Get Mystery Box with random crypto!

Abbos Abduqayumov

Telegram kanalining logotibi abduqayumov — Abbos Abduqayumov A
Telegram kanalining logotibi abduqayumov — Abbos Abduqayumov
Kanal manzili: @abduqayumov
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 86
Kanalning ta’rifi

Ishonchni qadrlaydigan va har doim ishonchli bo'lishga harakat qiladigan Abbos Abduqayumovning telegram kanali.
- Achchiq qahvani sevuvchi "ITshnik"
Tech channel: @AbbosAbduqayumov
Aloqa uchun: @Abbosbeck

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-11-13 14:27:10 Kimdir yaxshi dasturchi Oʻzbekistonda 2000 oladi, deb yozib qoladi. Hozir konsentratsiya qila olib ishlaydiganlar soni juda kam, deyarli barcha Facebook, Telegram, tarmoqlar, YouTube orqali zombilashgan, kontent narkomaniga aylanib boʻlgan. Fikrini jamlay olmaydi, aqliy faoliyatni soatlab davom ettira olmaydi. Bir muallif aytgandek, odamlar “зависимый”, xayoli parishon, semiz boʻlib qolgan (addicted, distracted, overweight).

Kel Nyuportning “В работу с головой” (Deep Work) asarida aynan xayolni jamlab, xotirjamlik bilan aqliy mehnat qilish muhimligi, ayniqsa hozirgi zamonda bunday insonlarga talab oshib ketganligi haqida yozilgan.

Shuning uchun, ikki ming olishi faqatgina bir son, aslida besh ming ham, sakkiz ming ham olib ishlayotganlar bor, nafaqat dasturchilar, boshqa sohadagilar ham.

Hozirgi zamonda aqlli boʻlish degani, fokusga ega boʻlish degani.

(c) Bobir Ismoilov

@Abduqayumov
208 views11:27
Ochish/sharhlash
2022-11-12 14:01:54 Nechta soxta do'stingiz bor?

Haqiqiy do‘st boshga yomon kun tushganda bilinadi, deyishadi. Aynan shu kriteriya bilan do‘stlarni saralaydiganlar ham ko‘p oramizda.

Chinakam do‘stlarni busiz ham aniqlash mumkin. Odam o‘z-o‘ziga «Men do‘stlarimning nechtasining boshiga tashvish tushganda chinakam turib bera olaman», degan savolni berishi kerak. Odam boshqa birovni aldashi mumkin lekin, ming kazzob, ming muttaham odam bo‘lsa ham, o‘zini-o‘zi alday olmaydi. Yuqorida berilgan savolga berilgan chinakam javob — bu sizning nechta do‘stingiz borligi haqidagi savolga javob bo‘la oladi.

Baʼzida siz do‘stlik qilmasangiz ham, sizga do‘stlik qiladiganlar topilib qoladi. Bular shunchaki neʼmat. Manfaatlar ustiga qurilgan dunyoda bundaylarni topish juda qiyin.

Odam birovdan nimadir kutishdan avval, o'zim birovga nima bera olaman, deb o'ylash kerak. Shunda yashash osonroq bo'ladi.

@Abduqayumov
185 viewsedited  11:01
Ochish/sharhlash
2022-11-06 21:43:23 Siz bilmaydigan «chet tili»da yozilgan kitoblarni qanday o'qish mumkin?

Kitob o‘qish bu aqliy mehnat. Baʼzi kitoblarni o‘qib, tushunmaslik mumkin. Tushunilgan kitoblardan ko‘ra tushunish qiyin bo‘lgan kitoblar foydaliroq.

O‘ylab ko‘ring, fahmingizni rivojlantirish uchun oson kitob o‘qiyapsiz, kitobdagilarni avvaldan bilishingiz ham mumkin. Lekin murakkab kitoblarda siz uchun yangi olam, yangi fikrlar bo‘lsachi?

Oson narsani o‘rganish, yengil kitob o‘qish tafakkurning chegaralanishiga olib keladi. Yangi, qiyin narsalarni o‘rganib boshlanganda uyqu keladi, esnoq tutadi, telegramdan yozgan Teshmatga javob yozish kerakligi esga tushib qoladi.

Chunki miya o‘ziga "O‘qima. Mazza qilib, gitara chalish rejimida yasha", degan dasturni o‘rnatib olgan. Oqil odam shu dasturni "O‘qi! Johil bo‘lma! Halok bo‘lasan!", degan dasturga o‘zgartirishni ham bilishi kerak.

Tushunishga qiynaladigan biror kitobni oling va o‘qishni boshlang. Kitobning o‘zidan foyda olmasangiz ham, eng kamida, murakkab kitoblarni o‘qish ko‘nikmasini o‘zingizda shakllantirasiz.

@Abduqayumov
193 viewsedited  18:43
Ochish/sharhlash
2022-11-04 13:31:25 Bundan 4 yilcha avval telefonimni o‘g‘rilatgan edim. Kim o‘g‘rilaganini yaxshi bilardim lekin hech qo‘limga tushira olmasdim. Bir kuni, kutilmaganda shu o‘g‘ri oldimdan chiqib qoldi. Yaxshi gap bilan kelisha olmadik. Urishdik. Urdim.

Bir-ikki kunda telefon pulini berishiga kelishdik. Bir-ikki kun o‘tdi, bir-ikki oy o‘tdi bola qorasini ham ko‘rsatmadi. Kunlar o‘tdi, men esimdan chiqarib yubordim.

Bir kuni, kutilmaganda instagramdan shu bola yozib qoldi. Ishlari yurishmayotgani, vijdoni qiynalayotganini, telefon qiymatiga loyiq pul o‘tqazib bermoqchiligini aytdi. Kelishib oldik…
Bir kursdoshim hayotidan

Quyidagilar qoʻshimcha.

Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam aytganlar: “Bir kishi uzoq safar qiladi, sochi to‘zg‘ib, ust boshi chang bo‘ladi, qo‘llarini osmonga cho‘zib: “Yo Rabbim, Yo Rabbim...”, deydi. Holbuki, yegani harom, kiygani harom va haromdan oziqlangan. Bas, uning duosi qanday ijobat bo‘lsin?!” (Imom Muslim).

Hazrat Anas roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallamga: “Yo Rasululloh, meni duosi ijobat bo‘ladigan qilib qo‘ying”, debdilar. U kishiga javoban Payg‘ambarmiz alayhissalom “Luqmangizni halol qiling”, deganlar.

Ka'b ibn Ujradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ey Ka'b ibn Ujra, nohaq – haromdan o‘sgan go‘sht (jasad) jannatga kirmaydi” (Ibn Hibbon).

@Abduqayumov
181 viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2022-11-01 20:59:14 Har qanday holatda, kim boʻlishidan qatʼiy nazar oraliq masofani saqlang.

Iloji boricha hamma bilan sizlab gaplashing. Sensirab gaplashish oraliq masofani qisqartiradi.

Qadringizni biling, hech qachon hech kimga yalinmang!

Har narsada sohaning asl mutaxasisidan maslahat soʻrang.

Biror narsada "yeb" qolmaslik uchun eng oxirgi maslahatga qatʼiy rioya qiling.

@Abduqayumov
184 views17:59
Ochish/sharhlash
2022-10-28 06:57:01 Bir rahbar xodim majlis qilib «Senlarda sekin ishlasa ham internet bor, Imom Buxoriy internetsiz muhaddis bo‘lgan. Boshqa tarixda buyuk shaxslar ham internetsiz, svetsiz kuchayib ketgan. Shukur qillaring», dedi.

Yasha rahbar ukam (balki akamdirsan, nima farqi bor), seni shunday shukronachi qilib tarbiyalagan ota-onangga qoyil. Sen kabi shukronachi rahbarlar bor ekan, biz hali uzoooq yashaymiz.

Ha-ha, uzoq yashaymiz, faqat boshqalar kosmosda yashash imkonini axtarayotgan bir paytda, sekin internet bilan, svetsiz, gazsiz yashaymiz!

@Abduqayumov
199 viewsedited  03:57
Ochish/sharhlash
2022-10-20 20:49:06 Kishi oʻzi bilmagan ilmni bilaman, deb oʻylab qolishichalik yomonroq narsa yoʻq. Ilm olish yoʻlini toʻsuvchi eng katta kuch - bilmay turib «bilib» qolishlik.

@Abduqayumov
223 views17:49
Ochish/sharhlash
2022-10-15 13:48:58 «Odam birdan o‘zgarmaydi. Sekin-asta o‘zgarib boradi», degan gap bor. Bu gap qaysidir ma'noda xato. Odam sekin-asta o‘zgarmaydi. Odam sekin-asta aslini ko‘rsatib boradi. O‘zining tabiatini, qiziqishlarini, qarashlarini avvalroq ko‘rsata olmagan bo‘lsa, vaqt o‘tib shaxsiyatida borini baralla oshkor qiladi. Faqat ozgina sabr qilib kutish kerak.

O‘zgarish bo‘ladi. Faqat u birinchi insoning ich-ichida, qalbida sodir bo‘ladi. Keyin tashqariga chiqadi. Qalbda o‘zgarishga nisbat xohish, ishonch yo‘q ekan, inson hech qachon o‘zgarmaydi.

@Abduqayumov
272 views10:48
Ochish/sharhlash
2022-10-12 19:38:58
Hayotdagi muvaffaqiyatsizliging eng muhim sababi barchaning diqqat markazidaman, hamma men bilan mashgʻul deb oʻylashingdir. Ishon menga, sen hech kimni qiziqtirmaysan.

Fedor Dostoyevskiy

@Mubashshirahmad

@Abduqayumov
226 views16:38
Ochish/sharhlash
2022-10-09 22:08:39 Kimdir sening gaplaringga javob qaytarishga, muammolaringni hal qilib berishga, tabriklashga, taklif qilishga majbur emasligini anglash va qabul qilish - bu katta baxt.

@Abduqayumov
183 views19:08
Ochish/sharhlash