Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqil o'qish va o'qitish uchun eng samarali uslub – Feynman | Abdusattor

Mustaqil o'qish va o'qitish uchun eng samarali uslub – Feynman texnikasi!

• Richard Feynman – fizik daho, olim, nobel mukofoti sovrindori va uslublarni eng mukammal darajada soddalashtira olgan yuqori ko'nikmali inson. Quyida keltiradigan uslubimiz ham aynan shu shaxs tomonidan ishlab chiqilgan jamlanmadir.

Feynman texnikasi nimani o'rgatadi?

– Feynman texnikasi bu biror narsani rostam ham bilasizmi yo'qmi, bilishingizni bilasizmi yo faqat bilaman deb o'ylaysizmi, degan savollarga javob beradi. Bu esa o'z navbatida abuturiyent, talaba, o'qituvchi va murabbiylarga qo'l keladi. Uslub esa to'laligicha o'rganilgan narsani ta'vil, mushoxada qilishga, keng yoyib tashlashga qaratilgan. Xo'sh uslub qanday?

1. O'z mavzuyingizni tanlang!

Feynman texnikasini har qanday kasb, deyarli istalgan soha va fanlarda qo'llash mumkin bo'lganidan, birinchi navbatda nimani bilmoqchi ekanligingizni aniqlashingiz lozim. Kelinglar, Gravitatsiya qonunini olamiz. Aytaylik, siz uni kimgadir dars qilib o'tib berishingiz yoki prezentatsiya qilib chiqishingiz kerak.

2. Tushunchani o'zingizga eng sodda tilda yozib oling!

Til qaysi til bo'lishidan qat'iy nazar, o'zingiz tushunadigan bo'lsa kifoya. Xo'sh, demak yozasiz. Avvalo "Nima" degan savol asosida mavzuni boshlaysiz. So'ngra "Qachon, Qayerda, Nimaga, Nima sababdan" kabi savollarga ko'mib tashlashingiz kerak. "Gravitatsiya nima?" mana shu birinchi tushunchaga kifoya qiladi. U bizni yiqilishdan tiyib turadigan narsami, u katta jismlarni kichiklari bilan tortib turadigan narsami, yo u biror boshqa narsami? Odatda, biror narsada ilmingiz yetarli bo'lmasa "уже" shu yerda to'xtab qolasiz. Eng asosiysi, o'zingizni aldamang. "Ha men bilaman, javob berishim shart emas" deb o'zingizni ovutmang. Xolis javob bering, shunda ojiz nuqtalaringiz ko'rinadi.

3. Ojiz nuqtalaringizni aniqlang va analiz qiling!

Ojizliklaringizni aniqlang. O'qitmoqchi edingizmi, o'qimoqchi edingizmi marhamat, tatbiq etmoqchimisiz marhamat, ammo ushbu bosqichdan o'tgandan keyingina. Gravitatsiya haqida yuqoridagi bosqichlarda javob bera olmagan savollaringizni kollaboratsiya qiling. Masalan bunday bo'lishi mumkin: Gravitatsiya nima, degandan keyin, javob: Gravitatsiya bu – yerdan jismlarni massalariga qarab o'zaro yer aro va o'zaro tortishish kuchidir, deylik. Xo'sh u nimaga paydo bo'ladi? U qachon oshadi? Qaysi sharoitda gravitatsiya 0 ga teng bo'ladi? Gravitatsiya 0 ga teng bo'lsa nima ro'y beradi?

Shu va shu kabi savollar aynan sizni mavzuni o'zgartirganligingiz yoki yo'qligini fosh qiladi. Uchinchi bosqich esa sizga shu nuqtalarni oshkor qiladi.

4. Savollaringizga javob toping va analogiya qiling!

Bu bosqich qolgan uchta bosqichning to'ldiruvchisidir. Ushbu bosqichda uslubni butunlay tugatasiz, yakunlaysiz. Xulosa chiqaring va konsepsiyani mulohaza qiling!

Post "jindak" ko'payib ketdi, tabiiyki uni instagram va tiktok avlodlari o'qiy olishmaydi. Hech bo'lmasa, siz o'qiyapsiz-ku :)

@abdusattor