Get Mystery Box with random crypto!

Yuridik texnikumlariga qabul parametrlari eʼlon qilindi 202 | Abituriyent

Yuridik texnikumlariga qabul parametrlari eʼlon qilindi

2021/2022 oʻquv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish boʻyicha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Joriy yilda respublikadagi 14 ta yuridik texnikumlarga jami 3180 ta oʻquvchi qabul qilinadi. Shundan kunduzgi taʼlim shakliga 1950 ta va sirtqiga 1230 ta oʻrin ajratilgan.

Qabulning hudud va taʼlim tili kesimidagi parametrlari bilan rasmdagi jadvallarda tanishish mumkin.

Yuridik texnikumlarga hujjatlarini qabul qilish 2021-yil 1-avgustdan 20-avgustga qadar (20-avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal (www.my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz orqali amalga oshiriladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube