Get Mystery Box with random crypto!

Bundan 4 yilcha avval telefonimni o‘g‘rilatgan edim. Kim o‘g‘r | Abbos Abduqayumov

Bundan 4 yilcha avval telefonimni o‘g‘rilatgan edim. Kim o‘g‘rilaganini yaxshi bilardim lekin hech qo‘limga tushira olmasdim. Bir kuni, kutilmaganda shu o‘g‘ri oldimdan chiqib qoldi. Yaxshi gap bilan kelisha olmadik. Urishdik. Urdim.

Bir-ikki kunda telefon pulini berishiga kelishdik. Bir-ikki kun o‘tdi, bir-ikki oy o‘tdi bola qorasini ham ko‘rsatmadi. Kunlar o‘tdi, men esimdan chiqarib yubordim.

Bir kuni, kutilmaganda instagramdan shu bola yozib qoldi. Ishlari yurishmayotgani, vijdoni qiynalayotganini, telefon qiymatiga loyiq pul o‘tqazib bermoqchiligini aytdi. Kelishib oldik…
Bir kursdoshim hayotidan

Quyidagilar qoʻshimcha.

Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam aytganlar: “Bir kishi uzoq safar qiladi, sochi to‘zg‘ib, ust boshi chang bo‘ladi, qo‘llarini osmonga cho‘zib: “Yo Rabbim, Yo Rabbim...”, deydi. Holbuki, yegani harom, kiygani harom va haromdan oziqlangan. Bas, uning duosi qanday ijobat bo‘lsin?!” (Imom Muslim).

Hazrat Anas roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallamga: “Yo Rasululloh, meni duosi ijobat bo‘ladigan qilib qo‘ying”, debdilar. U kishiga javoban Payg‘ambarmiz alayhissalom “Luqmangizni halol qiling”, deganlar.

Ka'b ibn Ujradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Ey Ka'b ibn Ujra, nohaq – haromdan o‘sgan go‘sht (jasad) jannatga kirmaydi” (Ibn Hibbon).

@Abduqayumov