Get Mystery Box with random crypto!

Tozalik bor joyda, fayz bo‘ladi Bugun Oʻzbekiston yoshlar i | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Tozalik bor joyda, fayz bo‘ladi

Bugun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan "Iyk ota" ziyoratgohida hashar tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tuman yoshlari tomonidan ziyoratgoh maydonlari obodonlashtirildi. Xususan, daraxtlar oqlanib, ko‘chatlar tagi yumshatildi hamda 3 xil turdagi jami ming dona gul ko‘chatlari ekildi.

Hashar – elga yarashar. Zotan, tozalik, ozodalik bor joyda fayz bo‘ladi. Tuman yoshlari yurtimiz farovonligiga qo‘shgan savobli hissasidan mamnun.

@yoshlarittifoqi