Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 57

2022-05-02 10:04:06
"Kamalak" ism bot yana ishlamoqda!

Bu galgi dizaynlarimiz Ramazon Hayiti ayyomiga bag'ishlanadi.

Hoziroq @kamalakism_bot ga kirib ismingizni yozib qoldiring va tabriknoma dizayniga ega bo'ling!

#kamalakismbot

@yoshlarittfioqi_uz
3.5K views07:04
Ochish/sharhlash
2022-05-02 08:10:47
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Barchangizga Iyd Ramazon Hayiti muborak boʻlsin!

Hayotingiz yaxshiliklar, quvonch-u shodliklar bilan toʻlsin. Barcha ezgu niyatlaringiz ijobatini, oilangizda tinchlik-totuvlik hamrohligini tilaymiz!

Hurmat bilan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi!

@yoshlarittfioqi_uz
4.1K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-04-30 08:19:35
QAHRAMONLAR XONADONIDA

9-May — Xotira va qadrlash kuni har yili yurtimizda keng nishonlanadi. Ushbu kun munosabati bilan, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi va mas’ullari hamda Oliy ta’lim muassasalarining yetakchilari 2-jahon urushi qatnashchisi Nosirova Vera Andreyevna hamda Andijon viloyatida xarbiy qismlarning birida shartnoma boʻyicha xizmat qilib, oʻz xizmat vazifalarini a’lo darajada bajarayotgan vaqtida vafot etgan Navroʻz Aliqulov xonadonida bo‘ldi.

1925-yilda tug‘ilgan Vera Nosirova ayni payt 96 yoshda. Hozirda Qarshi shahridagi “Qarliqxona” MFYda yashab kelayotgan onaxon 1 nafar farzand, 3 nafar nabira hamda 20 dan ortiq chevaralar ardog‘ida.

Xotira bor ekan, millat barhayot” shiori ostidagi aksiya viloyatning barcha tuman-shaharlarida davom etmoqda.

@yoshlarittifoqi_uz
3.8K views05:19
Ochish/sharhlash
2022-04-29 14:00:49
Yuqori Chirchiqda “Zakovat” koordinatorlari uchun turnir tashkil etildi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 50 ta MFYning “Zakovat” intellektual o‘yini koordinatorlari o‘rtasida turnir o‘tkazildi. Unda “Zakovat intellektual klubi” Prezidenti Abdurasul Abdullayev hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov ishtirok etdi.

Turnir davomida mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Zakovat” turnirlarining yuqori saviyada tashkil etilishida qaysi jihatlarga e’tibor qaratilishi lozimligi, turnirni tashkil etish tartiblari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

@yoshlarittifoqi_uz
3.4K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-04-29 10:22:55
Tozalik bor joyda, fayz bo‘ladi

Bugun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan "Iyk ota" ziyoratgohida hashar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tuman yoshlari tomonidan ziyoratgoh maydonlari obodonlashtirildi. Xususan, daraxtlar oqlanib, ko‘chatlar tagi yumshatildi hamda 3 xil turdagi jami ming dona gul ko‘chatlari ekildi.

Hashar – elga yarashar. Zotan, tozalik, ozodalik bor joyda fayz bo‘ladi. Tuman yoshlari yurtimiz farovonligiga qo‘shgan savobli hissasidan mamnun.

@yoshlarittifoqi
4.1K views07:22
Ochish/sharhlash
2022-04-29 09:41:05
#QuvnoqlarVaZukkolar
#Mahalla_bosqichi

Jizzax viloyati Jizzax shahridagi “Toshloq” mahallasida “Quvnoqlar va Zukkolar” koʻrik-tanlovining Mahalla bosqichi oʻtkazildi.

#Beshtashabbusolimpiadasi

@yoshlarittifoqi_uz
4.1K views06:41
Ochish/sharhlash
2022-04-29 08:06:05
#Chorlov

Hurmatli O‘zbekiston yoshlari!

Barchangizni joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkaziladigan “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi! Zero, yurtimiz farovonligi, mahalla va guzarlarimiz ozodaligi yo‘lida o‘z hissangizni qo‘shib, ko‘ngillilar safidan joy oling!

@yoshlarittifoqi_uz
16.2K viewsedited  05:06
Ochish/sharhlash
2022-04-28 14:23:52
Xotira bor ekan – millat barhayot!

Xabaringiz bor, tinchligimiz va yorug‘ kunlarimiz uchun jon fido qilib kurashgan, buning uchun hayotini qurbon qilgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Sharaf lentasi” targ’ibot aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Ushbu aksiya doirasida Samarqand shahridagi Registon hamda Koʻksaroy maydonida yurtimiz mehmonlari va yurtdoshlarimizning koʻksiga “Sharaf lenta”lari taqib qoʻyildi.
Bu kabi aksiyalar respublikamiz boʻylab 10-may kuniga qadar davom etadi.

Aziz yoshlar, aksiyada faol ishtirok eting!

@yoshlarittifoqi_uz
3.4K views11:23
Ochish/sharhlash
2022-04-28 10:38:16
Navoiy viloyati Navoiy shahri markazida joylashgan “Yangi hayot” gipermarketi hovlisida “Sharaf lentasi” yurtdoshlarimizga ulashilib, targ‘ibot aksiyalari o‘tkazildi.

@yoshlarittifoqi_uz
4.5K views07:38
Ochish/sharhlash
2022-04-28 08:00:41
TANISHING!

“Zukko kitobxon” onlayn viktorinasida 3-o’qiladigan kitob G’afur G’ulomning “Shum bola” asari.


Ushbu kitobni toʻliq mutolaa qilib, 4-may kuni taqdim etiladigan savollarga @zukkokitobxontanlov_bot orqali toʻgʻri javoblarni yoʻllang!

@yoshlarittifoqi_uz
7.5K views05:00
Ochish/sharhlash