Get Mystery Box with random crypto!

Nechta soxta do'stingiz bor? Haqiqiy do‘st boshga yomon kun t | Abbos Abduqayumov

Nechta soxta do'stingiz bor?

Haqiqiy do‘st boshga yomon kun tushganda bilinadi, deyishadi. Aynan shu kriteriya bilan do‘stlarni saralaydiganlar ham ko‘p oramizda.

Chinakam do‘stlarni busiz ham aniqlash mumkin. Odam o‘z-o‘ziga «Men do‘stlarimning nechtasining boshiga tashvish tushganda chinakam turib bera olaman», degan savolni berishi kerak. Odam boshqa birovni aldashi mumkin lekin, ming kazzob, ming muttaham odam bo‘lsa ham, o‘zini-o‘zi alday olmaydi. Yuqorida berilgan savolga berilgan chinakam javob — bu sizning nechta do‘stingiz borligi haqidagi savolga javob bo‘la oladi.

Baʼzida siz do‘stlik qilmasangiz ham, sizga do‘stlik qiladiganlar topilib qoladi. Bular shunchaki neʼmat. Manfaatlar ustiga qurilgan dunyoda bundaylarni topish juda qiyin.

Odam birovdan nimadir kutishdan avval, o'zim birovga nima bera olaman, deb o'ylash kerak. Shunda yashash osonroq bo'ladi.

@Abduqayumov