontrakt.edu.uz;

Kredit uchun ariza berish — talim-krediti.uz platformalari orqali onlayn amalga oshiriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
49.0K views13:40
Ochish/sharhlash
2022-09-12 14:20:48
Bolangizni ertaga oʻqib ketaolishiga ishonsangiz super kontrakt toʻlang!

Toshqulov tibbiyot oliygohlariga super-kontrakt bilan oʻqishga kirayotganlar haqida gapirdi.

Oliy taʼlim vazirining ishontirishicha, yetarli bilimi yoʻq bola super-kontrakt bilan oʻqishga kirishi mumkin, lekin bitirolmaydi.

U kredit-modul tizimi taʼlimdagi korrupsiyani yoʻqota olishini daʼvo qildi va jamoatchilikdan buning uchun unga 1-yil vaqt berishlarini soʻradi. “Bu yil faqat sifatga ishlanadi. Natijalar boʻladi. Eshitasiz hali, necha foiz talaba bitirolmadi, shundan necha foizi super-kontrakt”, – dedi vazir Abduqodir Toshqulov.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
65.0K views11:20
Ochish/sharhlash
2022-09-11 19:03:01
O'qishga kira olmaslik fojiami?

Ibrahim Gulyamov

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
50.1K views16:03
Ochish/sharhlash
2022-09-11 17:43:15
Diplomi bor birni, Dasturchi esa mingni. Siz ham dasturlashni Andijonda o’rganing.

To’g’risi hozirgi kunda, Dasturchi uchun diplom unchalik ham shart emas. Bo’lsaku yaxshi, lekin yo’q bo’lsa sizga umuman xalaqit bermaydi. Shuning uchun siz ham dasturlashni o’rgansangiz aslo kam bo’lmaysiz.

Biz shuni aniq ayta olamizki, IT sohasida asosiysi, tajriba va mahorat talab qilinadi. Ya’ni qo’lingizdan nima ish kelishi muhim ro’l o’ynaydi. Shunday ekan, vaqtni boy bermay o’quv markazimizga keling va siz ham dasturchi bo’ling.

Onlayn ro’yxatdan o’tish.

Adminstratorga yozish.

Tel: +998555006070

Rasmiy kanal: @integeracademy
2.2K views14:43
Ochish/sharhlash
2022-09-11 15:43:33 ​​Ijara puli faqat kunduzgida o‘qiyotganlarga to‘lab beriladi

Hukumat qarori (605-son, 24.09.2021 y.) bilan Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara toʻlovi bir qismini qoplab berish davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

Roʻyxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart.

Mazkur tartib davlat OTMning faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqib, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Bunda ariza beruvchi tegishli maʼlumot yoki hujjatlarni oʻzi taʼlim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻlimi dekan oʻrinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga topshiradi.

Masʼullar 1 hafta davomida ariza beruvchi maʼlumotlarining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini oʻrganadi.

Soʻng maʼlumotlarni umumlashtirib, koʻrib chiqish va xulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida talabgorlarni tanlab olish komissiyasiga taqdim etadi.

Komissiya bir ish kunida talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, qaror qabul qiladi.

Shunga koʻra, davlat OTM rektori (filial direktori)ning buyrugʻi rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar va ularning roʻyxati toʻlovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.

Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara toʻlovining bir qismi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.

Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish:

oʻquv yili davomida (har yili 1-sentyabrdan 1-iyulgacha) yoki oʻqitish dasturi boʻyicha oʻquv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi;
ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasigacha arizalar masʼullarga taqdim etilganidan soʻng amalga oshiriladi.

Ushbu muddatlar tugagandan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
7.9K views12:43
Ochish/sharhlash