Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.85K
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2022-09-02 12:31:12 #Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta qabul ko‘rsatkichlari ajratilgan.

Mazkur qabul ko‘rsatkichlari hududlar va sohalar kesimida taqsimlangan bo‘lib, turli hududlarda yashovchi yoki bir hududda yashasada turli sohalarga topshirgan xotin-qizlar uchun mazkur imtiyoz doirasidagi o‘tish ballari farq qiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
9.8K views09:31
Ochish/sharhlash
2022-09-02 12:00:24
Matematika fanidan imtihon topshirib xalqaro darajadagi universitet talabasi bo'ling

Ingliz tilini bilmasdan turib ham xalqaro darajadagi, ta'lim tizimida TOP 10 talikka kiruvchi Yaponiya tizimi asosida faoliyat olib boradigan Japan Digital University’ga kirish imkoniyati bor.

Universitetimizda ham o'qib, ham daromad topishingiz, birdaniga 3 ta diplom egasi boʻlishingiz, o'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiyadagi IT kompaniyalariga ishga ketishingiz mumkin.

Japan Digital University'ga kirish uchun siz faqatgina matematika fanidan onlayn tarzda imtihon topshirishingiz kerak boʻladi. Hujjatlar qabul qilinishiga 3 kun qolganligini inobatga olgan holda, shoshilishingizni maslahat beramiz

Hujjat topshirish uchun havola: https://www.jdu.uz/enrollee

: 71 200-05-95

Telegram: @jduniversity_uz
13.2K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:10:47 #Qabul2022 #Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 6-sentabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.

Barcha abituriyentlarga ulashing

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
998 views12:10
Ochish/sharhlash
2022-09-01 14:12:19
O'zbekistonda Imtixonlarsiz talaba bo'ling (ha siz to'g'ri o'qidingiz)

Bu yil Nufuzli Xalqaro Universitetda KAFOLATLI talaba bo'ling!

Universitet Toshkentda joylashgan

Yo'nalishlar: deyarli barchasi bor(22ta yo’nalish)
Shartnoma narxi: 12 mln so’m
Alpha education - Biz natijaga ishlaymiz ( 2015 yildan beri faoliyat yuritib kelamiz)

O’qishka kirmasangiz pulingiz 2 barobar bo’lib qaytadi

Savollar uchun:
+998997684045 | @alpha_dinara
+998997864045 | @alpha_uzb
+998903567767 | @akhmeeedow
+998954994939 | @alpha_bonu
+998996165996 | @safarbek7

Bizning kanal - @alpha_uzb
6.0K views11:12
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:30:47 Test sinovlarida 72 563 nafar abituriyentlar ishtirok etmadi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 mln. 146 mingdan ziyod abituriyentdan 1 074 181 nafari ishtirok etdi, 72 563 nafari esa ishtirok etmadi.

Abituriyentlarning 187 nafari hududga kirishda, 249 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.

Chetlashtirish holatlarining aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishi bilan bog‘liq.

Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining

55 tasi (22 %) — Qashqadaryo viloyati;
35 tasi (14 %) — Samarqand viloyati;
33 tasi (13 %) — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng kam qoidabuzarlik holatlari esa Sirdaryo viloyati (2 ta) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 ta) kuzatildi.

Abituriyentlar kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
46.1K views05:30
Ochish/sharhlash
2022-08-31 08:00:08 ​​PA Academyda qabul davom etmoqda

PA Academy talabalari o‘qishlarini yakunlamasdanoq audit, baholash, moliya tashkilotlari va banklarda
faoliyat yuritishmoqda.


Bitiruvchilar esa nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy davlatlarda ham munosib ish o‘rniga ega bo‘lganlar.

Chunki, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil, 12-sentabrdagi 3270-sonli va 2020-yil, 24-fevraldagi 4611-sonli farmonlariga muvofiq, bank xodimlari va buxgalterlarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro ACCA dasturi bo‘yicha o‘qitish banklar tomonidan 2018-yildan boshlab o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar to‘plamiga kiritilgan.

Ushbu to‘plam O‘zbekiston Respublikasini 2017—2021-yillarda rivojlantirishning beshta ilg‘or yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasiga ham kiritilgan.

O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga esa Angliyaning Oxford-Brookes universiteti bakalavr diplomini olish imkoniyatiga ega.

Oʻqish 4 yil mobaynida davom etadi.

Toshkentdagi PA Academy ta’lim maskanida o‘qib, ACCA sertifikatini oling – buxgalteriya va moliya sohasida xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lib, ertangi kunga ishonchni qo‘lga kiriting.

Hujjatlarni @paacademybot Telegram bot orqali yoki qabul ofisimizda topshiring.

Toshkent shahridagi manzil:
Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Labzak ko’chasi 2A uy
Moljal: Eski dinamo sport tovar

Murojaat uchun:
+998335151818 | @pa_academy
+998991422227

Telegram | Instagram
46.9K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-08-29 13:26:29 ​​​​​​“Yiqilgan” abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin. Pul kerak faqat!

Abituriyentlar
belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda super kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.

Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

Oʻtgan yili super-kontrakt narxlari 46 milliondan 229 million so‘mgacha boʻlgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

1 ,  2

Bu 2021-yilgi maʼlumotlar

Abituriyentlar kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
50.2K views10:26
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:55:14
Matematika fanidan onlayn imtihon topshirib xalqaro darajadagi universitet talabasi bo'ling!

Davlat universitetlariga imtihon topshirdingiz, natijalar esa sizni qoniqtirmadi va siz xalqaro darajadagi universitetga topshirmoqchisiz, lekin ingliz tilini bilmaysiz.

Havotir olishga hojat yo'q, Japan Digital University'da Yaponiya standartiga mos ravishda ta'lim olishingiz, bundan tashqari, birdaniga 3ta diplom egasi bo'lishingiz, ham o'qib, ham daromad topishingiz, o'qishni tamomlagandan so'ng Yaponiyadagi IT kompaniyalariga ishga ketishingiz mumkin. Imtihon esa faqatgina matematika fanidan onlayn bo'lib o'tadi.

Hujjat topshirish uchun havola: https://www.jdu.uz/enrollee

: 71 200-05-95

Telegram: @jduniversity_uz
49.2K views09:55
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:20:25 ​​Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2022-yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).


Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.

Abituriyentlar kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
50.3K views08:20
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:33:53 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Abituriyentlar kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
48.9K viewsedited  05:33
Ochish/sharhlash