Get Mystery Box with random crypto!

Ichki ishlar tizimidagi “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinini | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Ichki ishlar tizimidagi “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining Jizzax viloyati g’oliblari aniqlandi

2022-yil 20-aprel kuni Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining Jizzax viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov shartlari bo‘yicha 13 ta jamoadan ja’mi 78 nafar yosh xodim o‘zaro bellashdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani IIBning “Adolat” jamoasi, 2-o‘rinni Jizzax viloyati Zafarobod tumani IIBning “Renessans” jamoasi, 3-o‘rinni Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani IIBning “Temurbeklar” jamoasi qo‘lga kiritdi. Tanlov yakunida g‘oliblar diplom va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

@yoshlarovozi