Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 60

2022-04-25 08:02:01
Kitobxon yoshlar diqqatiga!

“Zukko kitobxon 2022” intellektual turniriga start berildi.

Turnir 5 ta bosqichda o‘tkaziladi:

1. Mahalla bosqichi – 25-aprel;
2. Sektor bosqichi – 13-may;
3. Tuman bosqichi – 26-may;
4. Viloyat bosqichi – 10-iyun;
5. Respublika bosqichi – 25-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Intellektual turnirda “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida chop etilgan 8 ta kitobdan foydalaniladi. Turnirda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 6 nafar a’zodan iborat mahalla jamoasi bilan ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

@yoshlarittifoqi_uz
12.7K viewsedited  05:02
Ochish/sharhlash
2022-04-22 09:15:41
22-APREL – “UMUMJAHON YER KUNI”

Ma’lumki, har yili 22-aprel “Umumjahon Yer kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Ilk marotaba 1971-yilda BMT Bosh Kotibiyati tomonidan Yer kunini nishonlash to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilingan.

Kurrai zaminimizning umumiy maydoni 510 mln kvadrat kilometrni tashkil etib, 29,22% qismi (149.1 mln kv. km.) quruqlik hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simliklar va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, chunki ular davlat muhofazasidadir”, deb belgilab qo‘yilgan. Demak, atrof-muhitni, jumladan, yer resurslarini muhofaza etish global, eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish Bosh qomusimiz asosida tartibga solinadi.

@yoshlarittifoqi_uz
6.7K viewsedited  06:15
Ochish/sharhlash
2022-04-22 08:13:55
Xorazm viloyati Yangibozor tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari o‘tkazildi

Xorazm viloyati Yangibozor tumanining “Do‘stlik” mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Streetball”, “Street workout”, “Shaxmat-shashka” va “Stol tennis” musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Yangibozor tumani hokimi hamda barcha sektor rahbarlari ishtirok etdi. Eng qizig‘i shunda bo‘ldiki, 5-sinf o‘quvchisi Mohichehra tuman hokimini shaxmat o‘ynashga taklif qildi va shu zahotiyoq taklif qabul qilinib o‘zaro musobaqa boshlanib ketdi. Bu bahs barcha yoshlarga juda katta motivatsiya berdi.

@yoshlarovozi
4.9K views05:13
Ochish/sharhlash
2022-04-21 17:48:21
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sportning Shashka turi bo'yicha musobaqaning 22-aprel kuni boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichi manzillari e'lon qilindi. Quyidagi havolalar orqali manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Buxoro viloyati;
4. Farg’ona viloyati;
5. Jizzax viloyati;
6. Namangan viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Qashqadaryo viloyati;
9. Samarqand viloyati;
10. Sirdaryo viloyati;
11. Surxondaryo viloyati;
12. Toshkent viloyati;
13. Toshkent shahri;
14. Xorazm viloyati;

Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot Telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

@beshtashabbus_uz
12.3K views14:48
Ochish/sharhlash
2022-04-21 12:09:58
Ichki ishlar tizimidagi “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining Jizzax viloyati g’oliblari aniqlandi

2022-yil 20-aprel kuni Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining Jizzax viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov shartlari bo‘yicha 13 ta jamoadan ja’mi 78 nafar yosh xodim o‘zaro bellashdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani IIBning “Adolat” jamoasi, 2-o‘rinni Jizzax viloyati Zafarobod tumani IIBning “Renessans” jamoasi, 3-o‘rinni Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani IIBning “Temurbeklar” jamoasi qo‘lga kiritdi. Tanlov yakunida g‘oliblar diplom va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

@yoshlarovozi
5.6K views09:09
Ochish/sharhlash
2022-04-21 06:26:08
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sportning Streetworkout turi bo'yicha musobaqaning 21-aprel kuni boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichi manzillari e'lon qilindi. Quyidagi havolalar orqali manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Buxoro viloyati;
4. Farg’ona viloyati;
5. Jizzax viloyati;
6. Namangan viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Qashqadaryo viloyati;
9. Samarqand viloyati;
10. Sirdaryo viloyati;
11. Surxondaryo viloyati;
12. Toshkent viloyati;
13. Toshkent shahri;
14. Xorazm viloyati;

Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot Telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

@beshtashabbus_uz
6.8K views03:26
Ochish/sharhlash
2022-04-20 19:26:57
TANISHING!

“Zukko kitobxon” onlayn viktorinasida 2-o’qiladigan kitob Paulo Koeloning “Alkimyogar” asari.

Ushbu kitobni toʻliq mutolaa
qilib, 27-aprel kuni taqdim etiladigan savollarga @zukkokitobxontanlov_bot orqali toʻgʻri javoblarni yoʻllang!

@yoshlarittifoqi_uz
6.3K views16:26
Ochish/sharhlash
2022-04-20 18:46:56
“Zukko kitobxon” onlayn viktorinasining 1-kitobi, ya’ni “O’tkan kunlar” romanining g’oliblari aniqlandi.

1. Murotova Maftunaxon Karimjon qizi - Farg’ona viloyati.
2. Nabijanova Gulmira G’olibjon qizi - Namangan viloyati.
3. Xolboyeva Shohsanam Anvarjon qizi - Toshkent viloyati.
4. Abdukarimova Nigora Abdujalil qizi - Farg’ona viloyati.
5. Mavlonova Nargiza To’xtasin qizi - Namangan viloyati.
6. Azizbek Kuchkarov - Toshkent shahar.

Ushbu ishtirokchilar berilgan savollarga aniq va to’liq javoblarni yuborib, g’oliblar safidan o’rin egalladi. Ular “O’tkan kunlar” jamoasi sifatida viktorinaning final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

@yoshlarittifoqi_uz
3.9K viewsedited  15:46
Ochish/sharhlash
2022-04-20 16:31:23
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan, mukofot jamg‘armasi 880 million so‘m bo‘lgan "Yoshlar ishlari agentligi kubogi" respublika shaxmat turnirini 20-23-aprel kunlari boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichi manzillari e'lon qilindi. Quyidagi havolalar orqali manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Buxoro viloyati;
4. Farg’ona viloyati;
5. Jizzax viloyati;
6. Namangan viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Qashqadaryo viloyati;
9. Samarqand viloyati;
10. Sirdaryo viloyati;
11. Surxondaryo viloyati;
12. Toshkent viloyati;
13. Toshkent shahri;
14. Xorazm viloyati;

Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot Telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
4.8K views13:31
Ochish/sharhlash
2022-04-20 16:00:02 O’tkan kunlar 6-savol javobi
3.2K views13:00
Ochish/sharhlash