Get Mystery Box with random crypto!

«Odam birdan o‘zgarmaydi. Sekin-asta o‘zgarib boradi», degan g | Abbos Abduqayumov

«Odam birdan o‘zgarmaydi. Sekin-asta o‘zgarib boradi», degan gap bor. Bu gap qaysidir ma'noda xato. Odam sekin-asta o‘zgarmaydi. Odam sekin-asta aslini ko‘rsatib boradi. O‘zining tabiatini, qiziqishlarini, qarashlarini avvalroq ko‘rsata olmagan bo‘lsa, vaqt o‘tib shaxsiyatida borini baralla oshkor qiladi. Faqat ozgina sabr qilib kutish kerak.

O‘zgarish bo‘ladi. Faqat u birinchi insoning ich-ichida, qalbida sodir bo‘ladi. Keyin tashqariga chiqadi. Qalbda o‘zgarishga nisbat xohish, ishonch yo‘q ekan, inson hech qachon o‘zgarmaydi.

@Abduqayumov