Get Mystery Box with random crypto!

22-APREL – “UMUMJAHON YER KUNI” Ma’lumki, har yili 22-aprel | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

22-APREL – “UMUMJAHON YER KUNI”

Ma’lumki, har yili 22-aprel “Umumjahon Yer kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Ilk marotaba 1971-yilda BMT Bosh Kotibiyati tomonidan Yer kunini nishonlash to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilingan.

Kurrai zaminimizning umumiy maydoni 510 mln kvadrat kilometrni tashkil etib, 29,22% qismi (149.1 mln kv. km.) quruqlik hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simliklar va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, chunki ular davlat muhofazasidadir”, deb belgilab qo‘yilgan. Demak, atrof-muhitni, jumladan, yer resurslarini muhofaza etish global, eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish Bosh qomusimiz asosida tartibga solinadi.

@yoshlarittifoqi_uz