Get Mystery Box with random crypto!

QAHRAMONLAR XONADONIDA 9-May — Xotira va qadrlash kuni har | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

QAHRAMONLAR XONADONIDA

9-May — Xotira va qadrlash kuni har yili yurtimizda keng nishonlanadi. Ushbu kun munosabati bilan, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi va mas’ullari hamda Oliy ta’lim muassasalarining yetakchilari 2-jahon urushi qatnashchisi Nosirova Vera Andreyevna hamda Andijon viloyatida xarbiy qismlarning birida shartnoma boʻyicha xizmat qilib, oʻz xizmat vazifalarini a’lo darajada bajarayotgan vaqtida vafot etgan Navroʻz Aliqulov xonadonida bo‘ldi.

1925-yilda tug‘ilgan Vera Nosirova ayni payt 96 yoshda. Hozirda Qarshi shahridagi “Qarliqxona” MFYda yashab kelayotgan onaxon 1 nafar farzand, 3 nafar nabira hamda 20 dan ortiq chevaralar ardog‘ida.

Xotira bor ekan, millat barhayot” shiori ostidagi aksiya viloyatning barcha tuman-shaharlarida davom etmoqda.

@yoshlarittifoqi_uz